4-§. Grammatik kategoriya. Grammatik ma’no va ulaniing ifodasi bo‘lgan vositalar birligi grammatik kategoriya deyiladi. Muayyan grammatik kategoriya o‘zaro uzviy munosabatda bo‘lgan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no va uni ifodalovchi grammatik shakllar (affikslar) tizmidan iborat bo‘ladi. Masalan, otlardagi kelishik kategoriyasi oltita kelishik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi affikslar tizmini, fe’llardagi shaxs-son kategoriyasi esa birlik va ko‘plikdagi uchta grammatik shaxs ma’nosi va ularning ifodasi bo‘lgan affikslar tizimini o‘zida birlashtirgan holda butunlik tashkil qiladi. Shuningdek, otlardagi son, egalik kategoriyasi, fellardagi zamon, nisbat, mayl, bo‘lishli - bo‘lishsizlik kategoriyalari ham ikki va undan ortiq umumiy va xususiylikka ega bo‘lgan grammatik ma’no anglatuvchi shakl yasovchi affikslarlar tizimidan iborat.
Shuni ham qayd etish lozimki, ba’zi shakl yasovchi affikslar so‘zning lug‘aviy ma’no anglatuvchi qismiga qo‘shilib, ularni grammatik ma’no va vazifaga xoslangan shakllarini yuzaga keltiradi. Lekin bu grammatik ma’no va vazifalarni vujudga keltiruvchi shakl yasovchi affikslar o‘zining muayyan xususiy delgilarigagina egaligi tufayli boshqa shakl yasovchi affikslar bilan bir umumiy grammatik kategoriya hosil qila olmaydi. Shu bois so‘zning lug‘aviy ma’no ifodalovchi qismga qo‘shilib, ularni turli grammatik vazifalarga xoslovchi bunday shakl yasovchilar tilning nokategorial shakllarini tashkil etadi. Masalan, otlardagi kichraytirish, erkalash shakllari, fe’lning vazifadosh shakllari asosida ifodalangan grammatik ma’nolar faqat xususiy belgiga egaligi tufayli muayyan butunlik hosil qila olmaydigan nokategorial shakllariga mansubdir. Shunday qilib, til tizimidgi so‘zlarning grammatik ma’no ifodalovchi qismini tashkil etuvchi shakl yasovchi affikslar o‘zining xususiy va umumiy belgilariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) kategorial shakl yasovchilar; 2) nokategorial shakl yasovchilar.
5-§. So‘zlarning leksik va grammatik ma’no hamda vazifasini shakillantiruvchi qo‘shimchalarning bu kabi umumiy va xususiy belgilari affiksal morfemalarni tasniflashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xususan, a) o‘zining xususiy va umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra muayyan kategoriyaga birlashuvchi shakl yasovchi affikslar so‘zlarning sintaktik munosabatini ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, otlardagi egalik, kelishik qo‘shimchalari, fe’llardagi shaxs-son qo‘shimchalari. Bunday kategorial shakl yasovchilar sintaktik shakl yasovchilar sifatida farqlanadi; b) o‘zining kategorial va nokategorial belgilari tufayli so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etish bilan bir qatorda ularning sintaktik munosabatga kirishuvida ihstirok etadigan shakl yasovchilar lug‘aviy-sintaktik shakl yasovchilar sifatida farq-lanadi. Masalan, fe’llardagi sifatdosh, ravishdosh, harakat nomiga xos affikslar shular jumlasidandir; v) so‘zning lug‘aviy ma’no tarkibiga qo‘shimcha ma’no orttirish uchun xizmat qiladigan shakl yasovchilar lug‘aviy shakl yasovchilar sifatida ajratiiladi. Masalan, otlardagi son, sifatlardagi daraja, sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi affikslar, fe’llardagi nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari shular jumlasidandir *(Qarang: N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva, A.Mirzaahmedov Ona tili. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. T., «Ma’naviyat» 2005).
Affiksal marfemalarning so‘z yasashda ishtirok etuvchi turi o‘zi qo‘shiladigan (o‘zak) asosning bevosita lug‘aviy ma’nosiga dahldorligi bilan shakl yasalishida ishtirok etadigan qo‘shimchalardan tubdan farqlanadi. Shu bois so‘z yasovchi affikslar so‘z shaklini o‘rganuvchi morfologiyada emas, balki so‘z yasalish bahsida tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |