N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili


-§. Affikslar va ularning turlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə89/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250
5-§. Affikslar va ularning turlari. Affiksal morfemalar vazifasiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘ladi: 1) so‘z yasovchilar; 2) so‘z o‘zgartuvchilar; 3) shakl yasovchilar.

Ba’zi manbalarda affiksal morfemalarning vazifasiga ko‘ra ikki turi farqlanadi: 1) so‘z yasovchi; 2) shakl yasovchi kabi. Shakl yasovchilar esa o‘z navbatida a) lug‘aviy shakl yasovchilar; b) sintaktik shakl yasovchilarga ajratiladi. (Qarang:N.Mahmudov, A. Nurmonov va boshqalar, Ona tili. 6-sinflar uchun darslik.)



1. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi.Ular ko‘pincha bir turkumdagi so‘zdan boshqa bir turkumga mansub yangi so‘z yasaydi: yoz, qish – ot || yozgi, qishki - sifat || ish, qon–ot || ishla, qonat-fe’l || supur, o‘r–fe’l || supurgi, o‘roq - ot. Shuningdek, ular bir turkum doirasida so‘zlar yasashi ham mumkin: -chi: ishchi, xizmatchi, payvantchi || - bon: bog‘bon, darvozabon kabi. So‘z yasovchi affikslar o‘zakka birdan ortiq qo‘shilishi va yangi - yangi so‘zlar hosil qilishi mumkin: bog‘ + bon + lik, ter+im+chi+lik. Bunday yasalish, odatda, negiz asosida yasalish hisoblanadi. Xullas, so‘z yasovchilar o‘zakning lug‘aviy ma’nosini yangilovchi marfemalar bo‘lib, tilning Leksik qatlamini boyitadi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin