N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili


Bo‘g‘in.O‘pkadan chiqadigan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisiga bo‘g‘in (sillabema)



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə32/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   250
Bo‘g‘in.O‘pkadan chiqadigan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisiga bo‘g‘in (sillabema) deyiladi. Bo‘g‘in asosini unli tovush tashkil qiladi. Shuning uchun ham so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan: o - i - la, ta - la -ba, mak-tab.

Ko‘rinadiki, bo‘g‘inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘lishi mumkin. Agar bo‘g‘in unli bilan tugasa ochiq bo‘g‘in deyiladi: a-do-lat so‘zidagi birinchi va ikkinchi bo‘g‘inlar ochiq bo‘g‘inlardir. Bo‘g‘in undosh bilan tugasa yopiq bo‘g‘in deyiladi: daf-tar, tog‘-lar

kabi so‘zlardagi bo‘g‘inlar yopiq bo‘g‘inlardir.

O‘zbek adabiy tilida bo‘g‘inlarning tovush tarkibiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:



  1. Bir unlidan iborat bo‘g‘in: o-ta, o-i-la.

  2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in: bo-la, ish, ko‘-cha.

  3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘g‘in: bur-gut, mak-tab, sta-kan.

  4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo‘g‘in: mart, dard, to‘rt, trak-tor.

  5. Bir unli va to‘rt undoshdan iborat bo‘g‘in: trans-port, struk- tura.

Shuni ham aytish lozimki, o‘zbekcha so‘zlarda bo‘g‘inning boshida undoshlar qator kelmaydi. Chunki sof o‘zbekcha so‘zlarda bo‘g‘in (undosh+unli) s+v yoki (unli+undosh) v+c kabi qolip asosida tuziladi. Tilimizdagi c+c+v yoki c+v+v qolipli bo‘g‘inga ega bo‘lgan so‘zlar o‘zga tillardan o‘zlashgandir.

So‘zni bir qatordan ikkinchi qatorga ko‘chirib yozishda, bolalarga boshlang‘ich sinfda savod o‘rgatishda, barmoq vaznidagi she’rlarda vazn o‘lchovi sifatida bo‘g‘inning amaliy ahamiyati kattadir.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin