16.1. Ko‘makchilar
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshdan keyin kelib, ularni boshqa so‘zga (ko‘pincha fe’lga) grammatik jihatdan tobelanishini ta’minlay-digan so‘zlar ko‘makchi deyiladi. Ko‘makchilar gapda o‘zidan oldingi mustaqil so‘zlar bilan birikib ularga vosita, maqsad, sabab, payt, makon kabi ma’nolarni qo‘shadi va shu so‘zlar bilan birga bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Ko‘makchilar kelib chiqishiga ko‘ra: sof ko‘makchilar va vazifadosh ko‘makchilardan iborat bo‘ladi:
1) sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nosini batamom yo‘qotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi;
2) ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlarga tomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, beri, ko‘ra, chog‘li, uzra singari so‘zlar kiradi.
Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar guruhi tarkiban qo‘yi-dagi mustaqil so‘zlarning nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi, ya’ni grammatikalizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi: a) ot ko‘makchi-lar nutqda ham mustaqil ma’noda, ham ko‘makchi vazifasida ishlatila-digan ot, sifat yoki ravish turkumiga mansub bo‘lgan quyidagi so‘zlar-dan tashkil topadi: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda kabi otlardan; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa kabi sifatlardan; burun, ilgari, keyin,beri, buyon,asosan, binoan, so‘ng singari ravishdan iborat bo‘ladi; b) fe’l ko‘makchilar sifatdosh yoki ravishdosh shakllaridagi fe’llardan birining nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi natijasida yuzaga keladi. Ular: ko‘ra, yarasha, qarab, qaramasdan, qaramay, boshlab, tartib, qaraganda, qarata, degan, osha, deydigan kabi so‘zlardan iborat.
Ko‘makchilar o‘zgarmaydi, ya’ni turlanmaydi yoki boshqa turkumlardan yasalmaydi. Ayrim kelishikdagi so‘zlarni boshqaradi. Shunga ko‘ra, ko‘makchilar quyidagi guruhlarni tashkil qiladi:
Dostları ilə paylaş: |