22 Mashg'ulot
Mavzu:
Afrika. Geografik o`rni va o`rganilish tarixi.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy:
O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b)
Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi:
Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Hammayoq cho‗l-u biyobon. Goho sarg‗ish va upaday yengil qumlardan, goho nuragan kulrang toshloqdan
o‗tasiz. G‗uborli osmon, jazirama issiq. Na suv, na ko‗kat bor. Bu—Afrikaning cho‗l qismi, u qit‘a
hududining 4/5 qismini egallagan...
Qalin tropik o‗rmon, uning orasida faqat bolta bilan yo‗l ochib yurish mumkin. Daraxtlar, butalar,
chirmoviqlar;
qalin va sernam yaproqlar; nihoyatda rang-barang va xushbo‗y gullar; qushlari gulga,
kapalaklari qushga o‗xshaydi. Yorug‗lik kam tushganidan bu yerda hamisha g‗ira-shira va namgarchilik.
Chirildoqlar
galasi bor ovozda chirillaydi, yirtqich hayvonlarning na‘rasi va maymunlarning chiyillashi
eshitilib turadi. Bu yerda ko‗katlar yil bo‗yi barq urib o‗sadi. Bu ham Afrika.
Dasht desangiz dasht emas. O‗t bosgan tekislikda qizg‗ish va qo‗ng‗ir qoyatoshlar,
ular betini yumshoq
chim qoplagan. Uzoqda jingalak chakalakzorlar ko‗rinadi, yaqinroq kelib qarasangiz — chakalakzorlar
emas, balki past bo‗yli ulkan baobab daraxti ekan. Bu — Afrika savannasining manzarasi.
Afrikada
savanna bilan cho‗llar jami maydonning 80%ini egallagan.
Afrika — Yer yuzasidagi oltita materikdan biri. Kattaligi jihatidan Yevrosiyodan keyin ikkinchi o‗rinda
turadi. Maydoni orollari bilan birga 30,3 million kvadrat kilometr.
Afrikaning ko‗p qismi tropik kengliklarda joylashgan. Afrika shimoldan janubga tomon
Dostları ilə paylaş: