7-§.Unumli va unumsiz affikslar. Affikslar so‘z tarkibida ishtiroki darajasiga ko‘ra unumli, kam unum va unumsiz turlarga bo‘linadi. Bunday affikslarning aksariyat qismi so‘z yasovchilarga taalluqlidir.
So‘z tarkibida ma’noli qism sifatida faol ishtirok etadigan affikslar unumli sanaladi. Masalan, ot yasovchi –chi: ishchi, ovchi, a’lochi; sifat yasovchi –li: mazali, totli, savodli; fel yasovchi-la: arrala, ishla kabilar, shuningdek, shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi affikslarning asosiy qismi unumli affikslardir.
Hozirgi tildagi so‘zlarning yasalishi va morfologik shakllanishida kam qatnashadigan affikslar kam unum sanaladi. Masalan, ot yasovchi – oq: o‘roq, taroq; – kash: mehnatkash, aravakash;-dosh: maktabdosh; sifat yasovchi –ma: bo’g‘ma (ilon), qaynatma (sho‘rva) kabilar hamda shakl yasovchi –ish: oqish; -imtir: qoramtir;--ov\-ala: ikkov, uchala; -v\-ov: o‘qiv;-sat:ko‘rsat kabilar kam unum affikslardir.
Tarixan mavjud bo‘lib, hozirgi tildagi so‘zlarning yasalishi va shakllanishida ishtirok etmaydigan affikslar unumsiz affikslardir. Masalan, ot yasovchi-vul: qorovul, bakavul, -gar: savdogar, zargar; sifat yasovchi –ag‘on: qopag‘on, bilag‘on, -g‘oq: toyg‘oq, -kin: keskin, -mon: o‘larmon, bilarmon; fe’l yasovchi –ar:oqar, ko‘kar kabilar, hamda -lamchi:birlamchi,- ajak:kelajak kabi shakl yasovchilar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |