2-§.Ravishlarning ma’no jihatdan turlari. Ravishlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo’lihadi: holat ravishi, payt ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi.
Holat ravishi harakat-holatning qaytarzda yuz berishi, qanday usul bilan bajarilishi kabi ma’nolarni bildiradi: bexosdan, tez(da), qo‘qisdan, sekin, astoydil, bekorga, piyoda, ketma-ket, arang, darhol, zimdan, bazur,qiyg‘os, zo‘rg‘a, birdan, boshqacha kabilar. Holat ravish-lari gapda asosan vaziyat holi vazifasida keladi: Zulfiya tabiat, turmush sinoviga mardonavor bardosh berdi. Shuningdek, holat ravishi otga boqlanib, aniqlovchi, kesim vazifasida kelishi ham mumkin: Jamiyat uchun yangicha ilm kerak. Auditoriya jimjit, hamma unga qarar edi. (P.Q)
Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini (vaqtini) bildiradi: bugun, erta(ga), kecha, endigina, kecha-kunduz, avval, hozir, doim, erta-indin, oldin, so‘ng, hali, hamon, dastlab, kunduzi, qishin-yozin, kuni bilan kabilar. Payt ravishlari gapda asosan payt holi vazifasida keladi: Dadasi va ayasi unga kechasi matal aytib berishar edi. (Sh. Sa’dulla.)
O‘rin ravishi harakat-holatning bajarilish, yo‘nalish, chiqish o‘rnini bildiradi: oldinda, olisda, yaqinda, yuqoriga, pastga, olisdan, yaqindan, unda-bunda, allaqayerda, allaqayerga, quyida kabilar. O‘rin ravishlari gapda o‘rin holi, ba’zan kesim vazifasida keladi: Bunda bulbul kitob o‘qiydi (H.O). Obodonchilik sohasidagi katta ishlar oldinda. (O.)
Maqsad ravishi harakatning bajarilish maqsadini, nima uchun bajarilnshini bildiradi: atay, ataylab, atayin, qastdan, jo‘rttaga, azza-bazza kabilar. Maqsad ravishi gapda maqsad holi vazifasida keladi: Nachora, buni jurttaga qiluvdik. (M.Ism.)
Xarakatning bajarilish maqsadi uchun, deb yordamchi so‘zlari va -gani affiksli ravishdosh yordamida aniq ifodalanadi (o‘qish uchun kelgan, yordamlashay deb keldim, o‘qigani keldi). Shu sababli o‘zbek tilida maqsad ifodalovchi ravishlar kamdir.
Dostları ilə paylaş: |