Undoshlarning hosil bo‘lish usuliga ko‘ra tasnifi
Portlovchilar
|
Sirg‘aluvchilar
|
Portlovchi-sirg‘aluvchilar
|
Sof portlovchilar
|
Qorishiq portlovchilar
|
b, g, d, k, p, t, q
|
ch(tch), j(dj)
|
v,f, j, z, y, s, x, sh, g‘, h
|
m, n, ng,l,r
|
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar ikkiga bo‘linadi: 1) sonorlar; 2) shovqinlilar.
O‘zbek tilida sonorlar beshta bo‘lib m, n, ng, l, r kabi undoshlarni o‘z ichiga oladi. Sonor (lotincha so‘z bo‘lib, "ovozdor" demakdir) undoshlarni talaffuz qilganimizda, un paychalari faol ishtirok etadi, ya’ni un paychalari titrab ovoz hosil qiladi. Shuning uchun ham sonorlarda ovoz miqdori shovqinli undoshlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Ana shu jihatiga ko‘ra sonorlar unli tovushlarga bir qadar yaqin turadi, lekin ularni talaffuz qilishda ovoz og‘iz bo‘shlig‘ida qisman shovqin bilan aralashadi. Shu sababli sonorlar undosh tovushlar qatoriga qo‘shiladi. Qolgan undoshlarning barchasi shovqinlilardir.
Dostları ilə paylaş: |