7.5. Fe’llarning yasalishi
Fe’llar, asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.
1-§. Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan fe’l bo‘lmagan so‘zlarga maxsus yasovchi qo‘shimchalar qo‘shib fe’llar yasaladi. Fe’l yasovchi affikslar cheklangan bo‘lishiga qaramay, ular vositasida yasalgan fe’llar
anchagina miqdorni tashkil etadi:
-la. Bu affiks quyidagi so‘zlardan fe’l yasaydi:1) otdan: qatiqla, gulla, metrla; 2) sifatdan: oqla, yaxshila, tozala;3) olmoshlardan: senla, sizla; 4) ravishdan: tezla, sekinla; 5) taqlid so‘zdan: taqqilla, gursilla; 6) undovlardan: ohla, dodla.
- a. Ot, sifat va taqlid so‘zlardan: sana, osha, ata (ot+a), yasha (yosh+a), qiyna, shildira, yaltira.
-y\-ay. Ot, sifat va ravishdan: kuchay, qoray, toray, sarg‘ay, pasay, susay, ko‘pay, ozay.
-r\-ar. Faqat sifatlardan fe’l yasaydi: qizar, oqar, ko‘kar, eskir.
-ik\- iq. Ba’zi ot, sifat, son, ravish va undov so‘zlardangina fe’l yasaydi: yo‘liq, zo‘riq, birik, hayiq.
-ir\-ur. Ot va undov so‘zlardan: gapir, tupur.
-sira. Ot va olmoshlardan yasaydi: suvsira, qonsira, sensira, sizsira.
-i. Ot va sifatdan fe’llar yasaydi: changi,boyi, tinchi.
- illa. Taqlid so‘zlardan: taqilla, shig‘illa, miltilla.
-lan. Ot, sifat va ikki sonidan yasaydi: ovqatlan, jonlan, sergaklan, shodlan, ikkilan.
-lash. ot, sifat va bir sonidan: gaplash, birlash, qiyinlash, do‘stlash.
-t\-it. Sifatdan kamsonli fe’l yasaydi: to‘lat, berkit.
Shuningdek, fe’l yasovchi - qir undov so‘zlardan: hayqir, - sa,- ka ba’zi otlardan: suvsa, iska fe’l yasaydi. Biroq fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan fe’ldan fe’l yasalmaydi.
Dostları ilə paylaş: |