14.2. Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari
Yasalish usuliga ko‘ra bunday fe’l shakllarning ikki turi mavjud: 1) sintetik shakllar; 2) analitik shakllar.
10-§. Sintetik shakllar harakatning turli modal ma’nolarini ifodalovchi affikslar asosida shakllanadi. Bular o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: a) harakatning takroriyligini, davomliligini ifodalovchi affikslar fe’lga –la, -kila (-gila, -rila, -qila) affikslarini qo‘shish orqali hosil qilinadi: ishqa – ishqala, sava – savala, turt – turtkila, cho‘z – chuzg‘ila, yugur – yugurgila, tort – tortqila, tep – tepkila kabi; b) harakatning kuchsiz darajasini ko‘rsatuvchi –(i)nqira, -(i)msira affikslari yordamida yasaladi: oqar - oqarinqira, qo‘rq - qo‘rqinqira, kul - kulimsira kabi.
Dostları ilə paylaş: |