N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə174/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250
3-§. Ko‘rsatish olmoshi. Ko‘rsatish olmoshi shaxs, narsa yoki belgini ko‘rsatish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.Olmoshning bu turiga: u, bu, shu, usha, mana shu, ushbu kabi so‘zlar kiradi. Ko‘rsatish olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) sodda ko‘rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o‘sha; 2) qo‘shma ko‘rsatish olmoshlari: mana shu, ana shu, mana bu, anavi (ana u).

Ko‘rsatish olmoshlarini ular ishora qiladigan narsaning makon va zamonga munosabati nuqtai nazardan aniq va noaniq ma’noli ekanligi bilan farqlanadi: Aniq ma’noni ifodalovchi ko‘rsatish olmoshlari makon va zamonning yaqin-uzoqligini ifodalashiga ko‘ra ikki xil bo‘lishi mumkin. Masalan: a) shu olmoshi so‘zlovchiga masofa va vaqt jihatdan yaqin bo‘lgan voqea yoki narsani bildiradi: shu instiutda o‘qiyman (so‘zlovchi ko‘rsatib gapirayotgan institut yoki so‘zlovchi oldin shu haqda gapirgan, hozir eslayotgan institut); b) o‘sha olmoshi so‘zlovchidan nariroqdagi narsani yoki avvalroq bo‘lgan voqeani bildiradi: o‘sha (o‘sha kishini chaqiring).

Noaniq ma’noli ko‘rsatish olmoshlari noaniq narsa, notanish shaxs yoki voqealarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, bu olmoshi avvaldan ma’lum bo‘lmay, so‘zlash jarayonidagigina ma’lum bo‘lgan, so‘zlovchining yaqinidagi narsa yoki shaxsni ko‘rsatadi: Bu kitob hammani qizqtiradi. U olmoishi ham so‘zlash jarayonida ma’lum bo‘lgan, lekin so‘zlash vaqtida mavjud bo‘lmagan yoki so‘zlovchidan uzoqroqdagi narsani yoki voqeaini ko‘rsatadi: U vaqtlar mustaqillik haqida gapirib bo‘lmasdi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin