2-§.Kompozitsiya usuli. Qo‘shma fe’llar komponentlarining qaysi turkumga oidligiga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) ot + fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llar; 2) fe’l + fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llar.
Birinchi tipdagi fe’llarning asosiy qismlaridan biri sifatida qilmoq, aylamoq, etmoq, bo‘lmoq so‘zlari ishtirok etadi: bayon qilmoq, kashf etmoq, kasal bo‘lmoq kabilar. Ular ko‘pincha fe’l yasovchi affikslar bilan yasalgan fe’llarga ma’nodosh bo‘ladi: kasal bo‘lmoq-kasallanmoq, hozir bo‘lmoq-hozirlanmoq kabi. Fe’l bo‘lmagan so‘zning qilmoq, erimoq, aylamoq, bo‘lmoq fellaridan biri bilan birikishidan hamma vaqt ham qo‘shma fe’llar hosil bo‘lavermaydi. Masalan, o‘qituvchi edi, o‘qituvchi bo‘ldi shaklidagi birikuv tarkibidagi fe’llar ot kesimga
qo‘shiladigan bog‘lamalardir.
O‘zbek tilida ikki fe’lning birikuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llar uncha ko‘p emas. Masalan, olib kelmoq, sotib olmoq, terib bormoq kabi qo‘shma fe’llar shular jumlasidandir. Bu qo‘shma fe’llarni ko‘rib qolmoq, o‘qib chiqmoq,ishlay boshlamoq singari ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan ko‘makchi fe’lli birikmalardan farqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |