N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə172/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250
ZARURIY ADABIYOTLAR

  1. Ш. Шоабдураќмонов, М.Асљарова, А.Ќожиев, И.Расулов, Х.Дониёров Ќозирги њзбек адабий тили. 1-љисм .Т., «Њљитувчи» 1980.

  2. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Раќматуллаев Ќозирги њзбек адабий тили. Т., «Њљитувчи» 1992.

  3. Њзбек тили грамматикаси. 1-том. Т., «Фан» 1975.

  4. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Њзбек тили. Т., «Њљитувчи» 1978.


12 MA’RUZA

Olmosh so‘z turkumi

1-§. Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini bildirmay, ular o‘rnida almashib keladigan, ularning mavjudligiga ishora qiladigan so‘zlardir. Masalan: men-shaxsga, nima-narsaga, shu, bu, o‘sha-belgiga, qancha, shuncha olmoshlari esa miqdor-ga ishora qilishi bilan o‘zaro farqlanadi. Olmoshlar aniq ma’no bilan mavhum ma’noning almashinib qo‘llanishini ta’minlaydigan so‘zlardir. Ularning qanday ma’noda qo‘llangani matnda ishtirok etuvchi til birlik-larining munosabatiga qarab oydinlashadi. Masalan: Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin, gapidagi shunday olmoshi narsa belgisini boshqasiga taqqoslab ko‘rsatish uchun xizmat qilgan. Biroq, ba’zi olmoshlar, xususan, kim, men, sen, qanday olmoshlarini ot yoki sifat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar mustaqil so‘zlarning doimiy muqobili sifatida nutqning ixchamligi, qisqaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi:

1. Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimi-ga ega emas. Ya’ni boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z yasalishi mumkin: manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. Shuningdek, olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: qayerda, ozmuncha, o‘zboshimcha.

3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: kimni, bizga, hech kimdan kabi. Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi.

4. Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: kimi, nimasi, hech kimim, hech nimam, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab - maqsadni aniqlash uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini olmaydi, ya’ni qachon+im, nega+m, men+im deb ishlatilmaydi; 3) u ko‘rsatish olmoshi va qaysi, necha kabi so‘roq olmoshlari egalik affiksini, asosan, otlashganda qabul qiladi: qaysisi, unisi, kabi.

5. Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. So‘roq olmoshiga -lar affiksi qo‘shilsa quyidagicha ma’nolar hosil bo‘ladi: a) taxmin ifodalaydi: Soat nechalar bo‘ldi?; b) ma’no kuchaytiriladi: Qanchalar qiynaldim! d) "qadim","ancha vaqt" ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir bu yerlarda hayot qaynagan edi.

6. Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) sifat vazifasidagi olmoshlar, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga bo‘linadi: 1) men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nima kabi ot vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Biz abadiy bahormiz, biz insoniyat kelajagimiz. Har kimning o‘z kasbi o‘ziga aziz. Qadrdan do‘stlarning uchrashuvi barchani o‘ziga jalb etdi; 2) qanday, qaysi, bu, shu, shunday, allaqanday, qandaydir, ba’zi kabi olmoshlar belgiga ishora qilib, gapda sifatlar singari ot oldida keladi va sifatlovchi aniqlovchi, hol, kesim vazifasini bajaradi: kecha savollarni bo‘lib olgan ba’zi bolalar o‘qituvchini quvonib kutib oldi; 3) Necha, nechanchi, qancha, har qancha, bir Necha kabi olmoshlar sonlar kabi miqdor ifodalaydi va gapda ot oldida kelib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Biroq, olmoshlar hech qachon o‘zidan avval aniqlovchi olmaydi:Ro‘yxatga nechanchi o‘rinda yozildingiz? ; 4) Nega, qalay, qani kabilar harakat belgisini ifodalaydi va gapda hol vazifasini bajaradi: nega o‘qimaysan, nega javob bermaysan? Gapir!

7. Olmoshlar ergashgan qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z sifatida ham ishtirok etadi: Kim ko‘p mehnat qilsa, u yaxshi yashaydi. Shuni unutmaslik kerakki, umidsizlik kishining hayotga bo‘lgan qiziqishini so‘ndiradi.

8.Olmoshlar ma’no xususiyatlariga ko‘ra 1) kishilik, 2) ko‘rsatish, 3) so‘roq, 4) o‘zlik, 5) belgilash, 6) bo‘lishsizlik,7) gumon kabi turlarga bo‘linadi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin