5-§. Qisqartma otlar. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yasalgan otlardir. Qisqartma otlar nutqning ixchamligini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir. Masalan: BMT, OAK(Oliy Attestatsiya komissiyasi), O‘zteleradio kompaniyasi, O‘z-dunrobita. Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtiril-gan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO, Koskom kabilar shular jumlasidandir.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ot va otning ma’no turlari xususida ma’lumot bering.
Otlar qanday grammatik kategoriyalarga ega?
Egalik kategoriyasi va u ifodalaydigan grammatik ma’nolar xususida nimalar bilasiz?
Egalik affikslari sinonimligi, omonimligi haqida ma’lumot to‘plang.
Kelishik va son kategoriyasiga xos grammatik ma’nolar haqida ma’lumot Bering.
Kelishiklar sinonimiyasi xususida nimalar bilasiz?
Otlarga xos nokategorial shakllarni tavsiflang.
Otning tuzulishiga ko‘ra turlarini jadval asosida yoriting.