N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə41/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250
3-MA’RUZA

3.1. Grafika

1-§. Grafika haqida umumiy ma’lumot. Grafika (grekcha grapho - "yozma" - so‘zidan olingan) tildagi tovushlarni ko‘rsatuvchi shakliy vositalar tizimidir. Har bir tovush uchun olingan maxsus shakl harf deyiladi, tovush ko‘rsatmaydigan shakl esa belgidir. Tildagi muayyan tartib bilan joylashtirilgan harflar va belgilar tizimi alfavit deyiladi.

Hozirgacha amalda bo‘lib turgan yozuv rus(kirill) grafikasiga asoslangan bo‘lib, unda 35 ta shakl mavjud. Shundan 33 tasi harf, 2 tasi (ъ, ь) belgi. Lotin alifbosiga asoslangan yangi yozuvda 30 ta grafik shakl qabul qilingan bo‘lib, ulardan bittasi (tutuq belgi) belgi hisoblanadi. Yigirma to‘qqizta shakl esa unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflardir. O‘zbek-kirill yozuvida tildagi 6 ta unli fonemalar quyidagi 10 ta harf vositasida ifoda etiladi:а, о, и, э, у, њ, ю, ё, я, е. Bulardan keyingi to‘rttasi ikki tovush ifodasini beradi: ю=й+у, я=й+a, ё =й+o, е=й+e kabi. Biroq mazkur harflar ba’zi so‘zlarda bir tovush ifodasini berishi ham kuzatiladi: Masalan: ю harfi: порошют so‘zida u tarzida; я harfi октябр so‘zida a tarzida; е harfi – кел, кет so‘zlarida e tarzida talaffuz etiladi va bitta tovush ifodalaydi. Qiyoslang: юлдуз - 5 harf, 6 ta tovush; япрољ- 5 harf, 6 ta tovush; ёз- 2 ta harf, 3 tovush; ер - 2 ta harf 3 ta tovush. Kirill yozuvidagi ikki tovush ifodolovchi ю, ё, я, е harflari yolashgan unlilar yoki grafemalar deb ataladi. O‘zbek-lotin yozuvida esa unli harflar soni tilimizdagi 6 ta tovush soniga tengdir. Chunki yangi yozuvda o‘zbek-kirill yozuvidagi yo, yu, ya, ye grafemalari maxsus xarflarga ega emas. Ular ю, ё, я, е harf birligi orqali yoziladi: yer, yur, yor, yangi. Shuningdek, o‘zbek-kirill yozuvidan farqli ravishda yangi yozuvda poroshut, oktabr, budjet, kel, ket so‘zlari talaffuz qilingan shaklda bitta harf bilan yoziladi.

Har ikkala alfavitdagi 23 harf kirill alifbosiga asoslangan imloda 25 ta, yangi o‘zbek-lotin alfavitida esa 24ta undosh tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda quyidagilar e’tiborga olinadi: j harfi talaffuzda bir-biridan keskin farqlanuvchi ikki undosh tovushning yozuvdagi belgisi hisoblanadi: jurnal (jurnal), vijdon (vijdon) so‘zlarida j harfi sirg‘aluvchi undoshni; jo‘ra, reja so‘zlarida esa qorishiq portlov-chi undoshni ifoda etadi. Shuningdek, tong, anglamoq so‘zlaridagi ng til orqa, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun tovushi uchun o‘zbek-kirill alifbosida maxsus harf qabul qilinmagan. Bu tovush n+g harf birikmasi orqali ifodalandi. O‘zbek-lotin alfavitida esa bu tovushini ifodalash uchun ng harf birikmasi mavjud. Masalan: tong, ko‘ngil. Biroq, o‘zbek-lotin alfavitida asosan o‘zlashma so‘zlarda uchraydigan s (ts) qorishiq portlovchisi uchun maxsus harf qabul qilinmagan. Bu tovush uchraydigan so‘zlar yangi yozuvda quyidagicha yoziladi: a) so‘z boshi va so‘z o‘rtasida hamda undosh va unli oralig‘ida kelganda s harfi bilan yoziladi: sirk, kvars, fransiya, stansiya; b) so‘z o‘rtasida ikki unli oralig‘ida kelganda esa ts harf birikmasi bilan yoziladi: militsiya, akatsiya kabi. Bundan tashqari yangi yozuvda o‘zbek-kirill yozuvidan farqli ravishda sh (sher) ch (chopmoq) kabi harf birikmalari ham qabul qilingan. O‘zbek tili grafikasi alifavitdagi harf, harf birikmalaridan tashqari, tinish belgilari va urg‘u belgisini ham o‘z ichiga oladi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin