Uyga vazifa.:
Mavzuni o`qish , xarita bilan ishlash.
1-
mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Tog'lar qanday paydo bo'lgan?
I. Mashg‘ulot maqsadi: I.
A. Ta‘limiy: o‘quvchilarga mitti sayyoralar, dumli yulduz lar hamda uchar yulduzlar haqida
dastlabki ma‘lumot larni hosil qilish.
B Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
S. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mavzuga doir ma‘lumotlarni
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
Tog‘larni paydo bo‘lishiga qarab, to‘rt turga bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda, tog‘lar bundan bir necha
million yillar avval Yer yuzasida ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan.
«Burma» tog‘lar kuchli bosim ta'sirida qisilib, ulkan burmalar hosil qilgan tog‘ jinsi qatlamlaridan iborat.
Ko‘p joylarda ravoq yoki botiq linzalarga o‘xshab, egilib ketgan tog‘ jinsi qatlamlarini ko‘rish mumkin. Bu
Yer yuzasi bosimi va siquvining natijasidir. Bunga Appalachi va Alp tog‘lari misol bo‘la oladi.
Gumbazsimon tog‘larda tog‘ jinslari yuqoriga gumbazlar shaklida ko‘tarilgan bo‘ladi. Katta bosim ostida
Yer yuzasiga otilib chiqqan suyuq lava bunday tog‘ jinsi qatlamlarini hosil qilgan. Bunga AQShning
Janubiy Dakota shtatidagi tog‘lar misol bo‘la oladi.
O‘rkach-o‘rkach tog‘lar Yer qobig‘ining sinib o‘pirilishi natijasida hosil bo‘lgan. Yer qobig‘ining keng
ko‘lamli maydonlari, butun boshli tog‘ tizmalari qisqa vaqt mobaynida ko‘tarilib tushib turgan. Bunga
bo‘yi 740 km, eni 150 km bo‘lgan Syerra Nevada tog‘ tizmasini misol qilib keltirish mumkin. U AQShning
Kaliforniya shtatida joylashgan.
Vulqon tog‘lari Yer yuzasiga otilib chiqqan lava, vulqon kuli va toshqollardan tarkib topadi. Odatda,
vulqonlar tepasida krateri bor konus shaklida bo‘ladi. AQShdagi Reyner, Shasta va Xud, Yaponiyadagi
Fudziyama, Italiyadagi Vezuviy vulqonlari mashhur.
Ko‘pgina tog‘ tizmalari qayd etilgan usullarning birikishi natijasida hosil bo‘lgan. AQShning
Rokiz tog‘larida qisilish, sinish va hatto lava eroziyasi natijasida hosil bo‘lgan tog‘ tarmoqlarini
kuzatish mumkin.
Uyga vazifa: Mavzuga doir ma‘lumotlar to‘plash. Test va krassvordlar tuzib kelish.
Sana:____ 2-Mashg‘ulot.
Mavzu: Dumli va uchar yulduzlar.
Mashg‘ulot maqsadi: Ta‘limiy: o‘quvchilarga mitti sayyoralar, dumli yulduz
lar hamda uchar yulduzlar haqida dastlabki ma‘lumotlarni hosil qilish.
B. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
S. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mavzuga doir ma‘lumotlarni slaydlar.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzuni ma‘ruzasi. Quyosh sistemasida 9 ta yirik sayyoradan tashqari mitti sayyoralar
ham mavjud. Quyosh atrofida aylanib yuruvchi bu mitti sayyoralar asteroidlar deb ataladi.Eng katta
asteroidning diametri 400-700 kilometr keladi. Bunday kattalikdagi asteroidlar ko‘p emas. Asteroidlar,
asosan, Mars bilan Yupiter orbitalari orasida harakatlanadi. Italyan astranomi J.Piassi Mars bilan yupiter
orasida sayr qilib yuruvchi sayyorani payqab qoladi. Bu yangi mitti sayyoraga Serera deb nom
berishadi.Bir yildan keyin bu oraliqda yana bir mitti sayyora topiladi, uni Pallada deb atashadi.
Asteroidlar orasida eng ko‘p shov-shuvga sabab bo‘lgani Ikardir. 1968 yil Ikar asteroidi Yer
yaqinidan o‘tganida Yer bilan to‘qnashishi mumkin , deganmish-mishlar tarqalgan edi. Ikar , darhaqiqat,
yerga yaqinlashib, 7 million kilometr naridan o‘tib ketdi. Dumli yulduzlar –kometalar. ―Dumli
yulduz ‖ lar- kometalar haqida odamlarga uzoq vaqtlargacha hech narsa ma‘lum bo‘lmagan. Osmonda
to‘satdan g‘alati ko‘rinishdagi yulduzlar paydo bo‘lishi xurofotchi odamlarni vahimaga solgan.
Bundan to‘rt asr muqaddam mashhur astranom Tixo Brage va boshqa bir qancha tadqiqotchilar
kometalar Yer atmosferasidan , hatto Oydan ham juda uzoqda ekanli-gini va sayyoralar singari Yerdan
katta masofa narida harakatlanishini aniqlashgan.Oydan ham juda uzoqda ekanligini va sayyoralar singari
Yerdan katta masofa narida hararakatlanishini aniqlashgan . Kometalar barcha sayyoralar kabi sovuq jism
bolib, o‘zidan nur sochmaydi. Quyosh nurlari kometada aks etib qaytishi natijasida biz ularni ko‘ra
olamiz. Kometalar dumini uzunligi va shakli har xil bo‘ladi. Ba‘zi kometalarning dumi osmon
gumbazida bo‘r bilan chizilgan chiziqlarga o‘xshab ko‘rinadi, ba‘zilarining dumi juda qisqa bo‘lib, ko‘zga
arang chalinadi.1950 yilga qadar topilgan jami kometalar soni mingga yaqin bo‘lgan .1967 yilda 14 ta
yangi kometa topildi.Eng keyin kashf etilgan kometalardan biri- Kogouten kometasidir. Kometalar
massasi nisbatan kichik , ya‘ni yer massasidan bir necha yuz milliard baravar kichik.
Kometaning ichki tuzilishi Yerning kometa bilan to‘qnashuvi tez-tez ro‘y berib turadi. Masalan , 1910yil
Galley kometasining dumi Yerga tegib o‘tdi, lekin bu to‘qnashuv vaqtida hech qanday falokat ro‘y
bermadi, hatto havoda biron bir begona gaz ham paydo bo‘lmadi. Uchar yulduzlar-meteorlar . Tun .
Osmonda yulduzlar charaqlab turibdi.To‘satdan biror yulduz osmonda yorug‘ iz qoldirib ko‘zdan
g‘oyib bo‘ladi, bamisoli uchib ketadi. ‖Uchar yulduzlar‖ deb ataluvchi bu hodisa Quyosh sistemasida
harakat qilib turadigan mayda- mayda qattiq jismlarning atmosferadan shiddat bilan o‘tishi natijasida
vujudga keladi.
‖Uchar yulduzlar‖ , ya‘ni metiorlar Quyosh sistemasidagi asteroid va
kometalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Meteorlar kosmik fazodan Yer atmosferasiga , havo
qatlamiga kirar ekan , havoga ishqalanish natijasida 2000-3000
0
C gacha qiziydi va yonib yo‘q
bo‘lib ketadi.Lekin yirik meteorlar atmosferada yonib ulgurmasdan Yerga tushadi. Yerga
tushgan meteor meteorit deb ataladi.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplash.
Sana: 3-Mashg‘ulot.
Mavzu: DUNYODAGI ENG BALAND TOG‘LAR QAYSI?
Mashg‘ulot maqsadi: I. A. Ta‘limiy: o‘quvchilarga mitti sayyoralar, dumli yulduz lar hamda uchar
yulduzlar haqida dastlabki ma‘lumot larni hosil qilish.
B. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
S. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mavzuga doir ma‘lumotlarni
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
IIIYangi mavzuni ma‘ruzasi
DUNYODAGI ENG BALAND TOG‘LAR QAYSI?Avvalo, tog‘larning o‘zi nima? Tog‘lar — quruqlikning
tekisliklar ustidan baland ko‘tarilgan qismidir. Tog‘larning o‘lchami ham, yuzasi ham o‘zaro farq qiladi. Ayrim
ulkan tog‘larning balandligi bir necha kilometrga yetadi. Boshqalari esa past va tekisdir. Ularning balandligi o‘zini
qurshab turgan tekisliklardan hisoblaganda, 300 metrga yetishi mumkin.Ayrim tog‘lar alohida qad rostlab turuvchi
cho‘qqilardan iborat. Ammo ular ko‘pincha zanjirday bir-biriga ulanib ketadi. Ayrim tog‘ tizmalarining yuzlab,
hatto, minglab cho‘qqilari bor.Tog‘lar faqat quruqlikda emas, dengizlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Aslida,
Yerdagi eng katta tog‘lar okeanlar tubida joylashgan. Agar tog‘larning balandligini o‘lchashda ularning suv usti va
suv ostidagi qismlari ham hisobga olinsa, eng baland tog‘ Gavay orollaridagi Mauna Kea bo‘lib chiqadi. Uning
dengiz sathidan balandligi 4 205 metr, suv ostiga esa yana 4 877 metri yashiringan. Umumiy balandlik esa 9 100
metrdan oshadi va u dunyodagi eng baland tog‘dir.Yer ustidagi eng baland tog‘ Everestdir. U Xitoy va Nepal
o‘rtasida joylashgan. Uning balandligi — 8 848 metr. Ikkinchi o‘rinda K2 yoki Kashmirdagi Kodvin Austen
cho‘qqisi turadi. Uning balandligi — 8 611 metr. Shimoliy Amerikadagi eng baland tog‘ Makkinlidir (6 194 metr).
Yevropadagi eng baland tog‘ Elbrusdir (5 633 metr). Afrikadagi eng baland tog‘ — Kilimanjaro (5 963 metr).
Janubiy Amerikadagi eng baland tog‘ Akonkagua (6 969 metr) Argentina va Chili chegarasida joylashgan.
Avstraliyadagi eng baland tog‘ esa — Kosiusko (2 226 metr).
ENG UZUN TOG‘ TIZMASI QAYSI?
Shimoliy Amerikaning g‘arbiy sohillari Bo‘ylab cho‘zilib ketgan Qoyali tog‘lar eng uzun tog‘ tizmasi
hisoblanadi. Uning Janubiy Amerikadagi davomi And deb ataladi. And tog‘lari Janubiy Amerikaning
garbiy yonbag‘irlari buylab 7 000 km.ga, ya'ni qit'aning boshidan-oxirigacha cho‘zilib ketgan. Ispanlar
uning shimoliy qismini bejiz Kordilyeri (aynan tarjimasi — «arqon») deb atashmagan.
Ushbu tog‘ tizimida bir nechta 6 000 metrdan oshiq cho‘qqilar bor. Chili bilan Argentina o‘rtasidagi
chegarada joylashgan Akonkagua tog‘ining balandligi 6 969 metrga yetadi. Akonkagua qit'aning eng
baland nuqtasi hisoblanadi.Andning ko‘pgina cho‘qqilari faol vulqonlardir. And tog‘lari o‘zining mis,
oltin, kumush siyagari boy tabiiy qazilmalari bilan ham mashhur.
Qadim zamonlarda hindular tog‘dan qimmat baho metallarni qazib olishgan. Dunyoning ko‘pgina
muzeylarida ulardan tayyorlangan bezaklar, taqinchoqlar saqlanadi.
Uyga vazifa: Tog`lar haqida qiziqarli ma`lumot to`plash
4- -Mashg‘ulot
Sana ____________
Mavzu: Suv va muzliklar haqida ajoyib ma'lumotlar
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo‘ladi. Muzlagan suvning
hajmi ancha kengayadi. O‘n litr suvdan, taxminan, o‘n bir litr muz hosil bo‘ladi. Har bir jismning suvda
suzishi va cho‘kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o‘tgan qadimgi yunon olimi Arximed kashf etgan
prinsip bilan aniqlanadi.
NEGA MUZ ERIYDI?
Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo‘ladi. Muzlagan suvning
hajmi ancha kengayadi. O‘n litr suvdan, taxminan, o‘n bir litr muz hosil bo‘ladi.
Har bir jismning suvda suzishi va cho‘kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o‘tgan qadimgi yunon olimi
Arximed kashf etgan prinsip bilan aniqlanadi. U keyinchalik Arximed qonuni deb nom olgan qonunni
kashf etdi. Unga ko‘ra, suvga tushgan har qanday jismni ostidan o‘zi siqib chiqargan suv miqdoridagi kuch
itaradi. Yog‘och suvdan o‘rtacha ikki marta yengil, shuning uchun g‘o‘la o‘z hajmining yarmiga teng
bo‘lgan suv miqdori bilan suzib yuradi. Po‘kak olinadigan emanning po‘stlog‘i suvdan besh barobar, muz
esa, taxminan, 1/10 marta yengildir. Shuning uchun ham aysbergning 9/10 qismi suv ostida bo‘ladi. Uning
haqiqiy o‘lchamlari suv yuzasidagidan o‘n barobar kattadir.
Havo temperaturasi suvning muzlash nuqtasidan, ya'ni Selsiy shkalasi bo‘yicha 0 darajadan bir oz past
bo‘lganda, muzni isitmay turib ham, bosimni oshirish hisobiga eritish mumkin. Qo‘shimcha bosim
yo‘qolganda, suv yana muzlay boshlaydi. Masalan, qo‘lingizga bir hovuch qor olib, uni yumaloqlash
maqsadida qisa boshlasangiz, u asta-sekin erib, suvga aylana boshlaydi, ammo kaftingizni yozishingiz
bilan u yana muzlab qoladi.
Suvning muzga aylanib kengayishi ma'lum miqdorda kuch ajralishiga olib keladi. Qoyadagi biror
yoriqqa kirib qolgan suv muzga aylanib kengayadi, yillar o‘tishi bilan bu hol bir necha bor takrorlangach, u
katta bir granit palaxsasini ikkiga yorib yuborishi ham mumkin. Bu tog‘ jinslarini nuratib, parchalashda
katta ahamiyatga ega. Odamzod qadim zamonlardayoq bu kuchdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishni
o‘rganib olgan. Finlyandiyaning ulkan tosh konlarida toshtaroshlar qoyalarning katta bo‘laklarini ortiqcha
kuch ishlatmasdan sindirib olishadi. Ular buning uchun toshlardagi yoriqlarga suv quyib, uning muzlashini
kutishadi. Suv muzlash natijasida kengayib, toshni yorib yuboradi.
Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib kelish.
5- -Mashg‘ulot
Sana ____________
Mavzu:
SAVANNALAR
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Savannalar issiq o ‗lkalardagi o ‗rm on-dasht zonasidir. Afrika savannalari yilning qurg‗oqchil mavsumida
choMdan farq qilmay qoladi. Havo harorati 50°C ga yetib o‗t-o ‗lan, o‗simliklar qovjiraydi, daraxtlarning
bargi to‗kiladi, ular xuddi qurigan daraxtga o‗xshab ko‗rinadi. Jazirama issiq odamlar va hayvonlarning
madorini quritadi, arzimagan ish, kichik bir harakat ham malol kelib, kishini holdan toydiradi.
Yog‗ingarchilik mavsumi boshlanib, dastlabki jala quyishi bilan savannaning manzarasi o‗zgaradi: qaqrab
yotgan yerlar suvga to'yinadi, daraxtlar kurtaklaydi, navbatdagi jaladan keyin daraxtlar barg yozadi,
nihollar o‗sib chiqadi, gullar ochiladi va hammayoq yashil gilam bilan qoplanadi. Shunisi qiziqki, bizning
o‗lkalardagi o‗simliklarda bir, bir yarim oy mobaynida ro‗y beradigan rivojlanish-o‗zgarish savannada to
‗rt-besh kunda sodir bo‗ladi. Janubiy yarim shardagi savannalarda past bo‗yli boshoqli o‗tlar ham, odam
bo‗yidan baland o‗tlar ham o ‗sadi. Savannalarning asosiy o‗simligi — o‗t-o ‗landir. Daraxtlar (mimoza va
palmalar) ko‗pincha to ‗p-to‗p bo‗lib o ‗sib turadi, shuningdek, daryo va ko‗llarning yoqalarida ham
uchraydi. Yer sharidagi eng katta daraxtlardan biri — baobab Afrika savannalarida o ‗sadi. Savannalarning
hayvonot dunyosi ham ajoyib. Termitlarning baland inlari o'tloqlarda ehromdek qad ko‗tarib turadi.
Hamma joyda juda ko‗p miqdorda har xil zaharli ilonlar sizlik qilib yaqinlashsa bormi, uni ajaldan hech
narsa qutqarib qololmaydi... Sher bir sakrasa bas, bechora zebra uning panjalari tagida... Ochofat, qonxo‗r
sher oljasini boshqalar bilan baham ko‗rishni yoqtirmasa-da, yirtqich burgut sherdan hayiqmay go‗shtga
chang soladi, yuragi dov bermayotgan chiyabo‗rilar sherning «ovqatlanib» bo‗lishini bir chekkada poylab
yotadilar... Ularga sherdan qolgani ham boiaveradi. G o‗zal ohular dushmanidan qo‗rqmaydi, ular juda
hushyor bo‗lib, xavf-xatarni uzoqdan sezib olishadi va yashin tezligida yugurib xavf-xatardan qutulishadi.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha malumot to'plab kelish.
6 -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Qor qanday paydo bo'ladi?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga o‘xshamaydi? Hamma gap shundaki, qor donalari
muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug‘lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor
donalari shaffof emas, oq bo‘lib ko‘rinadi.Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga
o‘xshamaydi?Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug‘lik uning
behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo‘lib ko‘rinadi.Qor atmosferadagi suv
bug‘larining muzlashidan hosil bo‘ladi. Dastlab mayda toza va shaffof kristallchalar paydo bo‘ladi. Havo oqimlari
girdobiga tushib qolgan bunday kristallchalar havoda turli tomonga ko‘chib yuradi.Bunday kristallchalar asta-sekin
bir-biriga «yopishadi», shu tariqa yuzlab kristallchalar o‘zaro birikadi. Bir-biriga yopishgan muzchalar hajmi
kattalashib, ma'lum bir nuqtaga yetgach, yerga tusha boshlaydi. Muzchalarning bunday birikuvi qor donalari deb
ataladi.Ayrim muz kristallchalari ignasimon shaklga ega, boshqalari yassi ko‘rinishda, ammo har qanday holatda
ham ularning har biri 6 qirralidir. Qizig‘i shundaki, qor donalari tuzilishi hamisha bir xil bo‘ladi. Shu bilan
birgalikda, ikkita aynan bir xil qor donasini topish qiyin.Qor hamisha ham oq rangda bo‘lavermasligini hech
eshitganmisiz? Dunyoning ko‘pgina mintaqalarida qizil, yashil, zangori va hatto qora qor yoqqan vaqtlar ham
bo‘lgan. Qorning bunday turfa rangda bo‘lishi sababi shundaki, qor donalari yerga tushayotganda, havoda mavjud
mayda bakteriyalar, zamburuglar va changni yutadi.Qor o‘z donalari orasida ko‘plab havo bo‘shlig‘i bo‘lgani uchun
ham issiqlikni yomon o‘tkazadi. Qor ko‘rpasining o‘simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda.
Qorning bu xususiyatidan eskimoslar ham ustalik bilan foydalanishadi. Ular qordan o‘zlariga boshpana — iglu qurib
olishadi.
NEGA QOR UCHQUNLARI AYNAN OLTI QIRRALI?
Qor uchquni tabiatning eng go‘zal ijod namunalaridan biridir. Bunday nafis shaklni yasash o‘ta
mashaqqatli ish. Qor yoqqanda millionlab bunday uchqunlar yerga tushadi, ammo ular orasidan ikkita bir
xil uchqunni topib bo‘lmaydi.
Siz qor muzlagan suv ekanini yaxshi bilasiz. Agar u muzlagan suv bo‘lsa, nega oppoq? Axir, muzlagan suv
rangsiz bo‘ladi-ku! Qorning oqligi sababi shuki, muz kristallchalaridan iborat yassi uchqun yorug‘likni
qaytaradi va ko‘zimizga oppoq bo‘lib ko‘rinadi.
Suv muzlayotganda kristallar hosil bo‘ladi. Negaki, bunda suv molekulalari o‘ziga xos tartib bilan tiziladi
va biz «kristall» deb ataydigan geometrik shakl hosil qiladi.
Suv molekulasi uch zarradan: ikki vodorod atomi va bir kislorod atomidan tarkib topadi.
Shuning uchun ham u kristallashayotgayada, uch yoki olti burchakli shakl hosil qiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish. Test krassvordlar tuzib kelish.
7- -Mashg‘ulot ___ Sana ____________
Mavzu: Shamollar qanday paydo bo'ladi ?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:Shamolning «sabo», «epkin», «yel», «shabada», «samum», «to‘fon», «izg‘irin»
singari o‘nlab nomlari bor. Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «Shabada
esyapti»,yoki «Shamol turyapti» deyishimiz mumkin. Lekin ko‘pgina shamollarning o‘ziga xos nomi bor.
Shamolning «sabo», «epkin», «yel», «shabada», «samum», «to‘fon», «izg‘irin» singari o‘nlab nomlari bor.
Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «Shabada esyapti»,yoki «Shamol turyapti»
deyishimiz mumkin. Lekin ko‘pgina shamollarning o‘ziga xos nomi bor.
Ular bunday o‘ziga xos nomlarni turli sabablarga ko‘ra olishgan. Masalan, siz «shtilga tushib qolish» nima
ekanini yaxshi bilasiz. Bu — bir joyda harakatsiz turib qolish, degani. Shamol turlaridan biri «shtil
shamoli» deb ataladi. U ko‘tarilayotgan havo va past bosimning keng mintaqasi mavjud ekvatorda paydo
bo‘ladi.
Pastdan va yuqoridan ekvatorga qarab esadigan shamollar passatlar deb ataladi. Ular kuchli esishi bilan
birga doimiy yo‘nalishga ham egadir va shu sababdan dengizchilarning yelkanli kemalarini harakatga
keltirishida juda foydali bo‘lgan. Qutblarga qarab esadigan shamollar vestlar deb ataladi. AQSh, asosan,
ana shunday shamollar zonasida joylashgan.Yana bir qancha o‘ziga xos shamollar mavjud. Masalan,
mussonlar fasllar almashinuviga qarab o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turadigan shamollardir. «Musson»
arabcha «mavsum» so‘zidan kelib chiqqan. Mussonlar Hindistonda qish paytida issiq va quruq havo, yozda
esa shimol yo‘nalishida esib, kuchli yomgirlarni olib keladi.Fransiya janubida istiqomat qiluvchi aholi
shimoldan esadigan sovuq va quruq izg‘irinni qo‘rquv bilan kutishadi. U dengiz tarafdan bir necha kunlab
ham esishi mumkin va odamlarga noqulaylik tug‘diradi.
SHAMOLNING TEZLIGI QANDAY O‘LCHANADI?
Shamol esayotganda sizga uning tezligi juda yuqoriday tuyulishi mumkin. Keyinchalik ob-havo
ma'lumotini eshitganingizda, «shamol tezligi sekuvdiga 10—15 metrni tashkil etgani»ni bilib olasiz.
Shamol tezligi bizni chalg‘itishi hech gap emas. Ammo ayrim kishilar uchun shamol tezligini aniq bilib
olish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ham bu tezlikni o‘lchaydigan ilmiy usullar bor.Ilk shamol
tezligini o‘lchash asbobini angliyalik Robert Xuk 1667 yili kashf etgan. Uning oti — anemometr.
Anemometrning turlari ko‘p, ammo bir o‘qqa o‘rnatilgan bir necha alyuminiy chashka (yarimshar
shaklidagi predmet)dan iborat asbob keng tarqalgan. Ular o‘qqa erkin o‘rnatilgan bo‘lib, shamol qancha
kuchli essa, shuncha tez aylanadi. Chashkalarning ma'lum bir vaqt ichida necha marta aylanganini sanab,
shamolning tezligini hisoblab chiqish mumkin.Odamlar uchishni o‘rganganlaridan so‘ng atmosfera
balandliklaridagi shamol tezligini o‘lchash zarurati tug‘ildi. Shu maqsadda havo sharlari uchirilar va ular
«teodolit» deb ataluvchi maxsus optik asbob yordamida kuzatilar edi. Ammo osmonni bulut qoplab, shar
ko‘rinmay qolganida kuzatuv ishlarini yuritish mumkin bo‘lmay qolar edi. 1941 yili metereologik radar
kashf etildi.
Uyga vazifa: Mavzuni o'qib kelish.
8- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Yer nimadan tarkib topgan?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Yer, asosan, qattiq tog‘ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir,
chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi.
Yer, asosan, qattiq tog‘ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir,
chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi.
Buni batafsilroq ko‘rib chiqaylik. Zamonaviy kosmogonik tasavvurlarga ko‘ra, Yer bundan, taxminan, 5
milliard yil muqaddam birlamchi Quyosh sistemasidagi tarqoq gaz — chang moddasidan paydo bo‘lgan.
Yerning gravitatsion maydoni ta'sirida uning geosferasi — yadro (markazda), mantiya, Yer qobig‘i,
gidrosfera, atmosfera — tashkil bo‘ldi. Yer qobig‘i, mantiya va yadroning ichki qismi qattiqdir (yadroning
tashqi qismi suyuqdir). Yer yuzasi, ya'ni qobiqning qalinligi 18—50 kilometrdir, u tog‘ jinslaridan tarkib
topgan. U «litosfera» ham deb ataladi. Qobiqning ustki qismi qit'alardir. Undagi chuqurliklar dengiz va
okeanlar, quruqlik ichkarisidagi dengiz va ko‘llar suvi bilan to‘lib qolgan. Yer yuzasidagi barcha suvlar
«gidrosfera» deb ataladi.
Inson shu vaqtgacha Yer qobig‘ining faqat eng ustki qismini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi, shuning uchun
ham uning ichki qismi qanday ekanini aytolmaymiz.
Quduq va shaxtalar qazilganda, pastga engan sayin temperatura ham ortib borishi ma'lum bo‘ldi.
Temperatura, taxminan, har 40 metrda bir daraja yuqorilab boradi. Chuqurlik Yer yuzasidan 3,5 km.ga
yetganda, temperatura suvni qaynatadigan darajaga ko‘tariladi.
Zilzilalarni tadqiq qilish olimlarga Yerning tuzilishini o‘rganishda qo‘l keldi. Ularning fikricha, katta
chuqurlikda temperatura Yer qobig‘idagiga o‘xshash tez ko‘tarilib bormaydi. Shuning uchun ham ular
Yerning yadrosidagi issiqlik Selsiy shkalasi bo‘yicha 5000—6000 darajadan oshmaydi, deb hisoblashadi.
Bu juda baland temperatura ekanligi shubhasiz, chunki Selsiy shkalasi bo‘yicha 1200 daraja issiqlikda tog‘
jinslari erib ketadi.
Yer qobig‘i ikki qatlamdan iborat. Qit'alarga asos bo‘lib xizmat qiladigan ustki qatlam granitdan tarkib
topgan. Granit qatlami ostida «bazalt» deb ataluvchi o‘ta qattiq jinsdan iborat keng qatlam bor. Olimlarning
fikricha, Yer markazida diametri, taxminan, 6370 km bo‘lgan ulkan yadro joylashgan. Markaziy yadro
bilan qobiq o‘rtasida qalinligi 3,5 ming km.ga yaqin bo‘lgan «mantiya» deb ataluvchi qatlam joylashgan.
Mantiya tarkibida qoyalarga o‘xshash «olivinlar» (sarg‘ish yashil yoki sariq rangli mineral) deb ataluvchi
jinslar bor.
Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib kelish.
9- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida
aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir
ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar,
okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi,
Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini
tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer aylanishini
sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?
Endilikda biz Yer ikki yo`nalishda aylanayotganini yaxshi bilamiz. U Quyosh atrofida aylanishi bilan birga
o`z o`qi atrofida ham aylanadi. Nega biz buni sezmaymiz, degan savolga kelsak, biz ham Yer yuzasi bilan
birga aylanamiz. Bizni va okeanlardagi suvlarni gravitatsiya, Yerning tortish kuchi tutib turadi. Yerning
aylanishi biz kuzatadigan va sezadigan ko`pgina narsalarda ko`rinadi. Yer aylangani uchun ham tun bilan
kun almashadi. Agar u aylanmaganida, uning Quyoshga qaragan tomonida abadiy kunduz, orqa tomonida
esa abadiy tun hukm surgan bo`lar edi. Yerning har bir nuqtasi 24 soat ichida dastlab Quyosh nuri
tushadigan tomonda, so`ngra qorongi tomonda bo`ladi.
Yerning biz «sezmaydigan», ammo hayotimizni o`zgartiradigan yana bir muhim harakati Quyosh atrofida
aylanishidir. Aynan shu harakat yil fasllari almashuviga sabab bo`ladi, tevarak-atrof har faslda o`zgaradi.
Quyosh atrofidagi sayohat 365,25 kun, ya'ni bir yil davom etadi. Yil esa tarix, har birimizning hayotimiz va
hokozolar o`lchovidir.Fasllar almashuvi Yer uqining qiyaligi bilan bog‘liq. Yer o`qining ekliptika
(Quyoshning ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan yillik harakati sodir bo`ladigan katta sfera aylanasi)ga
nisbatan qiyaligi 66 gradusdir. Har bir qutb yarim yil davomida Quyoshga, yana yarim yilda esa undan
teskari tomonga qiyalagan bo`ladi. Shuning uchun yerning shimoliy qismiga yarim yil davomida Quyosh
nuri ko`proq, keyingi yarim yilda esa ozroq tushadi. Quyosh nuri ko`proq tushgan vaqt kamroq tushgan
vaqt yilning eng sovuq fasllari bo`ladi.
NIMA UCHUN KOINOTDAGI GRAVITATSIYA YERDAGIDAN FARQ QILADI?
Koinotda har bir jism boshqasiga ta'sir etadi, ular o`zaro«tortishadi. Bu tortish kuchi yoki gravitatsiya deb
ataladi. Tortish kuchi ikki omilga bog‘liq.
Birinchidan, u ob'yekt, jism yoki narsa tarkibida qancha modda borligiga bog‘liq. Jism moddasining
massasi qancha katta bo`lsa, gravitatsiya shuncha kuchli bo`ladi. Agar jismning massasi kichik bo`lsa,
uning tortish kuchi ham kam bo`ladi. Masalan, Yerning massasi Oynikidan ko`p marta katta, shuning
uchun Oyga nisbatan ko`proq og‘irlik kuchiga ega.
Ikkinchidan, og‘irlik kuchi jismlar o`rtasidagi masofaga bog‘liq. Jismlar bir-biriga qancha yaqin joylashgan
bo`lsa, ular o`rtasidagi tortish kuchi shuncha katta bo`ladi. Ular o`zaro uzoq joylashgan bo`lsa, gravitatsiya
ham kam bo`ladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
10- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Nega oyda hayot yo'q?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko‘pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda
hayot yo‘qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi.
Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko‘pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda
hayot yo‘qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi.
Oyda atmosfera yo‘q. Munajjimlar buni Oyda Quyoshning botish payti yoki kechqurungi va tongi g‘ira-
shira payt bo‘lmasligiga qarab aniqlashgan. Yerga tun asta-sekin cho‘ka boradi, chunki havo Quyosh
botgandan keyin ham uning nurlarini aks ettirib turadi. Oyda esa butunlay boshqa manzarani ko‘rish
mumkin: bir pasda qorong‘ilik tushadi.
Atmosfera yo‘qligi sababli Oyga Quyoshning barcha nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushaveradi. Quyosh Uzidan
issiqlik, yorug‘lik va radioto‘lqinlar chiqaradi. Yerdagi hayot shu issiqlik va yorug‘likka bog‘liqdir.
Quyosh o‘zidan yana zararli radiatsiya ham tarqatadi. Yer atmosferasi bizni ulardan himoya qiladi. Oyda
esa bunday zararli radiatsiyani yutadigan atmosfera yo‘q. Quyoshdan chiqayotgan barcha foydali va zararli
nurlar hech bir to‘siqsiz Oy yuzasiga yetib kelaveradi. Atmosfera yo‘qligi sababli Oy yuzasi yo haddan
ziyod issiq, yoki nihoyatda sovuq bo‘ladi. Aylanayotgan Oying Quyoshga qaragan tomoni juda qizib ketadi
va temperatura Selsiy shkalasi bo‘yicha 150 darajaga yetadi. Bu shaqirlab qaynayotgan suvning
temperaturasidir. Jazirama Oy kuni ikki hafta davom etadi.
So‘ngra ikki hafta davom etadigan tunga navbat keladi. Tunda temperatura — 125 darajaga tushib ketadi.
Bu Yerning Shimoliy qutbidagi temperaturadan ikki barobar sovuqdir.
Bunday sharoitda Yerdagi hayot shakllaridan birortasi ham mavjud bo‘lishi mumkin emas.
OY KUNDUZI QAYGA KETADI?
Ahyon-ahyon bo‘lsa-da, Oyni kunduzi ham ko‘rish mumkin. Chunki u kunduzi Yerning biz yashayotgan
tomoniga qarama-qarshi tarafga o‘tib qoladi. Ba'zida naq tepamizda turgan bo‘lsa ham uni ko‘rish imkoni
bo‘lmaydi, chunki Quyoshning yorqin nurlari ularni qaytarayotgan Oyni bizga ko‘rsatmay qo‘yadi. Erta
tongda yoki kechqurunlari, ya'ni Quyosh nurlari ko‘zimizni qamashtirmayotgan kezlar ular ikkalasini ham
ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
11- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Boshqa sayyoralarda hayot bormi?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo‘qligi to‘g‘risida aniq ma'lumotga
ega emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o‘tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.Lekin shuni
aniq bilamizki, hayot mavjud bo‘lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.Biz to shu kungacha
boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo‘qligi to‘g‘risida aniq ma'lumotga ega
emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o‘tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.Lekin shuni aniq
bilamizki, hayot mavjud bo‘lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.Buning uchun, avvalo, zarur
temperatura kerak.Barcha tirik organizmlar faqat ma'lum, qulay temperatura mavjud bo‘lgandagina yashay
oladi.Jazirama issiq yoki qattiq sovuqda hayot paydo bo‘lmaydi. Tiriklikning yana bir zarur sharti suvdir.
Barcha tirik mavjudotlar uchun suv kerak.O‘simliklarga yorug‘lik bilan bir qatorda mineral moddalar ham
zarur.Hayvonlarga ozuqa manbai talab etiladi.Ular o‘zlari ozuqa topolmaydigan joylarda yashay
olmaydi.Yerdan boshqa hech bir sayyorada bunday zarur sharoitlarning barchasi mavjudmi?Boshqa
sayyoralar to‘g‘risidagi bilimlarimizga tayanib, yo‘q, deb javob berishimiz mumkin.Endi misollarga
murojaat qilaylik.Cho‘lpon Yerga eng yaqin sayyoradir, uning o‘lchamlari ham Yernikiga o‘xshash.Uzoq
vaqtlar bu ikki sayyora egizaklar deb atalgan.Shunga qaramasdan, Cho‘lpon qalin oltingugurt kislotasi
bulutlari bilan qoplangan.Uning atmosferasi bo‘g‘uvchi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan.Atmosfera
bosimi juda yuqori.Temperatura sayyora yuzasida Selsiy shkalasi bo‘yicha 460 darajagacha yetadi.Bu
hayot paydo bo‘lishi uchun juda issiqlik qiladi.
Mirrix atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iborat.Shunga qaramasdan, uning yuzasidagi temperatura
Selsiy shkalasi bo‘yicha 29 darajadan yuqori ko‘tarilmaydi.Ammo — 85 darajagacha tushib ketishi
mumkin.Sayyoradagi ozgina miqdordagi suv ham doimo muz holida.
Demak, zikr etilgan sayyoralarning birortasida ham hayot uchun maqbul shart-sharoit yo‘q. Yerga yaqin
sayyoralarda hech bir shaklda yo‘qligi shu tarzda isbot qilingan.
NEGA OLIMLAR MARS(MIRRIX)DA HAYOT BO‘LISHI MUMKIN, DEB TAXMIN QILISHADI?
Olimlar Koinotdan hayot izlayotgani, turli tajribalar o‘tkazayotgani sizga ma'lum.Tabiiyki, hayot
izlaganda bepoyon kosmik fazodan ko‘ra o‘zimizning Quyosh sistemamizni tadqiqqilish
osonroqdir.Olimlarning fikricha, qandaydir hayot shakli bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyora Mirrixdir.Nega
ular aynan Mirrixni tanlab olishdi?Bu sayyora Yer bilan egizak, deb hisoblanadi.Mirrix bilan Quyosh
o‘rtasidagi masofa Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi masofaga yaqin turadi. Uning diametri Yernikidan ikki
marta kichik, Mirrix ikki yilda bir marta Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Ammo Mirrixdagi kun
davomiyligi Yernikiga to‘g‘ri keladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish. Qoshimcha ma‘lumot topib kelish.
12- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: "Yerning tili" yoki geografik joy nomlari
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Geografiya Yer yuzidagi millionlab geografik obyektlarning nomlari bilan ham ish ko'radi. Har bir
geografik obyektning o'z nomi bor. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda "... dengizlar va daryolar, tog'lar va
cho'ggilar, mamlakatlar va shaharlar, soyliklar, quduglaru mayda-mayda orollar, qishloqlaru ko'cha va
mahallalar nomlari — shularning hammasi "Yeming tili"dir". Geografiyani joy nomlarisiz tasavvur etib
bo'lmaydi.
Geografik joy nomlari shu qadar ko'pki, dunyoda nechta nom bor degan savolga hech kim aniq javob
bera olmaydi. H.Hasanovning yozishicha, maydoni O'zbekistonga teng keladigan Shvetsiyada 12 mln. joy
nomlari mavjud ekan. Lekin O'zbekistonda hanuzgacha bunday ma'lumot yo'q. Toponimlar (urli katta-
kichiklikdagi geografik obyektlarning nomlarini o'zida mujassamlashtiradi. Shunga ko'ra, u
makrotoponimlarga va mikrotoponimlarga bo'linadi. Yirik geografik obyektlar — qit'alar, materiklar,
mamlakatlar, o'lkalar, okeanlar, dengizlar, daryolar, tog'lar, shaharlar va boshqalaning nomlari
makrotoponimlar deyiladi. Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika, Tinch okean, Hind okeani, Himolay, Pomir,
Sirdaryo, Amudaryo, Amazonka, Shimoliy dengiz, Bering dengizi, Toshkent, Moskva, Vashington kabi
nomlar makrotoponimlarga misol bo'la oladi. Yirik geografik obyektlarning nomlari kam o'zgarishlarga
uchraydi, uzoq vaqt yashaydi.
Kichik geografik obyektlar — soy, jilg'a, buloq, quduq, tepalik, jar, qir, mahalla, guzar, ko'cha va
boshqalaming nomlari mikrotoponimlar deyiladi. Mikrotoponimlar tez-tez o'zgarib turishi bilan
xarakterlanadi.
Geografik joy nomlari o'ta nozik. Nomdagi bir harf yoki tovush o'zgarsa, boshqa nomni berishi mumkin.
Shuning uchun Avstriya bilan Avstraliyani, Shvetsiya bilan Shveysariyani, Riga bilan Risani, Neva bilan
Nivani, Amu bilan Amumi, Chud bilan Chadni, Eri bilan Eyrni bir-biriga almashtirib qo'ymaslik lozim.
Ikki davlat hududidan oqib o'tuvchi ayrim daryolar mahalliy til qoidalariga moslanib turlicha atafadi.
Masalan, Ispaniyadan oqib o'tuvchi Taxo daryosi Portugaliya hududiga o'tgandan so'ng Teju deb yuriuladi,
shuningdek, Polshadagi Odra Germaniyada Oder, Afg'onistondagi Herirud Turkmanistonda Tajan deb
yuritiladi.
Geografik joy nomlariga shu qadar o'rganib qolganmizki, hatto ayrim atamalar aynan toponimlardan
olinganligini eslab ham o'tirmaymiz.
An'anaviy o'tkazilib kelinadigan olimpiada so'zi Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan, alpinizm, alp
burmalanish, alp o'tloqlari-Yevropadagi Alp tog'i nomidan, akademiya so'zi Gretsiyadagi changalzorlardan
bin nomidan, vulqon (vulkan) atamasi Tirren dengizidagi Vulkano oroli nomidan, kofe - Afrikadagi Kaffa
o'lkasi nomidan, geyzer atamasi Islandiyadagi Geyzer deb ataladigan issiq buloq nomidan, karst atamasi
Bolgon yarim orolidagi Karst platosi nomidan, meandra Kichik Osiyo yarim orolidagi Mendere daryosi
nomidan, delta atamasi Nil daryosi quyiladigan Delta degan joy nomidan olingan va hokazo.
Toponimlardan vujudga kelgan turli atamalar, so'zlar juda ko'p.
Geografik atamalar vulqon, meandra, geyzer, karst, artezian va boshqalar.
Geologik davrlar kembriy — Buyuk Britaniyadagi Uelsning qadimgi nomi; ordovik va silur — Angliya
janubidagi qabililar nomi; devon — Angliyadagi grailik; perm — Uralning janubidagi shahar; yura —
Fransiyadagi Yura tog'lari nomidan olingan.
Burmalanishlar kaledon — Shotlandiyaning qadimgi nomi; baykal - Baykal ko'li nomidan; gertsin —
Markaziy Yevropadagi tog'; alp —Yevropadagi tog' nomlaridan paydo bo'lgan.Shamollarning nomlari -
Afg'on shamoli, Bekobod shamoli, Qo'qon shamoli, Xo'jand shamoli, Novorossiysk borasi va hokazo.
O'simliklarning nomlari: apelsin — gollandcha "xitoy olmasi" demakdir ("sin" — "Chin", "Xitoy"
degani); kashtan — Kichik Osiyodagi Kastan shahri nomidan; kofe — Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan;
bulg'ari qalampiri — Bolgariya nomidan; finikiya palmasi — tarixiy Finikiya davlati nomidan;
makkajo'xori — Muqaddas Makka shahri nomidan; qo'qon jo'xori, jilon jiyda — Erondagi G'ilon (Jilon)
viloyati nomidan; shotut —Shorn (Suriya) nomidan olingan. Kishmish — Erondagi Keshm oroli nomi
bilan bog'liq.
Hayvonlar nomlari: hisor qo'yi, qorako'l qo'yi, angori echki, sardinka—baliq, Sardiniya oroli nomidan
olingan.
Turli ichimliklar nomlari: kagor (qizil vino) — Fransiyadagi Kagor shahri nomidan; portveyn (vino) —
Portugaliyadagi Oporto shahri nomidan; shampan (vino) — Fransiyadagi Shampan provinsiyasi nomidan;
konyak — Fransiyadagi shu nomli shahar nomidan olingan.
Minerallarning aksariyati joy nomlari bilan bog'liq holda nomlangan: alebastr — Misrdagi shahar
nomidan, baykalit — Baykal ko'li nomidan, belomorit — Oq dengiz sohilidan topilgani uchun shunday
atalgan, boksit — Fransiya janubidagi Boks degan joy nomidan, vezuvian—Italiyadagi Vezuviy tog'i
nomidan, kurskit — Kursk shahri nomidan, rumenit — Ruminiya hududidan topilgan qahraboning bir turi,
sibirit —Sibir nomidan, surik-mineral bo'yoq, Suriya nomidan, uralit — Ural tog'laridan topilgan mineral
nomi, xibinit — Xibin tog'lari nomidan olingan.
Ayrim gazlamalaming nomlari ham toponimlardagi olingan: doka (ruscha "marli") so'zi Bangladeshning
poytaxti Dakka shahri nomidan, krepdeshin — fransuzcha "xitoy matosi", Xitoy nomidan olingan, jersi—
Fransiya shimolidagi orol nomidan olingan.
Panama (bosh kiyim, shlyapa) nomi ham Markaziy Amerikadagi Panama davlati nomidan olingan.
Olimpika (sport kiyimi) nomi esa Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan kelib chiqqan.
Ko'pchilik buyuk allomalar, yozuvchi va shoirlaming taxalluslari ham ular tug'ilgan yoki yashagan joy
nomidan olingan: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Yassaviy,
Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Hofiz Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Muhammad Narshaxiy va hokazo. Hatto
Rudakiy tug'ilgan joy uning taxallusi yordamida topilgan va u hozirgi Tojikistondagi Rudak qishlog'ida
tug'ilganligi aniqlangan.
Joy nomlari juda qiziq: 1 -2-3 harfdan iborat juda qisqa nomlar ham, uzundan uzoq nomlar ham bor. YIL
— Shvesiyadagi, E — Fransiya va Belgiyadagi aholi punktlari, U — Fransiyadagi daryo irmog'i, Ar —
Uraldagi daryocha, Po — Italiyadagi daryo, Nil — dunyodagi eng uzun daryo, Chad—Afrikadagi, Chud —
Rossiyadagi, Eyr — Avstraliyadagi, Eri — Shimoliy Amerikadagi ko'llar.
Mashhur geograf-toponimist olim H. Hasanovning yozishicha: "...Geografik nomlarning "chempionlari"
ham aniqlangan. Angliyadagi bir temir yo'l stansiyasining nomi 54 harfdan iborat. Yangi Zelandiyadagi bir
shaharning nomi maori tilida 57 harf bilan yoziladi. O'zbekcha tarjimasi bunday: "Tamatea Pokan Uenda
o'z ma'shuqasiga nay chalib bergan tepalik". Bu faqat "bronza" medaliga mansub. Lekin "kumush"
medalga loyiq nom ham bor: bu Yangi Zelandiyadagi bir tepalikning nomi — u 85 harfdan iborat. "Oltin"
medal Tailand poytaxti Bangkok shahriga berilsa bo'ladi: uning norasmiy nomi jami 159 harf bilan
yoziladi".
Xullas, joy nomlari ajoyib va g'aroyib. Hayotimizni ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
13- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: DARYO
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Daryolar yer osti suvlari va yog‗inlardan ham to‗yinadi. Har bir daryo ning boshlanish joyi
(manbasi) hamda dengiz, ko‗l yoki boshqa daryoga quyilish joyi (mansabi) bo‗ladi.
Deyarli har bir daryo tog‗dagi muzliklarning erishidan, buloq yoki botqoqliklardan boshlanadi. Kichik
jilg‗alar qo‗shilib soyni hosil qiladi. Soylardan daryolar vujudga keladi. Daryolar yer osti suvlari va
yog‗inlardan ham to‗yinadi. Har bir daryoning boshlanish joyi (manbasi) hamda dengiz, ko‗l yoki boshqa
daryoga quyilish joyi (mansabi) bo‗ladi.
Biroq buloqlardan boshlanmaydigan daryolar ham bor. Masalan, Biya daryosi Oltoydagi Telets ko‗lidan
oqib chiqadi, u 400 metr kenglikdagi tosh tizmalaridan otilib tushadi. U boshlanish va quyilish joyida ham
keng va ulug‗vordir.
Shunday daryolar ham borki, ularning quyilish joyi yo‗q. Turkmanistondagi Murg‗ob va Tajan daryolari
shular jumlasidan. Bu daryolarning suvi dalalarni sug‗orishga sarflanadi, natijada ular biron havzaga
quyilmaydi. Sharqiy Yevropadagi Volga (bu daryoni o‗rta asrlarda mahalliy elatlar Itil deb atashgan),
Afrikadagi Nil, Amerikadagi Missisipi kabi yirik, sersuv daryolar dengizga ko‗p miqdorda loyqa, qum
keltiradi. Ularning oqimi quyilish joyida va tekisliklarda sekinlashadi, bunday yerlarda loyqa va qum
to‗planadi, natijada loyqa yoki qumloq orollar hosil bo‗ladi. Daryo oqimi ko‗plab tarmoqlarga ajraladi,
natijada daryo deltasi vujudga keladi. Missisipi deltasida joylashgan Yangi Orlean shahri xuddi shunday
oqiziq jinslar tufayli chuqurlikka tushib qolgan, undan yuqorida Missisipi daryosining o‗zani mavjud.
Daryolar ikki qirg‗oq orasida, o‗zanlarda oqadi. Qor yoki muzliklarning jadal erishi natijasida suv sathi
ko‗tarilib, toshqin ro‗y bergan kezlarda daryo qayiri va hatto sohilning talay qismini suv bosadi. Shunday
yerlarda, odatda, yaxshigina yaylovlar vujudga keladi. Tekislikdagi daryolar sekin, ravon oqadi. Faqat
keskin burilish yerlarida va sayoz joylardagina suv oqimi tezlashadi. Hatto shunday daryolar ham toshqin
paytlarida ba‘zan o‗zanini o‗zgartirib yuboradi. Eski o‗zanlarni, ko‗p o‗tmay, qamish, nilufar kabi
o‗simliklar qoplab, ko‗l va botqoqliklar vujudga keladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
14- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Dunyodagi eng iflos shaharlar
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Америкадаги Блэксмит (Blacksmith Institute)нотижорат илмий текшириш институти мутахассислари
турли сабабларга кўра ифлосланиб, ахоли саломатлиги учун хавфли худудларга айланган дунѐ
шахарлари рейтинини тузиб чикди. Биз улар орасида хаддан ортик даража даражада ифлосланган
ўнта шахар хакида маълумот бермокчимиз.
1. Чернобыль, Украина
1986 йил 26 апрелда Чернобиль атом- эектро станциясида рўй берган техноген халокат хакида
эшитмаган билмаган одамнинг ўзи йўк. Ўша куни 30 киши вокеа жойида хаѐтдан кўз юмган, 135
минг киши кўчирилиган эди. Айни пайтда ушбу халокатдан зарар кўрганлар сони5,5 миллион
кишини ташкил этади. Портлаш жараѐнида Хиросима ва Нагасикада портлаган атом бомбасидан юз
баравар кўпрок радиация ажралиб чиккан.
2. Дзержинск, Россия
Мамлакатдаги энг саноатлашган ва ифлос шахарлардан бири. Бу ерда саноат чикиндиларидан
захарданганлар сони 300 минг кишидан ортади. Бу ерда эркакларнинг ўртача умр кўриш ѐши 42,
аѐлларда эса 47 ѐшни ташкил этади. Маълумотларга кўра, 1930-1998 йиллар давомида ша?ардаги
кимѐвий куроллар заводидан 30 минг тонна захарли чикиндилар чикарилган. 2003 йилги
маълумотга кўра, шахарда ўлим кўрсаткичлари тугилишдан 2,6 баравар юкори бўлган.
3. Хайна, Доминикан Республикаси
Шахарда аккумулятор ишлаб чикарувчи ѐпик завод фаолият кўрсататди. Шу боис, атроф-мухитга
чикарилаѐтган кўргошин чикиндилари ахолининг саломатлигига жиддий хавф солаѐтир. Хайнада
кўргошиндаен захарланиш туфайли рухий ва кўз касалликлари, ногирон тугруклар бошка
жойлардагидан бир неча баравар юкори. Маъмурият тозалаш ишларини олиб боришга хали
киришганича йўк.
4. Кабве Мамлакатнинг катталиги жихатдан иккинчи шахри саналади. 102 йилда бу ерда жуда
катта кўргошин кони топилган. Мазкур саноат хомашѐсини кайта ишлаш натижасида кўргошиндан
захарланиш кўрсаткичлари кескин ортган. Жабрланганлар сони 250 мингдан ошган. Жахон банки
ўтган йили шахардаги санитария ахволини яхшилаш максадида20 миллион доллар микдорида
маблаг ажратган.
5. Ла-Оройа, Перу
1922 йилдан бер Анд тоглари багрида жойлашган бу шахар ахолиси махаллий металлургия заводи
чикараѐтган захарли чикиндилардан азият чекади. 35 минг нафар захарланган одамлар рўйхатга
олинган. Болаларнинг тўксон тўккиз фоизининг конида кўргошин бирикмалари топилган.
Кислотали ѐмгирлар туфайли бу шахарга анчадан бери битта хам гиѐх ўсмай кўйган.
6. Линьфынь, Хитой.
Линьфынь – Хитойдаги иэнг ифлосланган шахарлардан бири. Бу ерда мамлакатнинг энг йирик
кўмир конларидан бири жойлашган. Махаллий клиникаларда бронхит, пневмония, ўпка саратони
каби касалликлари билан кўплаб одамлар мурожаат килишади.
7. Майлу- Суу, Киргизистон.
Денгиз сатхидан 2000 метр баландликда Майли-суу дарѐси водийсида руан казиб олиш ишлари
ўтган асрнинг ўрталарида бошланганди. 1968 йилда эса, радий ишлаб чикарувчи иккита завод ўз
ишини тўхтатди. Радлиоактив чикндиларни катта кисми эса, ана шу дарѐ сохилида махсус ўралар
казилиб кўмиб ташланди. Турли табиий офатлар, сув тошкинлари бу ерд сакланаѐтган радиоактив
чикиндиларни атрофга катта тезликда таркалишига сабаб бўлаѐтир. Бу ерда яшовчилар саратон
касаллиги билан бошкаларга нисбатан икки баравар кўпрок чалинадилар.
8. Норильск, Россия
Россиянинг бу ифлосланган шахрида хатто кор хам кора рангда ѐгади, десак ишонаверинг.
Стронций, никель, кўргошин, мис, кобальт чикиндилари 134 минг одаамнинг хаѐтига хавф
солаѐтир. Нафас олсангиз димогингизга гуп этиб олтингугурт хиди ѐпирилади. Бу ерда ўртача умр
давомийлиги Россиядаги умумий кўрсаткичдан ўн йил камрок. 2001 йилдан бошлаб шахар
хорижликлар кириши учун ѐпилган.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
15- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Aysberg
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
«Aysberg» so‗zi o‗zbek tilida «muz tog‗i» degan ma‘noni anglatadi. Haqiqatan ham Yerning
qutbiy doiralarida vujudga kelgan muzliklarning uzilib dengizga qulab tushgan chekka
qismlari katta muz tog‗larini eslatadi.
«Aysberg» so‗zi o‗zbek tilida «muz tog‗i» degan ma‘noni anglatadi. Haqiqatan ham Yerning qutbiy
doiralarida vujudga kelgan muzliklarning uzilib dengizga qulab tushgan chekka qismlari katta muz
tog‗larini eslatadi. Muzlikning uchi ma‘lum vaqtgacha dengiz ustida osilib turadi. Uni suv qalqishlari,
dengiz oqimlari va shamollar yemiradi. Nihoyat, u bo‗linib, shaloplab suvga qulaydi. Aysberg chayqalib,
ulkan massasining katta qismini suv ostiga yashirgan holda shamol va oqim kuchiga bo‗ysunib, uzoq
safarga yo‗l oladi. Yo‗lda asta-sekin eriydi va shu tufayli u ba‘zan to‗ntariladi. Uzunligi 1—2 kilometrli,
kengligi yarim kilometrli mayda va uzunligi bir necha o‗n kilometr, balandligi esa 100 metrdan oshadigan
yirik aysberglar bor.
Aysberglar vatani – Arktika va Antarktida muzliklari.
Okeanda aysberglarga duch kelish juda xavfli, chunki uning suv ostidagi qismi ko‗rinmaydi (odatda,
aysbergning suv ostidagi qismi suv ustidagi qismidan benihoya katta bo‗ladi). 1912-yilda yo‗lovchi-
sayohatchilarni tashiydigan ulkan «Titanik» kemasi Atlantika okeanida bora turib, tumanda aysbergga
urilgan va g‗arq bo‗lgan. Bu 20-asr boshida dengizda sodir bo‗lgan eng katta fojia hisoblanadi, 1997-yil
oxirida amerikalik rejissyor Deyms Kameronnning yangi «Titanik» filmi jahondagi ko‗p mamlakatlar
kinoekraniga chiqdi. Bu ulkan halokat kema qatnovida aysberglarga nisbatan doim hushyor bo‗lishga
chaqiradi. AQSHning Memfis shahrida «Titanik» xotira muzeyi barpo qilingan.
Biroq olimlarning taxminicha, aysberglar kishilarga foyda keltirishi ham mumkin. Axir sayyoramizda toza
chuchuk suv tanqisligi tobora kuchliroq sezilmoqda. Aysberglar esa xuddi shunday suv manbaidir. Olimlar
aysberglarni shatakka olib, yirik shaharlar gavaniga keltirish va u yerda aysbergga «langar tashlash»
mumkin emasmikan, degan mulohaza ustida fikr yuritishmoqda. Aysberglar suvi bilan millionlab
kishilarning suvga bo‗lgan ehtiyojini qondirsa bo‗ladi. To‗g‗ri, bu hozircha mo‗ljal, xolos.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
16- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Alpinizm
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Baland tog‗larning ulug‗vor manzarasi: bahaybat qoyalar, qor va muz bilan qoplangan, havo ochiq
kunlarda olisdan kumushday yarqirab ko‗rinadigan osmono‗par cho‗qqilar ko‗p zamonlardan beri
odamlarni o‗ziga maftun etib keladi. Juda ko‗p kishilar qorli cho‗qqilarga ko‗tarilishga harakat qilganlar,
ammo ularning bu urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan.
1786-yili shveytsariyalik ikki kishi birinchi marta Alp tog‗ining (Yevropadagi eng baland tog‗) Monblan
cho‗qqisiga ko‗tarildi. Shu vaqtdan boshlab chiqish qiyin bo‗lgan tog‗ cho‗qqilariga ko‗tarilish alpinizm
deb ataladigan bo‗ldi.
Alpinist bo‗lish oson emas. Buning uchun avval uzoq va qunt bilan mashq qilish, marshrutlarni o‗rganish
kerak, asta-sekin chiqish uncha qiyin bo‗lmagan tog‗larni, so‗ngra qiyinroq marshrutlarni tanlash lozim.
Shundan keyingina yuksak cho‗qqilar sari otlanish mumkin.
Alpinistlar boshqa kishilar chiqa olmaydigan joylarda bo‗ladilar. Masalan, aytaylik, tog‗da biror baxtsizlik
yoki avariya ro‗y berdi. U yerga eng zamonaviy vertolyot ham qo‗na olmaydi. Faqat alpinistlargina u yerga
ko‗tarila oladilar.
Alpinistlarning maxsus anjomlari bo‗ladi. Bu anjomlarga shamol, yomg‗ir va qordan saqlaydigan kiyim,
tishli poyabzal, arqon, muzliklar ustiga chiqayotganda oyoq qo‗ymoq uchun muzni o‗yib, pillapoya
qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilgak, qoya va muzliklarga ilinadigan ilgak,
bolg‗acha, chodir, uxlash uchun qopko‗rpa kiradi.
Alpinistlar tog‗ cho‗qqilariga ko‗tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland
tog‗larda joylashgan meteorologik stansiyalarda ishlaydilar, tog‗larda quriladigan gidroelektr stansiya
qurilishlarida quruvchilarga yordam beradilar. 7 ming metrdan yuqori bo‗lgan balandliklarga ilmiy
apparatlarni o‗rnatadilar.
Alpinizm mamlakatimizda keng tarqalgan. O‗rta Osiyodagi barcha eng baland tog‗ cho‗qqilari
alpinistlarimiz tomonidan zabt etilgan. Xizmat ko‗rsatgan sport ustasi, muhandis-konstruktor V. M.
Abalakov, uning ukasi, saqlaydigan kiyim, tishli poyabzal, arqon, muzliklar ustiga chiqayotganda oyoq
qo‗ymoq uchun muzni o‗yib, pillapoya qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilgak,
qoya va muzliklarga ilinadigan ilgak, bolg‗acha, chodir, uxlash uchun qopko‗rpa kiradi.
Alpinistlar tog‗ cho‗qqilariga ko‗tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland
tog‗larda joylashgan meteorologik stansiyalarda ishlaydilar, tog‗larda quriladigan gidroelektr stansiya
qurilishlarida quruvchilarga yordam beradilar. 7 ming metrdan yuqori bo‗lgan balandliklarga ilmiy
apparatlarni o‗rnatadilar.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
17- -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: Yerning og‘irligi qancha?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Yer Koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo‘yib ulchab bulmaydi. Yerning vazni
tugrisida gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi.
Yer Koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo‘yib ulchab bulmaydi. Yerning vazni
tugrisida gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi.
Yerning massasi, taxminan, 5,976 sekstillion tonnani tashkil etadi. Yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun
ushbu raqamni tula keltiramiz: 5 976 000 000 000 000 000 000 000. Olimlar Yerning massasi aynan
shuncha ekanini qanday aniqlashgan?
Ular buni aniqlash uchun ikki jismning uzaro tortishish qonunidan foydalanishadi. Gravitatsiya kuchi
aynan shu tortishishga boglik.. Oddiy so‘z bilan aytganda, ikki jismning uzaro tortishishi ularning massasi
va o‘rtasidagi masofaga boglik. Narsalar qancha katta bulsa, ular bir-birini shuncha katta kuch bilan
tortadi. Ular bir-biridan qancha olisda bulsa, bu kuch shuncha kichik buladi.
Yerning vazni quyidagicha ulchanadi: kichkina bir yuk ipga osib suyiladi, so‘ngra bu yukning holati
o‘lchanadi. Usha yukning yoniga bir tonna qurgoshin qo‘yiladi. Yuk va qo‘rgoshin urtasida tortishish
paydo buladi, natijada yuk bir oz chetga ogadi. (Bu ogish amalda 0,000 02 mm.ni tashkil qiladi. Shuning
uziyoq o‘lchov qanchalik aniq, bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi.) Olimlar bunday o‘lchashlardan keyin
matematika yordamida Yerning vaznini hisoblab chikishdi. Ular Yerning vazniga nisbatan tortish kuchini
o‘lchashdi hamda bir tonna qurgoshin osigliq turgan yukni uziga tortishini o‘lchashdi. Hisoblab chiq;ilgan
nisbiy farq Yerning massa-sini kursatadi.
Massa nimadan hosil bo‘ladi? Unga qattiq tog‘ jinslaridan iborat qobiq, mantiya deb ataladigan qattiq
jinslardan iborat qatlam, so‘ngra ichki qism - yadro kiradi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
18 -Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: YANGI YILNI QAYERDA QANDAY KUTISHADI
Mashg‘ulot maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III Yangi mavzu bayoni: Har bir xalqning ota-bobolaridan qolgan urf-odatlari, udumlari bo‗ladi. Yangi
yilni bayram etish ham shunday odatlardan biridir. Biz Yangi yil haqida gapirar ekanmiz, beixtiyor ko‗z o
‗ngimizda sovg‗a-salomli Qorbobo va yasatilgan archa gavdalanadi. Qorbobo qachondan buyon Yangi yil
mehmoni bo‗la boshlagan? Qorboboning yoshi ming yildan ham ortiq qadimgi majusiylar diniy tasawuriga
ko‗ra, Qorbobo shimolda sovuq shamol tangrisining timsoli bo‗lgan. Rivoyatlarda aytilishicha sovuq
shamol tangrisi — Qorbobo muzdan bunyod etilgan saroyda yashab, har yili qishda Quyosh yuzini parda
bilan to'sib qo‗yar va bahordagina pardani коЧагаг ekan. Vaqt o‗tishi bilan Qorbobo majusiylar
e‘tiqodidagi muqaddaslik ramzini yo‗qotadi va bizning tushunchamizdagi Qorboboga, Yangi yil kirishi
arafasida xaltasini sovg‗a-salomlar bilan to‗ldirib, o‗rmondan chiqib keladigan, insonlarga baxtsaodat
tilaydigan Qorboboga aylanadi. Yangi yil bayramida nega archa bezatiladi? Shimol xalqlari bilan
birgalikda qadimgi slavyan xalqlarining e‘tiqodiga ko‗ra, archa baxt keltiruvchi daraxtdir. Baxt ramzi
bo‗lmish archa keyinchalik Yangi yil bayramlarida odamlarning uylaridan o‗rin oladigan bo‗lib qolgan.
Yangi yilni bayram qilish qachondan odat tusiga kirgan? Qadimgi vaqtlarda ko‗pchilik xalqlar 21-martni
yil boshi hisoblab, shu kunni bayram qilishgan. Sharq xalqlarining barchasi, shuningdek, Italiya, Angliya,
Rossiya xalqlari ham Yangi yilni martda kutib olishgan. 21- mart muchal yili va o‗n ikki buij hisobi
bo‗yicha hutning, binobarin, yilning oxirgi kuni boigan. 22-martdan yangi yilning birinchi oyi — hamal
boshlangan. 21-martda quyosh nuri ekvatorga tik tushgan. Shu kuni yer sharining hamma joyida tun bilan
kun bir-biriga teng bo‗ladi. Bunga kecha-kunduz baravarligi deyiladi. 21-mart bahorgi kecha-kui'duz
baravarligi bo‗lib hisoblanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 22-martdan shimoliy yarim sharga quyosh
nuri ko‗proq tusha boshlaydi. Tabiat, butun borliq jonlanadi, dehqonchilikda dolzarb kunlar boshlanadi.
Qadim zamonlarda yangi yilning martda kutib olinganligining boisi ham shu. Yangi yilni 1-yanvarda
bayram qilishni dastlab rimliklar boshlagan. Rossiyada ham Yangi yil awallari martda kutib olingan.
Ammo Rossiyaning janubida martda bahor nafasi esgan paytda shimoliy o‗lkalarda qahraton qish hukm
suradi. Shuni e‘tiborga olib, Rossiyada yangi yilni kuzda, sentabrda kutib olish rasm qilinadi. Pyotr I
davridan boshlab Rossiyada ham yangi yil 1- yanvardan bayram qilinadigan bo‗ladi. 1699- yil 15-dekabrda
Pyotr I tomonidan chiqarilgan farmonda: «...yil sanasi bundan buyon... Iso payg‗ambaming tug‗ilgan
kunidan 8 kun o ‗tkazib boshlansin, yangi yil 1-sentabrda emas, 1700-yilning birinchi yanvarida
boshlangan deb hisoblansin» deyilgan. Shu farmonda yana «Yangi yil boshlanishi munosabati bilan
kishilar
bir-birlarini
Yangi
yil
bayrami
bilan
tabriklasinlar.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplab kelish
19- Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: YANGI YILNI KIMLAR BIRINCHI BO‗LIB KUTIB OLADI?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:Yaponlar qadimdan o‘z yurtlarini «kun chiqar mamlakat» deb atashadi. Yer shari bo‘yicha
yangi kun va yangi yilni birinchi boiib yaponlar kutib oladi, degan fikr ularning miyasiga singib qolgan. Aslida bunday
emas, chunki har bir yangi kun kabi yangi yil ham sanalar o ‘zgarish chizigidan boshlanadi. 180°-meridian sanalar
o‘zgarish chizigi deb qabul qilinganligi va bu chiziq Osiyo bilan Amerikani bir-biridan ajratib turgan Bering
bo‘g‘ozidan o‘tishi yuqorida aytilgan edi. Sanalar o‘zgarish chizigiga eng yaqin hudud esa Rossiyaning sharqiy
chekkasi, ya’ni Chukotka yarimorolidir. Demak, yangi yilni Chukotka yarim orolida istiqomat qiluvchi xalqlar
dunyoda birinchi boiib kutib oladi. Sayyoramizda yangi yil boshlanib rosa ikki soat o‘tgandan keyingina Yaponiyaga
yetib keladi. Yaponlar yangi yilni Chukotka xalqlaridan ikki soat keyin kutib oladilar. Chukotkada boshlangan yangi
yilni mongollar chukotkaliklardan 5 soat keyin, toshkentliklar 7 soat keyin, samarqandliklar 8 soat keyin, Moskva,
Sankt-Peterburg va Kiyev aholisi 10 soat keyin, fransuzlar va inglizlar 12 soat keyin, kubaliklar va nyu-yorkliklar 17
soat keyin kutib oladi. YANGI YIL NECHANCHI YIL? Hammamiz dekabr oyi boshidayoq yangi yilni kutish taraddudiga
tushib qolamiz. Sarvqomat, yam-yashil archa, saxiy Qorbobo, sovg‘a-salomlar, shinam bayram dasturxoni,
tabriknomalar, ezgu tilaklar — bular biz uchun odat boiib qolgan. Ammo yangi yil boshqa oylarda ham bayram
qilinishini bilasizmi? Axir, mart oyidagi Navro‘z ham yangi yil bayrami-da! Bunda sumalak, yalpiz somsa pishiriladi.
Yoshlar qir-adirlarga lola sayliga chiqishadi. Navro‘z faqat bizdagina emas, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Pokistonda ham
yangi yil boshi. Buning ilmiy sababi ham bor. www.ziyouz.com kutubxonasi Quyosh 21-mart kuni ekvator ustida tik
turadi, keyinchalik shimoliy yarimsharga ko‘proq yog‘du bera boshlaydi, o‘lkamizga bahor va yoz keltiradi. Shu
kezda dehqon dalaga chiqadi, ko‘chat o‘tqazadi — tabiat uyg‘onadi. Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida Bog‘i
Bobur deyiladigan oromgoh bor. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘sha yerga dafn etilgan. Har yili Navro‘z kunlarida
muxlislar shu bog‘ ichiga ko‘chat o‘tqazadilar. Sanab o‘tilgan mamlakatlarda Navro‘z bayrami 12 kun davom etadi.
Efiopiyada yangi yil sentabr oyi o‘rtalariga to ‘g‘ri keladi. Shu kuni hamma daryoda cho‘miladi, tunda mash’ala
yoqib, raqsga tushadi. Birmaliklar yangi yilni bahor faslida — 17-aprelda tinjan m a’rakasi bilan boshlashadi.
Odamlar shlangdan, chelakdan, suvotar to ‘pponchalardan bir-birlarini suvga bo‘ktirishadi. Hech kim qochib
qutulolmaydi, hech kim xafa ham bo‘lmaydi. Shunaqa bayram-da, yangi yil ularda. Malayziya ahli esa bir yilda
to‘rtta yangi yilni nishonlashadi: yevropacha yangi yil, hindcha, xitoycha va musulmoncha yangi yil. Millati, dini,
yoshi va jinsiga qaramay, kimning bayrami bo‘lishidan qat’i nazar, hamma aralashib ketaveradi. Vyetnamliklar yangi
yilni fevral oyida kutishadi. Eng chekka shimolda — Grenlandiya va Kanada shimolida yashovchi eskimoslar uchun
qutbiy tunlar tugagan kun yangi yil boshi boiadi. Yangi yilni har yerda har kim turli vaqtda kutib olsa, yil sanog‘i
qanday bolarkin? Bizda nechanchi yil deb so‘rasangiz bog‘cha bolasi ham «2010-yil!» deb javob beradi. Bu xalqaro,
butun dunyoda qabul qilingan yil hisobi, Grigoriy kalendari ekanligi m a’lum. Ammo dunyoning ko‘pgina
mamlakatlarida bu xalqaro yil hisobi bilan bir qatorda mahalliy yil hisoblari ham bor. Arabiston, Eron, Afg‘oniston va
Pokiston singari mamlakatlarda Oy kalendari-sanasi Qamariya bo‘yicha mart oyidan boshlab 1427-hijriy yil kirgan.
Eronda maxsus yil hisobi ham qabul qilingan. Eron kalendari miloddan awalgi 558-yildan boshlangan — o‘sha yili
qadimgi Eron shohi Qurush (Kir) taxtga o ‘tirgan ekan. Demak, bizdagi 2006-yil mart oyidan Eronda 2564-yil
boshlangan. Isroil davlatining ham milliy — diniy yili bor. Yahudiylar kalendari «dunyo yaratilish» afsonasidan
boshlanadi. Emishki,i odamzod — Odamato miloddan 3761-yil muqaddam paydo boigan. U yilni hozirgi yil bilan jam
qilinsa, Isroil davlatidagi 5767-yil hosil boiadi.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplab kelish. test krassvordlar tuzib kelish
20- Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu: O
ylar nomlarining kelib chiqishi
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni: Qadimgi Rimda Oy kalendari (qamariy kalendar) ga amal qilingan. Bu kalendar bo‘yicha bir
yil 10 oydan — 304 kundan iborat bo‘lgan. Awaliga oylarning nomi bo‘lmagan, ular tartib raqami bilan yuritilgan.
Rimliklarning 304 kunlik yili na Oy yili hisobiga va na Quyosh yili hisobiga to‘g‘ri kelar edi. Shuni nazarda tutib,
eramizdan awalgi VII asrda islohot o‘tkazilib, kalendar yiliga yana ikki oy: o‘n birinchi yanvar va o‘n ikkinchi — fevral
oylari qo‘shiladi. Shunday qilib, qadimgi rimliklarning o ‘n oylik kalendari o‘n ikki oylik kalendarga aylandi. Bu
kalendar hozir amal qilib kelinayotgan kalendaming asosini tashkil etdi. Islohotdan oldingi qadimgi rimliklar
kalendaridagi oylar nomi 12 oylik kalendarda ham saqlanib qolgan. 10 oylik kalendarda yangi yil bahorda
boshlangan. Ko'pchilik kalendarlarda, shu jumladan, qadimgi rimliklar kalendarida yilning birinchi oyi mart boigan.
Bu oy urush xudosi, dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga mart deb atalgan (mart martius so‘zidan
olingan). Maqbul kalendarlardan biri hisoblangan Umar Xayyom kalendarida ham yil mart oyidan boshlangan. XV
asrgacha Rossiyada ham yangi yil mart oyidan boshlangan. Hozirgi kalendarda mart yilning uchinchi oyidir.
Kalendarimizdagi to‘rtinchi oyning nomi aprel (aprilis) lotincha «apfire» degan so‘zdan kelib chiqqan. Apfire — o‘z
in’omlarini namoyon qiluvchi degan m a’noni bildiradi. Boshqa manbalarda aprel so‘zi ma’buda Afrodit — go‘zallik,
muhabbat, shuningdek, hosildorlik tangrisi nomidan kelib chiqqan deyiladi. Aprel — bahor oyi, butun borliq
uyg‘onib kishilarga orom bagishlaydigan oy; bahorda hatto keksalar ham o‘zlarini go‘yo yasharayotgandek, ancha
bardam his qiladi. Aprelda kelgusi hosil uchun taraddud boshlanadi. Birinchi aprel — xushchaqchaqlik kuni.
Xushchaqchaqlikni hazil-mutoyibasiz, kulgisiz tasaw ur qilish qiyin. Ko‘ngil kutubxonasi ochish, kulish maqsadida
Pyotr I zamonidayoq 1-aprelda birbirini hazillashib aldash odat tusiga kirgan. Kalendarimizdagi beshinchi oyning
nomi may (mayus) m a’buda Mayya ismidan olingan: Qadimgi rimliklar e’tiqodi bo‘yicha, Mayya Merkuriyning onasi
— Yer tangrisidir. May — go‘zallik, shod-xurramlik oyi hisoblanadi. Kalendarimizdagi oltinchi oyning nomi iyun
(yunius) qadimgi rimliklar e ’tiqodiga ko‘ra, Yupiter xotini — ma’buda Yunona sharafiga atalgan. Afsonalarga ko‘ra,
Yunona Oy xudosi, ayollar homiysi boiib, er-xotinga qo‘sha qarishni, uvali-juvali boiishni ravo ko‘rarkan.
Kalendarimizdagi yettinchi oyning nomi Rim davlat arbobi va lashkarboshisi Yuliy Sezar (eramizgacha 100—44-y.y.)
sharafiga iyul deb atalgan. Eramizdan oldingi 46-yilda Yuliy Sezar tashabbusi bilan 12 oylik shamsiy kalendar isloh
etilgan va Yuliy kalendari deb yuritiladigan boigan. Kalendarimizdagi sakkizinchi oyning nomi Rim imperatori
Oktavian Avgust sharafiga (eramizning 14-yili) avgust deb atalgan. Imperator Avgust—Yuliy Sezarning nabira jiyani
— vorisidir. U vaqt (kalendar) hisobidan to‘planib qolgan farqni isloh qilib tugatgan. Kalendarimizdagi to ‘qqizinchi
oy — sentabrning nom i (qadimgi rimliklarning 10 oylik kalendarida bu yettinchi oy hisoblanadi) lotincha September
(septem — yetti degani) so‘zidan olingan. Kalendarimizdagi o ‘ninchi oy (qadimgi rimliklar kalendarida sakkizinchi
oy) lotincha oktober so‘zidan olinib, oktabr deb atalgan (okto — sakkiz degani). Kalendarimizdagi o‘n birinchi oy —
noyabming nomi lotincha november so‘zidan olingan. Qadimgi rimliklar kalendarida bu to‘qqizinchi oydir, lotincha
novem so‘zi to‘qqiz degan m a’noni bildiradi. Kalendarimizdagi o ‘n ikkinchi oyning nomi — dekabr lotincha
desember so‘zidan olingan, chunki bu oy qadimgi rimliklar kalendarida o ‘ninchi oy boiib hisoblanadi (dekem — o‘n
degan ma’noni bildiradi). Yuliy kalendaridagi o‘n birinchi oy ikki yuzli xudo Yanus sharafiga yanuarius (yanva) deb
atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha, ikki yuzli xudo Yanus har bir narsaning boshi va oxirining homiysi boigan emish.
Hozirgi kalendarda yanvar yilning birinchi oyi hisoblanadi, rimliklar kalendarining oxirgi — o‘n ikkinchi oyi fevraldir.
Fevral lotincha «februum» so‘zidan olingan. Rimliklar bu oxirgi oyga oiiklar tangrisi Februariy nomiga bag‘ishlab
februarius deb nom bergan. Lotincha «februarius» so‘zi — tozalanish, poklanish degan m a’noni ham bildiradi.
Fevral hozirgi kalendarning ikkinchi oyi hisoblanadi
Uyga vazifa : Mavzuni oqib mavzu boyicha ma'lumot to'plab kelish.
21 Mmashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
OB-HAVO INJIQLIKLARI
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Sayyoramiz atmosferasi pastki qatlamining holati va uning turli-tuman o‘zgarishlari ob-havo deb ataladi. Ob-havo
so‘zini m a’lum vaqtda muayyan joydagi havoning holati deb tushunish kerak. Ob-havo mudom o ‘zgarib, turli tabiat
hodisalari ro‘y berib turadi. 1976-yilda yer sharida ob-havo misli ko‘rilmagan darajada o ‘zgarib, turli ofatlar keltirib
chiqardi. Masalan, G ‘arbiy Yevropada, chunonchi, Angliya, Fransiya, Belgiya va Italiyada so‘nggi yuz yil mobaynida
haddan tashqari issiq va qurg‘oqchilik bo‘ldi. Shu tufayli bu mamlakatlarning ba’zi o‘lkalarida o ‘rmonlarda yong‘in
chiqdi. Sena, Temza, Reyn va Maas kabi daryolar benihoya sayozlandi. Angliya hatto xorijiy ellardan ichimlik suv
sotib olishga majbur bo‘ldi. Keyin ob-havo yana o ‘zgarib, bir necha kun to ‘xtovsiz jala quyib, ko‘p joylami suv bosdi,
qurg‘oqchilikdan omon qolgan don ekinlari namgarchilikdan nobud bo‘ldi. Yer sharining boshqa joylarida ham ob-
havoga bog‘liq tabiat hodisalari ro‘y berdi. Masalan, Braziliyada to ‘rt oy davom etgan qurg‘oqchilikdan so‘ng
to‘satdan qor yog‘di. Qizig‘i shundaki, braziliyaliklaming ko‘pchiligi umrida qor ko‘rmagan, chunki bu o‘lkada deyarli
qor yog‘maydi. Argentinaning ayrim joylarida havoning harorati —7°C gacha pasayib ketdi. Afrikada Sahroi
Kabirning janubida joylashgan mamlakatlar qurg‘oqchilik dastidan katta zarar ko‘rsa, subtropik o‘lkalar
toshqiniardan ozor chekdi. Ob-havoning bu qadar katta ko'lamdagi ofatlarni keltirib chiqarajagini hatto
meteorologlar ham oldindan bilolmadilar. Ular XX asr mobaynida yer sharida iqlim shu tarzda uch marta keskin
o‘zgarganligini qayd qilganlar, xolos. Iqlimning dastlabki o ‘zgarishi 1920-yilda sodir bo‘lgan, shu vaqtda Arktikada
iqlim birdaniga ilib ketgan. 1940-yillardan boshlab shimoliy yarimsharda iqlim yana soviy boshlaydi, keyin tag‘in
biroz isiydi. 1969 va 1976-yillarda 0 ‘zbekistonda qish ancha sovuq keldi, 1977-yil bahorida yog‘ingarchilik kam
bo‘ldi. Keyingi yillardagi ob-havo o‘zgarishlariga qarab iqlim keskin o ‘zgarmoqda desa bo‘ladimi? Bu shunchaki,
oddiy masala ham emas, shu bilan birga bekorchi gap ham emas. Iqlim qadimdan o ‘zgarib kelmoqda, iqlimning
o‘zgarishi davriy xarakterga ega. 0 ‘tgan million yillar mobaynida shimoliy yarimsharda bir necha muzlanish davri
kuzatilgan. Muzlanish davrida Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning katta qismlari qalin muz qatlami bilan
qoplangan. Muzlanish davrlari almashinib turadi. Bir muzlanish davridan ikkinchi muzlanish davrigacha taxminan
10—12 ming yil vaqt o‘tadi. Juda uzoq davom etadigan bu oraliq davrda ham nisbatan qisqa vaqt iqlim o‘zgarishlari
ro‘y beradi. Masalan, 1600—1850-yillar oralig‘ida undan keyingi yillardagiga nisbatan iqlim sovuqroq bo‘lgan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, XX asming birinchi yarmida Arktika ancha ilidi. 1940-yillardan to 1972-yilgacha iqlim
yana sovigan. Hozir yer sharining ayrim joylarida iqlim ilimoqda. Ob-havodagi bunday o‘zgarishlarga asosiy sabab
Quyosh faoliyatidagi tebranishlardir.
Uyga vazifa : Mavzuni o'qib test krassvordlar tuzib kelish
22 Mmashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
CH O ‗LDAGI KUY YA SAMUM
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Choidagi eng dahshatli va mudhish hodisa — samum deb ataluvchi shamoldir. Bu shamol esganda cho‘1 bamisoli
kuylaydi. Havoga ko‘tarilgan chang-to‘zon Quyoshni to ‘sib qo‘yadi, havo juda ogirlashadi, nihoyat darajada qizib
ketadi, kishining nafas olishi qiyinlashadi. Rus sayyohi A.V. Yeliseyev Sahroi Kabirda boigan samumni bunday
tasvirlaydi: «Karvonimiz uch kun yurgandan keyin с h o i xuddi tuman tushgandek qorongilasha boshladi. Y o i
boshlovchilar bir mudhish hodisani sezayotgandek, bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Nimagadir ko‘ngil g‘ash. Quyosh
qattiq qizdirar, havo diqqinafas, tevarak-atrofda sokinlik hukm surardi. Bir necha soatlab y o i yursak ham qizigan
qum dengizida hayot asari ko‘rinmadi. Tush paytida dam olish uchun to ‘xtadik va jazirama issiqdan qochib chodir
ichiga bekindik. Shu payt qizigan havoda qandaydir sirli ohang quloqlarga chalindi, ohang tobora zo‘rayib, goh
hamma tomondan eshitilayotgandek, goh osmondan kelib yer bag‘riga singib ketayotwww.ziyouz.com kutubxonasi
gandek tuyulardi. Y o i boshlovchilardan biri: «Qumning kuylashi yaxshilikka olib bormaydi. Qum kuylab shamolni
chaqiradi, shamol ketidan ajal keladi», deb qo‘ydi. Qum goh sho‘x, goh g‘amgin ohangdor kuylardi; jonsiz qumning
kuylayotganiga odamning ishongisi kelmasdi. To‘satdan kuy to'xtadi. Atrofni sukunat bosdi. Tuyalar ham dahshatli
shamol yaqinlashib kelayotganini sezgandek bezovtalana boshladi. Shamol turib, chodirimiz yaqinidagi baland qum
tepaligidan qumlarni sekin-asta uchirib, atrofdagi qum uyumlarini ham to ‘zg‘ita boshladi; havo xiralashdi, osmon
go‘yo yerga yaqinlashgandek ko‘rindi. Janub tomonni qizg‘ish changto'zon qoplab oldi. Shiddat bilan osmonga
ko‘tarilgan changto ‘zon bir necha minut o‘tar-o‘tmas Quyoshni to‘sib qo‘ydi. Qum bo‘ronining tezligi oshaverdi.
Havo juda dim boiib qoldi. Hatto tuyalar ham nafas olishga qiynalishardi. Tevarak-atrof qoramtir-qizgish to ‘zon
ichida qoldi. Shu on yana yigiga o‘xshash, g‘alati ovoz eshitila boshladi. Xullas, qum bo‘roni yer yuzidagi jamiki
mavjudotni sidirib olib ketgudek b o ia r edi. Biz qandaydir ofat yaqinlashib kelayotganini sezib, vahimaga tushdik,
buni samum deyishga tilimiz kelmas edi. Yaqinlashib kelayotgan mash’um samumni xuddi qismatimizni
kutayotgandek kutardik-u, ammo u bilan kurashishga ojiz edik. Qum kuylay boshlab, yarim soat o‘tgach, tabiatning
eng dahshatli hodisasi — samumning markazida qoldik. Endi, muloyim kuy to‘s-to‘poloni chiqayotgan qumlarning
shovqiniga aylandi. Bunday dahshatli shovqinni biron narsaga o‘xshatish qiyin. Samum tabiatda bo‘ladigan
hodisalarning atigi bittasidir
Uyga vazifa : Yangi mavzuni oqib mavzu boyicha malumot toplab kelish
23- Mmashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
QUYUNLAR
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
M o‗tadil kengliklarda ham kuchli dovullar bo‗lib turadi. Shimoliy Amerikada bo‗ladigan dovulni
«tornado» deb yuritishadi («tornado» ispancha so‗z bo‗lib, «uyurma» degan m a‘noni bildiradi). AQSH
dagi gazetalardan birida mana bunday satrlar bosilgan edi: «Biz bilan «tornado» orasidagi masofa tobora
qisqarib to‗rt-besh kilometr bo‗lib qolganda uning bir uchi yergacha yetib keldi, shu vaqt to‗satdan
shunday qattiq shovqin chiqdiki, oramizdagi eng dovyurak kishilar ham jonini hovuchlab qoldilar.
«Tornado» daryodan o ‗tib, eng chekkadagi bir uyning oldiga yetib keldi va bolaxonali bu uyni poydevori
bilan birga o‗ttiz besh metrcha nariga uloqtirib tashladi. Uning yonginasidagi yana bir uy ham shimoli
g‗arb tomon to‗rt-besh metr siljib, xuddi ichida bomba portlaganday, devorlari turli tarafga otildi.
«Tornado» uylarnigina emas, odamlarni ham uzoqqa uloqtirib tashladi, xizmatkor ikki qo‗lidan ajradi,
fermer devor tagida qolib halok bo‗ldi, uning sho‗rlik qizini quyun yetmish metrcha masofaga uchirib ketib
temir panjaraga urdi ...» (30- rasm). «Tornado» hatto avtomobillarni ham uchirib ketadi. Bunchalik
vayrongarchilikka sabab bo‗lgan «tomado»ning o ‗zi nima? Amerikada «tornado» deb ataladigan qattiq
shamolni bizda «quyun» deyishadi. Quyun yer yuzining hamma joyida quruqlikda ham, suvda ham, ba‘zi
joylarda tez-tez, ayrim joylarda kam sodir bo‗lib turadi. Dengiz quyunini o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan kishining
hikoyasi: «Ro‗paramizda ulkan tutun ustuni paydo bo‗ldi. Unga yaqinlashib qolganimizda kichikroq yana
bir ustun ko‗zga tashlandi. Ajabo, dengizda tutun nima qiladi?! Biz tutun deb o‗ylagan ustun bug‗ va suv
qatralaridan tarkib topgan ekan. Fil www.ziyouz.com kutubxonasi 30-pasm. Quyun. xartumini eslatuvchi
bu suv ustuni naq bulutga qadar bo‗y cho‗zgan — balandligi 350 metrcha kelardi». Tabiatda bunday
g‗aroyibotlarni vujudga keltiruvchi kuch — havo oqimlaridir. Havoning bunday harakatlanishiga sabab
nima? Dengiz, daryo va anhorlardagi girdobni har birimiz ko‗rganmiz. M a‘lumki, girdob to‗g‗onlar
atrofida, ko‗prik ustunlari, umuman, suv yoiidagi to‗siqlar oldida tez-tez hosil boiib turadi. Buning sababini
tushunish qiyin emas. Oqar suv to‗siqqa urilib orqasiga qaytganida orqadan «bostirib» kelayotgan suv
oqimi bilan to ‗qnashadi, natijada girgirakka o‗xshab aylana boshlaydi. Quyun vujudga kelishi uchun
Quyosh nurlari yer sathini qattiq qizitishi hamda havoning yonma-yon qatlamlari o‗rtasidagi harorat bilan
havo bosimi o‗rtasida katta tafovut boiishi kerak. Suv to ‗siqqa urilib girdob hosil qilganidek, yerdan ko‗-
tarilayotgan issiq havo oqimi ham sovuqroq havo oqimiga urilib aylana boshlaydi, buning natijasida
uyurma hosil boiib, shiddat bilan yuqori ko‗tariladi, yengilroq narsalami, ba‘zan esa imoratlarning tomini
ham «varrak qilib» uchirib ketadi. Quyunlar aksari hollarda elektr zaryadiga ega boiadi
Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib qo'shimcha ma'lumotlar to'plab kelish
24- Mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
DUNYODAGI ENG UZUN DARYO
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Ko‗pincha, Nil daryosi Viktoriya koiidan boshlanadi, deb hisoblaniladi. Bu — noto‗g‗ri fikr. Aniqrog‗i, Nil
daryosi Viktoriya ko‗lidan oqib o ‗tadi. Nil daryosi Viktoriya ko‗liga quyiladigan Kagera daryosidan
boshlanib 0 ‗rta yer dengizga quyiladi. Nil daryosining uzunligi 6671 kilometr. U yer sharidagi eng uzun
daryodir. Nil daryosining boshlanish joyida qayiqqa o‗tirgan kishi har kuni 100 kilometr y o i bosib o‗tsa,
daryoning deltasiga, Qohiraga ikki oydan keyingina yetib keladi. Nil daryosi suvidan, asosan, Misrning
shimolida yashovchi kishilargina bahramand bo‗ladilar. Eramizdan oldingi V asrda yashagan yunon olimi
Geradot «Misr Nilning sovg‗asidir» degan. Darvoqe, qadimgi madaniyat markazlaridan biri — Misr Nil
daryosi tufayligina vujudga kelgan. Har yili kuzda, ya‘ni oktabr-noyabr oylarida Nil daryosi 40 kun
toshadi. Toshqin paytida qishloqlarni suv bosmasligi uchun ular nisbatan balandroq joylarga qurilgan.
Toshqin vaqtida qishloqlardagi aholi bir-birlari bilan qayiqlar yordamida aloqa bogiaydi. Shunga qaramay,
Nil daryosining toshishidan aholi faqat xursand boiadi, chunki suv qancha ko‗p toshsa, ekin hosili shuncha
m o i boiadi. Suv qaytgandan keyin yerlarda unumli loyqa qatlami qoladi, dehqon (fallax)lar ekin ekishga
kirishadilar. Bahorda hosil yigishtirib olingandan keyin yerlar yoz bo‗yi yana qaqrab yotaveradi. Viktoriya
koiidan oqib chiquvchi daryo Viktoriya-Nil daryosi deyilib, Kioga koiiga quyiladi. Kioga koiidan oqib o
‗tgach 40—50 metrcha balandlikdan tushib Myorchison sharsharasini vujudga keltiradi, keyin Albert
koiiga quyiladi. N il daryosi. shara suvi pastga tushayotganda changdek mayda zarralarga bo‗linib ketadi,
bu suv zarralari quyosh nurida rang-barang tovlanib, chiroyli kamalak hosil qiladi. Albert ko‗lidan Albert-
Nil daryosi oqib chiqadi. Bu daryo tog‗lar orasidan o‗tib ostona va daralar hosil qilganligi uchun Bahril
Jabal, ya‘ni «Tog‗ daryosi» deb yuritiladi. Bahril Jabal daryosiga o‗ng tomondan Habashiston tog‗idan
Sobat daryosi kelib qo‗shilgandan keyin daryo Oq Nil—Bahril Abyod nomi bilan atala boshlaydi. Bahril
Abyod sohillarida kiyiklar, tuyaqushlar, fillar, begemot, hatto sher ham uchraydi. Yowoyi hayvonlar
ba‘zan qishloq, hatto shahar aholisini ham bezovta qilib turadi. Oq Nilning Tana ko‗lidan oqib chiqqan
Ko‗k Nil (Bahril Azrok) bilan qo‗shilishidan haqiqiy Nil daryosi hosil bo‗ladi. Xartum shahridan
Asvongacha Nil daryosi 6 ta ostona hosil qilib oqadi
Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib mavzu boyicha qo'shimcha ma'lumot to'plab kelish
25- mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
VIKTORIYA SHARSHARASI
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Tabiat yaratgan ajoyib m o‗jizalardan biri hisoblanuvchi Viktoriya sharsharasini 1855-yili sayyoh D.
