2-§.Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi. Egalik kategoriyasiga xos 1, 2-shaxs affikslari so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi ba’zi qo‘shimchalar bilan shakldoshlik hosil qiladi: a) egalik va ot yasovchi qo‘shimchalar: bola+m, olma+m || chida+m, to‘pla+m; b) egalik va tuslovchilarning 1-shaxsi va ot yasochi qo‘shimchalar: ota+m, aka+m || keldi+m, yozdi+m || to‘pla+m, bog‘la+m; v) egalik va tuslovchilarning 2-shaxsi hamda ot yasovchi qo‘shimchalar: ona+ng, kitob+ing || o‘qi+ng, yoz+ing || yiri+ng; g) egalik affiksining 2-shaxs birligi va qaratqich kelishigining men, sen olmoshlariga qo‘shiladigan –ing shakli o‘zaro omonim bo‘ladi: kitob+ing || men+ing, sen+ing.
Egalik yoki –niki affiksi qo‘shilib kelgan so‘z ot kesim vazifasida ishlatilganda sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin: Bu- mening kitobim || bu kitob- meniki. Biroq bunday holda egalik affikslari o‘zi qo‘shilib kelgan otning shaxs va sonini ko‘rsata olish xususiyati bilan qarashlilik shaklidan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |