N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə147/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250
3-§. Qarashlilik shakli ot yoki olmoshlarga –niki affiksini qo‘shish bilan yasaladi. Bu affiks o‘zakka qo‘shilib, narsaning asosdan anglashilgan shaxs yoki narsaga qarashli ekanligini bildiradi: akamniki, do‘stingniki, ko‘chaniki, maktabniki kabi. Men, sen olmoshlariga qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi n undoshi tushiriladi: men+iki, sen+iki. Qarashlilik shaklidagi ot mazmunan egalik affiksini olgan otlarga sinonim bo‘ladi.
9.6. Otlarning tuzilish turlari

Otlar tuzilishiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi: 1) sodda otlar, 2) qo‘shma otlar, 3) juft otlar, 4) qiqartma otlar.



1-§.Sodda ot. Bitta o‘zak morfemadan tashkil topgan ot sodda ot deyiladi. Sodda otning tub va yasama turi mavjud. 1) otning yasovchi affikslarga ega bo‘lmagan mustaqil lug‘aviy ma’noli qismi sodda tub ot deyiladi. Tub otlar tarkibida shakl yasovchi yoki so‘z o‘zgartuvchi affikslar qo‘llanishi ham mumkin: quyosh, dala, qush, kitob, quyoshdan, qushchalar, daladan, kitobning; 2) so‘zning mustaqil lug‘aviy ma’noli qismiga ot yasovchi affikslar qo‘shilishi bilan yasalgan shakli sodda yasama ot deyiladi. Sodda yasama otlar ichki va tashqi yasovchi affiks-lar asosida shakllanadi. Masalan: zamon+dosh, mehnat+kash, osh+paz, til+shunos kabilar ichki yasalish asosida; o‘ra+m, tutat+qi, isit+ma kabilar esa tashqi yasalish asosida vujudga kelgan yasama otlardir.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin