SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
-
O‘zbek tili leksikasining tarixiy-etimologik qatlamlarini tavsif-lang.
-
Umumturkiy va o‘zbekcha so‘zlar haqida nimalarni bilasiz?
-
O‘zbek tiliga qaysi tillardan so‘zlar o‘zlashtirilgan?
-
O‘zlashma so‘zlarni farqlash belgilarini jamlab tasniflang.
5.2. O‘zbek tili leksikasining ijtimoiy - dialektal tarkibi
Tilimizda so‘zlashuvchi barcha kishilar nutqida birdek ishlatiladigan so‘zlar umumxalq leksikasi deb yuritiladi. Masalan; non, osh, qor, yo‘l, yulduz, ikki, uch, yemoq, olmoq, men, sen kabi so‘zlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, barchaning nutqida ishlatilmaydigan, shevalarga, kasb- hunarga, ma’lum ijtimoiy guruhlar nutqiga, ilm-fan sohalari vakillari nutqiga xos so‘zlar ham mavjudki, ular iste’mol doirasi chegaralangan leksikani tashkil etadi. Ularning quyidagi turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: |