- lab: ot, sifat, son kabi turkum so‘zlardan ravish yasaydi: oylab, bo‘g‘inlab, yaxshilab, ko‘plab, bittalab, botmonlab.
- ona: ba’zi bir ot, sifatlarga qo‘shilib ravish yasaydi: fidokorona, ojizona, mardona, xolisona, faqirona.
- an: otlardan ravish yasaydi: majburan, qisman, tamoman, tasodifan.
- siz, be: ot va fe’lning harakat nomi shakllaridan ravish yasaydi: to‘xtovsiz, beto‘xtov, ruxsatsiz, beruxsat, tinimsiz, betinim. Bu affikslar bevaqt, begumon kabi o‘zaklar asosida yasalganda ma’nodoshlikka ega bo‘lmaydi.
Bulardan tashqari , -n \- in: ertan , kechin ; - incha : ko‘pincha ; -
ligicha: tirikligicha, butunligicha; -lay \- layin: butunlay, tiriklayin; -day (dek) qushday (uchmoq) toshday (irg‘itmoq) kabi yasovchi affikslar bilan ham ravishlar yasaladi.
2-§. Kompozitsiya usuli. Bu usul bilan turli turkumga mansub so‘zlarning qo‘shilishi yoki juftlanishi, takrorlanishi orqali ravishlar yasaladi. Qo‘shma ravishlarning yasalishida quyidagi so‘zlar faol ishtirok etadi: 1) u, bu, shu, o‘sha kabi ko‘rsatish olmoshlaridan so‘ng o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi yer, yoq, ora, o‘rta so‘zlarini keltirish orqali: u yerga, shu yerdan, o‘sha yoqdan, bu orada, shu o‘rtada kabi; 2) bir so‘zining bosh yoki o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanishi orqali: bir oz, bir talay, bir vaqt, bir yo‘la, bir onda, bir zumga, bir boshdan, bir chekkadan, bir talay kabi; 3) har belgilash olmoshiga bosh va o‘rin-payt, jo‘nalish kelishigidagi so‘zlarni qo‘shish orqali: har yoqqa, har yerda, har tomon, har onda, har lahzada, har qayerda, har safar kabi.
Turli turkumlarga mansub so‘zlarning juft va takror holda qo‘llani-shi asosida ham ravishlar yasaladi. Bunda quyidagi turkum so‘zlarining juft va takror holda qo‘llanishi kuzatiladi: 1) ot+ot: qator-qator, yildan-yilga, tun-kun, navbatma-navbat, qadam-baqadam; 2) sifat+sifat: eson-omon, pishiq-pishiq, ochiqdan-ochiq, uzindan-uzoq, zo‘r-bazo‘r; 3) fe’l+fe’l: uzil-kesil, ag‘dar-to‘ntar, olmoq-solmoq, bilinar-bilinmas, qo‘yarda-qo‘ymay, turib-turib, ozib-yozib, qayta-qayta; 4) ravish+ ravish: nari-beri, oldinma-keyin, birin-ketin, unda-bunda, hali-beri; 5) olmosh+olmosh: o‘zidan-o‘zi, o‘z-o‘zidan, o‘z-o‘zicha; 6) aralash holda: ochiq-oydin, to‘la-to‘kis, vaqt-bevaqt, chor-nochor; 7) yordamchi so‘zlar ishtirokida: apil-tapil, taqa-taq, shartta-shartta.
Dostları ilə paylaş: |