N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə182/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   250
6-§.Belgilash olmoshlari narsa va shaxslarning to‘dasini, jamini bildiradi yoki ularni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra ularni ikki kichik guruhga, ya’ni jamlash va belgilash olmoshlariga ajratish mumkin. Birinchi guruhga kiruvchi olmoshlar jamlikni ifodalasa, ikkikchi guruhga kiruvchi olmoshlar narsani qisman jamlash bilan birga ta’kidlab, belgilab, aniqlab ko‘rsatadi.

1.Jamlash olmoshlariga hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi so‘zlari kiradi. Bu olmoshlar narsa hamda shaxslar o‘rnida qo‘llanib, ot o‘rnida, narsa belgisini ko‘rsatib, sifat o‘rnida keladi va quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) ot vazifasida qo‘llanganda egalik va ko‘plik, kelishik qo‘shimchalarini oladi: Hammalari qotib-qotib kulishadi; 2) hamma, barcha, bari so‘zi shaxsga nisbatan ishlatilganda egalik affiksisiz kelishik qo‘shimchasini qabul qiladi. Narsaga nisbatan ishlatilganda esa, kelishik qo‘shimchasi egalik affiksidan so‘ng qo‘shilib keladi: Hammaga(barchaga) birdek; 3) bu olmoshlar narsa belgisini, jamini ko‘rsatib, sifat xarakterida bo‘ladi: Hamma daraxtlar ko‘karibdi. Barcha mehmonlar biznikida; 4) hamma olmoshi yoq, vaqt so‘zlari bilan birga qo‘llanib, o‘rin va paytga munosabatni ko‘rsatuvchi ravish yasaydi: Hamma vaqt yurtdan o‘zingizni chetga tortasiz-da, usta! (A.Q); 5) bari olmoshi ko‘pincha ot xarakterida qo‘llanib, narsa va shaxslarning yig‘indisini ifodalaydi, gapda otga xos vazifalarda keladi. Bu olmosh aslan «bor» («mavjud») ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lib, keyingi i tovushi egalik affiksidir. Bari so‘zining tarkibida III shaxs birlikni ifodalovchi egalik affiksi bo‘lganligi uchun, ko‘pincha qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z bilan birga ishlatiladi: Bularning bari bizning qishloqdan ekan. Bu olmoshda egalik affiksi ba’zan takrorlanib ham ishlatiladi: Odamlarning bar+i+si; 6) jam+i olmoshi tarkibidagi i tovushi asli III shaxs birlikdagi egalik affiksidir. Bu so‘z ham ko‘pincha qaratqich kelishigidagi so‘z bilan birga qo‘l-langanda, egalik affiksi takrorlanib keladi : Kelganlarning jami(si) 18 ta; 7) butun olmoshi but+kul va butun+lay shakllarida qo‘llan-ganda ravish o‘rnida ishlatilib, harakatning miqdoriga ko‘ra belgisini bil-diradi va gapda hol vazifasini bajaradi: U shaharga butunlay ko‘chib ketdi. Barcha tashvishlarni butkul esdan chiqarmoqchi edi. 8) yalpi so‘zi ham butun olmoshi kabi sifat xarakterida qo‘llanib, narsa yoki shaxslarni jamlab ko‘rsatadi: Yalpi ishchilar majlislar zaliga to‘planishdi. Yalpi so‘zi egalik affiksini olib, ot o‘rnida keladi: Qishloqdagi odamlarning yalpisi paxta terimi bilan band edi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin