3. So‘z o‘zgartuvchilar (aloqa – munosabat qo‘shimchalari) muayyan so‘zning nutqdagi boshqa so‘zga nisbatan sintaktik munosabatini, aloqasini ko‘rsatuvchi affikslardir. So‘z o‘zgartuvchilar 1) kelishik (turlovchi) qo‘shimchalari; 2) egalik qo‘shimchalari; 3) shaxs-son (tuslovchi) qo‘shimchalaridan iborat. Masalan: kuzning havosi, kitobni o‘qidim, daladan qaytayapman kabi birikmalar tarkibidagi so‘zlar o‘trtasidagi sintaktik aloqa -ning, -ni, -dankabi kelishik, -i egalik, -m, -man kabi shaxs-son qo‘shimchalari vositasida yuzaga kelgan.
6-§. Affikslarning tuzilishiga ko‘ra turi. Affiksal morfemalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, gulzor, gulla, aqlli kabi so‘zlardagi -zor, -la, -li sodda affikslar bo‘lsa, zavqlan, dehqonchilik, isrofgarchilik kabi so‘zlardagi -la\n, -chi\lik, -gar\chi\lik murakkab affikslar bo‘lib, ular tarkiban bir necha sodda affikslarning birikishidan tuzilgan. Demak, murakkab affikslar ikki yoki undan ortiq sodda affikslarning bitta ma’noli qism doirasida birikishi orqali yuzaga keladi.