Livingston kashf etgan. Zambezi daryosi bo‗ylab daraxtzorlar orasidan o‗tib borayotib, sayyoh, uzoqda
tutunga o‗xshash «bulutni» ko‗rib qolgan. Qalin o‗rmondagi daraxtlami ko‗p mashaqqatlar bilan oralab
«bulut»ga yaqinlashgan sari o‗sha tomondan eshitilayotwww.ziyouz.com kutubxonasi 38-rasm. Viktoriya
sharsharasi. gan g‗uvullash ovozi tobora balandlashaveradi. Nihoyat, sayyoh Zambezi daryosi yoqasiga
borib qoladi va ulkan daryoning to ‗satdan tik pastga tushayotganini ko‗radi. Sharsharaga yaqinlashgan
sayin daryoning eni kengayib borgan. 122 metr balanddan otilib tushayotgan suvning shovqini
momaqaldiroqning gumburlashini eslatadi. Suv tushgan joyda 60—90 metr balandlikka sachrayotgan suv
zarralari havoda muallaq turgan bulutga o‗xshab ko‗rinadi. Mahalliy aholi uni Mozi—oa— tunya, ya‘ni
«Guldurayotgan bug4» deb ataydi. Sekundiga o‗rta hisobda 1400 m3 suv tushadi. Viktoriyada kichikroq
GES qurilgan. Viktoriya va unga yondosh hududlarning tabiat manzaralari va noyob hayvonlarini
muhofaza qilish maqsadida Zembezi daryosining janubiy sohilida Viktoriya — Fols milliy parki tashkil
etilgan.
Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish
26- mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
QIZIL DENGIZ
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Qizil dengiz — Hind okeanining materiklar oralig‗idagi dengizdir. Afrika va Arabiston yarimoroli
oralig‗ida, Misr, Sudan, Eritreya, Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlari qirg‗oqlariga
tutash. Afrikadagi chollar oralig‗ida www.ziyouz.com kutubxonasi joylashganligi uchun ancha quruq.
Cho‗llardagi harorat dengiz suvini isitib yuboradi. Qizil dengiz suvining isib ketishiga yil davomida deyarli
tik tushib turadigan Quyosh nurlari ham sababchidir. Qizil dengizda kemada suzayotgan kishi jazirama
issiq dastidan ta‘zirini yeydi: Quyosh uzluksiz ravishda isitaverganidan kemaning metall palubasi tovaga
o‗xshab qizib ketadi, hatto botinkada ham oyoq kuyadi. Shuning uchun palubada qo‗lbola oyoq kiyimda —
oyoqqa «taxtakach» bog‗lab yurishga majbur bo‗lishadi, «taxtakach» dan issiq kam o‗tadi. Odatda
dengizlarda bo‗ladigan salqin, yoqimli va mayin shabada kemada suzuvchilarga orom bag‗ishlaydi. Lekin
Qizil dengizda bunday holni ko‗rmaysiz. Qizil dengiz yuzasidagi havo chidab bo‗lmas darajada issiq va
dim bo‗lib, nafas olganda o‗pkani bamisoli kuydiradi, badandan ter oqqani-oqqan, diqqinafas havo odamni
gangitib qo‗yadi. Kishi kech kirishini sabrsizlik bilan kuta boshlaydi. Kechasi harorat biroz pasaysada,
havo dimligicha qoladi. Ertalab qaralsa, kema palubasini «simob donalari»dek yirik-yirik suv tomchilari
qoplab olgan bo‗ladi, bu — issiq o‗lka shudringidir. Shunisi qiziqki, Qizil dengiz atrofida yil bo‗yi bir
tomchi yomg‗ir yog‗maydi, faqat shudring tushadi. Qizil dengizdan havoga yiliga bir necha metr qalinlikda
suv bug‗i ko'tariladi, bu dengiz Bobilmandob bo‗g‗ozi orqali Hind okeaniga tutashmaganda va bu bo‗g‗oz
orqali Hind okeanidan muttasil suv kirib turmaganda Qizil dengiz allaqachon qurib qolgan bo‗lur edi. Bu
dengizga nega Qizil dengiz deb nom berilgan? Qum bo‗ronlari vaqtida dengiz atrofidagi cho‗llardan
ko‗tarilgan qizg‗ish chang hammayoqni qoplab oladi. Shunday paytda dengiz dahshatli qizg‗ish tusga
kiradi. Suvda va sohil yaqinida qizg‗ish rang suvo‗tlari ko‗p bo‗lganligidan ham suv qip-qizil bo‗lib
ko‗rinadi. Dengizning nomi shundan kelib chiqqan bo‗lishi ehtimoldan uzoq emas. Dengiz suvi haddan
tashqari tiniq, dengiz tubida maijonlardan tashkil topgan gulzor-xiyobonlar, turli-tuman suvo ‗tlari, dengiz
bulutlari ko‗rinib turadi. Tinch havoda, ertalab ular, ayniqsa, go‗zal va maftunkor manzara kasb etadi.
Afsonaviy rang-barang ko‗rinishdagi, xilma-xil shakldagi marjonlardan, nilufar, dengiz qo‗qongulidan,
ular orasida sayr qilib yurgan ajoyib tilla baliqlardan ko‗z uzolmaysiz. Dengiz osti dunyosining go‗zalligi,
rang-barang ochilib turishi gulzorlamikidan qolishmaydi. Dengiz osti dunyosi tunda o ‗ziga xos i afsonaviy
go‗zallik kasb etadi: suvo‗tlari, dengiz gullari, suvosti jonivorlarining kichigidan tortib kattasigacha
allaqanday nur chiqarib dengiz ostini yoritib turadi.
Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib o'tilganlar bo'yicha test va krassvordlar tuzib kelish
26 mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
0 ‗LIK DENGIZ
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Uzunligi 76, eni 10—15 kilometr keladigan bu ко in i ko‗rgan kishi hayron qoladi. Axir, suv — hayot
manbayi, suv bor joyda hayot farovon deymiz. Uning qirg‗oqlarida na bir giyoh va na bir parranda bor.
Hatto, suvida birorta baliq zoti uchramaydi. Suvi shu qadar sho‗rki, yuz yuvsangiz sal o ‗tmay betingiz
oppoq tuzga bo‗yaladi, cho‗milmoqchi boisangiz — harakatingiz zoye ketadi — suvga kirolmaysiz,
oyogingiz botmay, bamisoli pufakdek qalqib yurasiz. Uning bir litr suvida 250—300 gramm tuz boigani
sababli suvi juda ogir, hayotdan mahrum. Tevarak-atrofi toshloq cho‗1 va jazirama issiq boiganidan, k o i
suvi tez bugianadi. Iordan daryosidan kelayotgan suv bu koining asosiy manbayidir. Uni arablar «Bahri
lut», ya‘ni «O iik dengiz» deb atashadi. Ushbu k o i hayotdan mahrum boisa-da, ikki xususiyati bilan
mashhurdir. Birinchisi shuki, o iik dengiz dunyodagi eng chuqur havzalardan biri. U G ‗arbiy Osiyodagi
yer yorigida o ‗mashgan boiib, suvining sathi 0 ‗rta yer dengiz yuzasidan 392 metr pastda, suvining tubi
esa yana 356 metr chuqur. Binobarin, O iik de-ngiz tubi okean sathidan 748 metr pastlikdadir. Dengiz
suvida bir necha o‗n milliard tonna xilma-xil mineral tuzlar, jumladan kaliy, magniy, natriy xlorid,
bromning mavjudligi dengizning ikkinchi xususiyatidir. Bu tuzlar ximiya, meditsina va harbiy sanoat
uchun xomashyo manbayidir. Mazkur dengiz tuzini tevarakdagi bir qancha ximiya zavodlari qabul qiladi.
Demak, nomi «oiik» boisa ham, dengiz foydasi «tirik»
Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish
27- mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
SUNAMI
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Kuchli zilzilalar paytida dengiz tubi to ‗satdan koiarilishi yoki pasayishi mumkin. Okean tubining to‗satdan
qattiq silkinishi, larzaga kelishidan kuchli, bahaybat tolqinlar vujudga keladi. Tabiatdagi bu hodisa Sunami
deb ataladi. Sunami qirg‗oqdan uzoqda, okean o ‗rtasida suzayotgan kemalarga xavf tug‗dirmaydi, ammo
sohilga yaqinlashgan sari tolqinning balandligi ortib, dahshatli, yemiruvchi kuchga aylanadi. Sunami
soatiga 400 dan 800 kilometrgacha tezlikda tarqaladi. Sunami tolqinlari qirg‗og‗idagi qoyalar va tor
joylarda 15 metrdan 30 metrgacha balandlikka kolariladi. Sunami katta talofat keltiradi. Sunamining 85
foizi Tinch okean sohillariga to ‗g‗ri keladi. 1883-yilda Krakatau vulqoni otilgan vaqtda hosil boigan
sunami 30—40 metr balandlikka kolarilib, Yava orolining qirg‗og‗iga yopirilgan va 36 ming kishining
yostigini quritgan. 104 www.ziyouz.com kutubxonasi 1896-yili Yaponiyaning Xonsyu oroli sohiliga
yopirilib kelgan sunami toiqinlarining balandligi 30 metrga yetgan, to iq in 10000 uyni yuvib ketgan,
27000 odam qurbon bo‗lgan. 1960-yil may oyi oxirida Chilida ro‗y bergan zilzila vaqtida ham dengiz
tubining relyefi o‗zgardi va kuchli sunami vujudga keldi. Sunami Chili sohilida yashovchi yuzlab kishini
okeanga oqizib olib ketdi. Sunami toiqinlari reaktiv samolyot tezligida harakatlanib Kaliforniyaga, Gavay
orollariga, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Filippin, Yapon va Kuril orollariga, shuningdek, Kamchatka
sohillariga borib urildi. T oiqin Yangi Zelandiya sohillaridagi kemalarni ag‗dardi, Filippin sohillaridagi bir
necha shahar suv ostida qoldi. 24-may kuni 10 metr balandlikdagi to iq in Chilidan 1500 kilometr uzoqda
joylashgan Yaponiya qirg‗oqlariga kelib uril39-rasm. Sunami. 105 www.ziyouz.com kutubxonasi di,
natijada 36 ming uy suv ostida qoldi. Baliq ovlaydigan 900 ta kema ag‗darildi, yuzlab odam halok bo‗ldi.
Hozirgi vaqtda sunami to‗lqinlarining qayerga, qay vaqtda yetib borishini oldindan aytib berish yo‗llari
topildi. Masalan, 1960-yili 24-mayda Rossiya mutaxassislari Kuril orollari va Kamchatka sohiliga sunami
to‗lqinlari yetib kelajagini 20 minut oldin aytib berdilar. Shu 20 minut ichida sohildagi aholi bexatar joyga
ko‗chirildi. Kishilar o‗sha joydan turib tabiatdagi bu dahshatli hodisaning guvohi boMdilar.
Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish
28- mashg‘ulot Sana ____________
Mavzu:
SOS NIMA?
Mashg‘ulot maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-
o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O‘tgan mashg‘ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
Okeanlarda suzib yurgan kemalaming radiostansiyalari har soatning 15-minutidan 18-minutigacha va 45-
minutidan 48- minutigacha taqa-taq jim bo‗Ub, radist diqqat bilan quloq solib turadi. Shunday kelishilgan.
Kemaning ayvonlarini alanga olsa, to‗lqin kema darchalarini sindirsa, machta va narvonlami ag‗darsa,
hujjatlami suv bosib, motorlami to‗xtatsa, oqibatda kishilar xavf ostida qolib, hech najot bo‗lmasa —
havoga SOS signali yuboriladi. Radioda uch nuqta-uch tire-uch nuqta eshitilsa, demak: Qayerdadir kema
g‗arq bo‗lmoqda! Kishilar xavf ostida! Tez yordam bering! Yaqin oradagi kema qaysi davlatniki
bo‗lishidan va qayerga ketayotganidan qat‘i nazar, halokatga uchragan kemaga, albatta, yordamga
oshiqishi kerak. SOS signali ana shunday xalqaro va najot chaqirig‗idir. Sobiq sho‗ro davlati kemalarining
uzoq-uzoq dengizlarda chet el kemalariga, baliqchi va to‗satdan betob bo‗lib qolgan dengizchilarga bergan
beg‗araz yordamlari haqidagi xabarlar gazetalarda tez-tez yozib turilardi. Masalan, 1976-yil dekabrida
Qizil dengizda sodir bo‗lgan fojia va dengizchilaming jasoratini eslab ko‗raylik. Yuk tashuvchi kema
«Lenino» shimol tomon suzib borardi. To‗satdan 21 gradus shimoliy kenglik va 38 gradus sharqiy
uzunlikda SOS xabari olindi — «Patna» nomli Misr kemasiga o‗t tushibdi! Aksiga, «Lenino» omborida 33
ming tonna neft bor, alangaga yaqinlashish juda xavfli. Biroq dengiz qoidasi shunday, qolaversa,
«Patna»da yuzlab odamlar taqdiri hal boiyapti! G ‘arq bo‗layotgan kemaga befarqlik dengizchilarga xos
emas! «Lenino» darhol yo‗lni o‗zgartirib tutun va alanga og‗ushida qolgan «Patna»ga yaqinlashdi. Kemani
ko‗rgan jafokashlar o ‗zlarini suvga tashlab, yolvorib qutqaruv qayiqlarga tirmashar, holdan toyib, cho‗kib
ketayotganlami matroslar tortib olishardi. Behush qolgan, suvga bo‗kkan, vahimadan esi og‗ganlar bo‗ldi.
Matroslar, kema vrachi, restoran xodimlari tun-u kun jonbozlik qildilar. Jami 209 kishi xalos etildi. SOS
signali ko‗plami qutqarib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |