5.3. O‘zbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari
Tilning lug‘at tarkibi tashkil etadigan so‘zlarning hayotiyligi faol yoki nofaolligiga bog‘liq. Zero, tildagi ba’zi so‘zlar kundalik hayotda iste’mol etilish bilan xarakterlansa, boshqa bir guruh so‘zlar kundalik aloqada juda kam qo‘llanadi. Shu bois so‘zlar tarixiy-funksional xususiyatiga ko‘ra faol va nofaol so‘zlarga ajraladi. Faol so‘zlar adabiy tilning zamonaviy me’yoriga xos so‘zlari bo‘lib, ular kundalik aloqada eng ko‘p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Nofaol so‘zlar qatlami esa quyidagi uch turga bo‘linadi:1) tarixiy so‘zlar (istorizmlar), 2) eskirgan so‘zlar(arxaizmlar), 3) yangi so‘zlar (neologizmlar).
Dostları ilə paylaş: |