Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’no-larni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. yashash uchun kurashmoq.
Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda -chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek,uchunko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi.
Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil.
Sayin ko‘makchisi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning muayyan vaqt ichida yoki harakatning bir yo‘la sodir bo‘lishi, davomiylik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda. Do‘l borgan sayin kuchaymoqda edi.
Sari ko‘makchisi ish-harakatning yo‘nalishini ifodalaydi. Bunda sari ko‘makchisi tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘lishi mumkin: kucha sari - kucha tomon, yorug‘lik sari - yorug‘lik tomon.