17.2. Undov so‘zlar
His–hayajon, buyruq - xitob ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar undov so‘z deb ataladi. Undov so‘zlar 1) his-hayajon: eh, oh, uh, obbo, bas, marsh, hormang, rahmat, barakalla, xayr, salom kabilardan; 2) buyruq - xitob: qurey - qurey, tu -tu, pish - pish, kisht kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi. Undovlar boshqa so‘z turkumlaridan lug‘aviy ma’noga ega emasligi bilan farqlanadi.
1. His – hayajon undovlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) so‘roq: Men ham boraman, a? 2) ajablanish: Buni qarang, a! 3) kamsitish: E, shu ham ish bo‘ldi-yu. 4) qo’rqinch: I-i, yiqilib ketaman; 5) taajjub, hayrat: Iye, keldingizmi!? 6) ishonchsizlik: Be, qo‘ysang-chi bu gapingni; 7). achinish, norozilik: Obbo, yana ish pachava, deng; 8) norozilik: E, qo‘ying-ye; 9) mamnunlik: Ehe, ishlar joyida-ku! kabilar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |