8 ming kilometrga cho„zilgan . G‗arbiy sohilidan sharqiy sohiligacha bo‗lgan masofa sal kamroq. Afrikani ikki
okean — Atlantika va Hind okeanlari, ikki dengiz —
O„rta va Qizil dengizlar o‗rab turadi. Unda
Nil, Niger, Kongo, Zambezi, Oranj, Limpopo kabi yirik daryolar oqadi. Afrikada
Chad, Viktoriya, Nyasa, Tanganika kabi katta ko‗llar ham bor. Afrikaning qirg‗oqlari ancha tekis. Eng katta yarim oroli — Somali,
eng yirik qo‗ltig‗i — Gvineya.
Dengiz sathidan o„rtacha balandligi 750 metr . Eng baland joyi —
Kilimanjaro vulkani (5895 metr), u Afrikaning eng baland joyi hisoblanadi.
Afrikada ekvatorial iqlimli zonasidan shimol va janubga tomon subekvatorial, tropik va subekvatorial iqlim
zonalari joylashgan. Yozda o‗rtacha temperatura 30° gacha, yilning salqin mavsumida esa 25° issiq
bo‗ladi, faqat tog‗lardagina temperatura 0° gacha tushadi.
Afrika yeri konlarga boy. Sahroi Kabirning g‗arbiy va shimoliy qismida fosf
oritlar, neft, tabiiy gaz zaxiralari topilgan. Afrika markazidagi Kongo havzasida mashhur mis konlari va uran shaxtalari bor.
Janubi kobalt, berill, litiy, oltin va olmosga boy.
Kokos va moyli palma mevalari, qimmatbaho qizil va qora daraxtlar, po‗kak va kauchuk daraxtlari —
bularning hammasi Afrika sahiy tabiatining insonga in‘omidir. Afrikaning unumdor yerida kakao, kofe,
banan, ananas, apelsin, mango yetishtiriladi.
Afrikada noyob yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, begemot, zebra, kiyik, arslon, gepard, leopard
kabilarni saqlab qolish uchun qo‗riqxonalar tashkil etilgan. Chaqadigan setse pashshasi odamlarga va
chorvachilikka ancha zarar keltiradi.
Afrika xalqlari mehnatsevar, yerlari unumdor va tabiati boy. Bu odamlarga baxt keltirishi lozim edi, biroq
aksi bo‗ldi. Bunga mustamlakachilar sababchidir. 15-asrda dengiz sayyohlarining izidan u yerga savdogar,
tablig‗ (missioner)lar va qalloblar galasi yopirildi. Butun materikni tarixda misli ko‗rilmagan talon-taroj
qilish boshlandi.
Afrikaga mustamlakachilar kelguncha u yerda yirik davlatlar bo‗lgan, san‘at va hunarmandchilik
rivojlangan. Mustamlakachilar mag‗rur va iste‘dodli xalqlarni bo‗ysundirdilar. Kelgindilar afrikaliklarning
kuchidan foydalanib, o‗zlari uchun shaharlar va yo‗llar, shaxta va dengiz portlari qurdilar, bu yerning
tabiiy boyliklarini o‗z mamlakatlariga tashib ketdilar. Ammo Afrika xalqlari bosqinchilarga qarshi kurashni
to‗xtat-madi va, nihoyat, ozodlik kunlariga yetib keldi — endi-likda deyarli butun Afrika mustaqillikka
erishgan. Hozir Afrika materigi va unga yondosh orollarda 53 ta davlat bor. Aholisi 700 millionga yaqin.
Afrikaning ko‗pgina rivojlanayotgan yosh davlatlari yangicha hayot barpo etishga kirishdi.
Afrika Yer yuzida eng qadimgi madaniyat markazlaridan biri. Bundan 4 — 5 ming yillar avval barpo
etilgan Misr ehromlari buning dalilidir.