N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə238/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   250
2-§.Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va sodda gaplarni teng munosabatda bog‘laydi. Ular quyidagicha turlarga bo‘linadi: 1) biriktiruv; 2) zidlov; 3) ayiruv; 4) inkor bog‘lovchilar.

1. Biriktiruv bog‘lovchilar va, hamda so‘zlaridan iborat bo‘lib, ular gapning uyushiq bo‘laklarini yoki sodda gaplarni o‘zaro bog‘laydi.

Va bog‘lovchisi qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarni bir-
biriga bog‘laganda: a) o‘zi bog‘lagan sodda gaplarda ifoda qilingan ish-hrakat, voqea va hodisalarning bir vaqtda bo‘lganini ko‘rsatadi: Soy g‘o’villab oqar va uning suvi qirg’oqda o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. (O.); b) ish-harakatning ketma-ket bo‘lganini ko‘rsatadi: Bahor keldi va daraxtlar gullay boshladi.

Hamda bog‘lovchisi sodda gaplar va uyushgan bo‘laklarni o‘zaro teng munosabatda bog‘laydi.Uyushgan bo‘laklarning oxirgisidan oldin kelganda, uyushgan bo‘laklar orasidagi tenglikni ko‘rsatish bilan birga, oxirgi uyushgan bo‘lakni ajratib ham ko‘rsa tadi: Anvar, Qodir, G‘olib hamda Ruxsoralar guruhimiz a’lochilaridir.

Bulardan tashqari, bilan ko‘makchisi, -yu, -u, -da, ham yuklamalari shunday vazifada qo‘llanishi mumkin. Ushbu birliklar ana shu vazifasiga ko‘ra biriktiruv bog‘lovchilarga sinonim hisoblanadi: ota va ona, ota bilan ona, ota - yu ona kabi. Ham uyushgan bo‘laklarning oldida yoki oxirida takrorlanib kelishi mumkin. U faqat uyushgan bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi sanaladi: Ham qo‘rqaman, ham bilgim keladi.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin