4.Tavsifiy fonetika. Bunda muayyan zamonaviy tilning fonetik tizimiga xos birliklarning (unli, undosh tovushlar va turli fonetik hodisalarning) hozirgi holati o‘rganiladi. Shuningdek, mazkur bo‘limda nutq tovushlarining fiziologik (tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining faoliyati), akustik (eshitilish holati) va lingvistik (so‘z ma’nolarini farqlash xususiyati) xususiyatlari, ularning kombinator, pozitsion variantlariga xos o‘zgarishlar ham o‘rganiladi.