N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili


-§. Tarixiy - an’anaviy yozuv



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə47/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   250
3-§. Tarixiy - an’anaviy yozuv. So‘zlarning hozirgi talaffuzi va yozuv shaklidan qat’i nazar, tarixiy - an’anaviy me’yoriga amal qilgan holda yozish qoidasidir. Bu yozuv qoidasi ko‘proq zamonaviy shoir va yozuvchilarning asarlarida turli so‘z va affikslarning tarixiy shaklda ishlatilishi jarayonida ko‘zga tashlanadi: 1) buyruq - istak maylining -gin shakli - gil //g‘il tarzida keladi: Ey, munaqqid, sen g‘azalni ko‘hna deb kamsitmagil (A.Vohidov); 2) hozirgi adabiy tildagi maqsad ravishdoshining -gani shakli - gali // g‘ali // qali tarzda yoziladi: ko‘rgali keldingmi, yor, kuydurgali keldingmi, yor (qo‘shiqdan); 3) -mi so‘roq yuklamasining - mu tarixiy shakli qo‘llaniladi: Sevgini tortib bulurmu toshu tarozi bilan (E.Vohidov). Xuddi shuningdek, tarixiy - an’anaviy yozuv qoidalarini -gin //gil (borgin - borgil), - dan //din (jondan - jondin), ar // ur (kelar - kelur) kabi affikslar, nima //ne, u //ul kabi olmosh va boshqa turkumga mansub so‘zlarning tarixiy shakllarining ishlatilishi misolida ham kuzatish mumkin.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin