2. Shakl yasovchilar (lug‘aviy shakl qo‘shimchalari) so‘zning lug‘aviy ma’nosini bir oz o‘zgartib, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i beradigan, biroq yangi so‘z hosil qilmaydigan morfemalardir. Masalan: kitoblar, kitobcha, kattaroq, kattagina, beshinchi, beshov, uchala, borgan, ishlamoq, kuldir, kelma. Shakl yasovchilar o‘z tabiatiga ko‘ra so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i berish bilan birga ularning sintaktik munosabatini belgilashda ham o‘ziga xos o‘rnga ega bo‘ladi. Shu bois ularni lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchilar kabi ikki turga ajratiladi. Xususan, otlardagi son (kitob-kitoblar), kichraytirish- erkalash (qizcha, bo‘taloq,qo‘zichoq, onajon, bolagina) ,chegara (uygacha), qarashlilik (ukamniki) shakllari, sifat va ravishlardagi daraja (kattaroq, shiringina, qoramtir, tezgina, sekinroq) kategoriyasiga mansub shakllar, sonlarning ma’no turlarini hosil qiluvchi (beshta, uchinchi, ikkala, to‘rtov) shakllar, gumon olmoshi hosil qiluvchi qo‘shimcha (kimdir,nimadir), fe’llardagi nisbat (kiydi, kiyindi, kiyishdi, kiydirdi, kiyildi), bo‘lishsizlik (chizma, o‘qima), harakatning takroriyligi, kuchsizligini ifodalovchi (bur-bura, tep-tepkila, oqar-oqarinqira, kul-kulimsira, yul-yulqi) shakllarni lug‘aviy shakl yasovchilar sifatida, fe’llardagi zamon, mayl, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllarini esa lug‘aviy-sintaktik shakl yasovchilar sifatida ajratiladi.(Qarang:Б.Баќриддинова Феъл луђавий шакллари. Тур категорияси. НДА. Самарљанд 2002.)
Dostları ilə paylaş: |