N mavzu va mashg‟ulot nomlari Soati Tahminiy vaqti O‟tkazish muddati



Yüklə 10,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/34
tarix27.08.2023
ölçüsü10,78 Mb.
#128769
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

 

 
 
 
 Uyga vazifa:
Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish.testkrassvordlar tuzib kelish 


 27-mashg'ulot.
Mavzu:
Shimoliy Amerika. Geografik o`rni, o`rganilish tarixi, geologik tuzilishi

foydali 
qazilmalari. Relefi. 

I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy:
O'quvchilarga mavzu bo'yicha ma'lumot berish _
 b)
Tarbiyaviy
: O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish 
s) rivojlantiruvchi: 
Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish 
 
 II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Dunyoda eng katta oroli bor materik. (grenlandiya 2,2 mln km.kv), eng katta arxipelag shu materikda(Kanada 
arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g`ori (Flint- Mamont, 
500 km), eng go`zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara bir yilda 10 mln sayyoh keladi) eng baland suv qalqishi 
bo`ladi (Fandi qo`ltig`I, 18 m) eng uzun vodiy muzligi bor (Alyaskada, 145 km). shimoliy Amerika G`arbiy va 
Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. Materikning shakli Janubiy Amerika sinhari uchburchakni eslatadi. Kattaligi 
jihatidan uchinchi o`rinda turadi. Materik qirg`oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo`yni orqali 
(eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilantutashgan Yevrosiyodan bering bo`g`izi (kengligi 85 km) orqali ajralib 
turadi. Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma`lum bo`lgan. X 
asrning oxirida Norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli- sharqiy qismini o`rgandi. Jon 
Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg`oqlarini kashf etdi. XVII asrda G. Gudzon, A. Makenzi va 
boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o`rganishdi. XX asr boshida R. Amundsen birinchi bo`1ib 
materikning shimoliy qirg`oqlari bo`ylab suzib o`tdi va Shimoliy magnit qutbining geografik o`rnini aniqladi. 1732- 
yilda rus sayyohlaridan I. Fyodorov va M. Gvozdev materikning shimoli-g`arbiy sohillarini o`rgandi. Aleut orollari 
va Alyaska sohillarini o`rganish va xaritaga tushirish ishlarini V. Bering, A. Chirikovlar bajarishdi (1741-yil). savdo 
sotiq ishlarini yo`lga qo`yishda G. Shelexovning xizmatlari katta bo`ldi. O`sha paytda Shimoli-g`arbiy Amerikani 
Alyaska deb atashgan. U 1798-yilda ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan ―Rus Amerikasi‖ nomi bilan 
boshlangan. 186yilda Alyaska AQSHga sotib yuborilgan. Shimoliy Amerika bilan Yevosiyo qadimgi Lavraziya 
quruqligining tarkibiy qismi bo`lgan Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika Yevrosiyodan ajralgan. 
So`nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofaga uzoqlashgan. Tog`lar 
(Kordilyera, Qoyali tog`lar, Appalachi) kaledon,gersin, mezozoy tog` burmalanishlaridan ko`tarilgan. G`arbiy tog`li 
mintaqada halokatli zilzilalar bo`lib, vulkanlar otilib turadi. Shimoliy Amerika foydali qazilmalarga boy. Magmatik 
va metaforik jinslardan tuzilgan tog` va yassi tog`liklarda temir, uran, mis, nikel, oltin, kumush konlari bor. 
Allapachi tog`larida rudali qazilmalarga boy. Cho`kindi tog` jinsi qatlamlarida neft, gaz, ko`mir, tuz kabi qazilmalar 
tarkib topgan. Shimoliy Amerika relief tuzilishiga ko`ra ikki qismga: tekislik va tog`lik qismlarga bo`lish mumkin. 
Tog`li qismidagi Kordilyera tizimining Qoyali tog`lar asosiy tog` tizimlaridir. Qoyali tog`lar Kordilyera tizimining 
suvayirg`ich qismi bo`1ib, unda Elbert (4399 m), Lange-Pik (4345 m), Gannet-Pik (4202m) va boshqa cho`qqilar 
ko`p uchraydi. Materikning eng katta nuqtasi Makkinli cho`qqisi (6194 m), eng past nuqtasi Ajal vodiysi (- 86 m) 
ham tog` mintaqasida joylashgan. Katta Havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado daryosi kesib 
o`tadi. U dunyodagi eng chuqur (2 km ga yaqin) vat or- dara Katta kanyonni hisol qiladi
.

Yüklə 10,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin