N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili


-§. Dunyo tillari haqida ma’lumot



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250
2-§. Dunyo tillari haqida ma’lumot. Kishilar til vositasida o‘z fikrlarini, his-tug‘ularini ifodalaydilar. Kishilik jamityatining rivoji bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan til va uning ravnaqi ilm-fan, madaniyat, texnika taraqqiyotini ta’minlashda ham asosiy omil bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilovchi har qanday o‘zgarishlar, avvalo til tizimining lug‘at boyligida o‘z izini qoldiradi. Xususan, ilm-fan, texnika taraqqiyoti yoki jamiyatda yuz beradigan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar natijasida vujudga keladigan yangi narsa-buyumlar, tushunchalar tilning lug‘at boyligini yangilanishga olib keladi.

Hozir butun dunyoda 6 milliardga yaqin aholi mavjud bo‘lib, ular 3000 ortiq tilda so‘zlashadi. Shundan 200 tilda bir millionga yaqin, 70 tilda 5 milliondan ortiq, 13 tilda esa 50 milliondan ortiq kishi so‘zlaydi. Qolganlarining har birida bir milliondan oz kishi gaplashadi.

Ma’lum bir millatga mansub bo‘lgan xalqning nutqiy ehtiyoji uchun xizmat qiladigan til milliy til deyiladi. Xususan, o‘zbek tili shu millatga mansub bo‘lgan xalq ehtiyojiga xizmat qiladigan tildir. Yer yuzida milliy tillardan tashqari mamlakatlararo va mintaqalararo ahdlashuv, shartnoma hamda bitimlarni rasmiylashtirishda ishlatiladigan xalqaro tillar ham mavjud. Ular jumlasiga ingliz, fransuz, nemis, ispan, rus, arab va xitoy kabi tillar kiradi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin