5.Eksperimental fonetika. Nutq tovushlari maxsus asboblar yordamida texnik-tajribalar o‘tkazish orqali o‘rganiladi. Bunda har bir fonetik birlik haqidagi ma’lumot o‘zining aniqligi, obyektivligi bilan ajralib turadi.
Fonetikaning yuqorida sanab o‘tilgan turlari alohida-alohida tadqiq etilmaydi, balki ular uzviy aloqadorlik asosida tekshiriladi. Xususan, tarixiy fonetik tahlil asosida to‘plangan ma’lumotlar qiyosiy yoki tasviriy fonetik tahlil uchun ham qimmatli manba bo‘lishi mumkin. Tilning zamonaviy(sinxron) fonetik tarkibini tadqiq etishda esa, asosan, tasviriy fonetikaga tayaniladi.
Dostları ilə paylaş: |