N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə135/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   250
9.4. Kelishik kategoriyasi

Otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolar va shu ma’noni ifadolovchi shakllar tizimi kelishik kategoriyasi deb aytiladi. Otning kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik affikslari esa turlovchi affikslardir. Turlovchilar affiksal morfemalarning so‘z o‘zgartuvchi (sintaktik shakl yasovchi) turiga mansubdir. Shu jihatdan qaralganda, kelishiklar o‘zak yoki negizning morfemik tarkibidagi grammatik jarayonning tugallovchi shakli hisoblanadi. Shu bois kelishik kategoriyasi o‘zi birikkan asosni nutqqa o‘tkazuvchi, uni nutqiy jarayonga xoslovchi til birligini taqozo etadi.

Kelishik kategoriyasi, asosan, ot turkumiga xos bo‘lib, ular ot tipli so‘zlar, ya’ni olmosh, harakat nomi, jamlovchi sonning ba’zi ko‘rinishlariga ham bevosita qo‘shila oladi: Menga, sendan, kimni, nimani, barchaga, o‘qishga, beshovimizga kabi.

Kelishik affikslari sifat, son va ular o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, fe’lning sifatdosh shakli, ba’zi alohida yordamchi so‘zlar guruhiga qo‘shilganda, ularni otlashtiradi. Boshqacha aytganda, kelishiklar otlashadigan so‘zlar bilan faqat sintaktik vazifa talabiga ko‘ra birikadi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod. (Maqol) Birni kessang o‘nni ek. (Maqol) O‘qigan o‘qdan o‘zar. (Maqol) Mana shunda gap ko‘p. Aravaning g‘ichir-g‘ichiridan cho‘chidi.

Kelishiklar belgili va belgisiz holda, ya’ni turlovchi affikslar bilan yoki turlovchi affikslarsiz ishlatiladi. Belgili ishlatilish barcha kelishiklarga xos hodisadir. Belgisizlik esa quyidagi kelishiklarda uchraydi: a) qaratqich kelishigi belgisiz qo‘llaniladi: cho‘l bag‘ri, maktab bog‘i; b) tushum kelishigi belgisiz qo‘llanadi: ariq qazimoq, ko‘chat o‘tqazmoq kabi.

O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z shakli va ma’nosi hamda sintaktik vazifasiga ega. Ular o‘zi birikadigan boshqa so‘zlar bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi: 1) qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiritadi va moslashuvli birikma hosil qiladi: kitobning varag‘i, odamning gavdasi; 2) tushum, jo‘nalishi, o‘rin, chiqish kelishiklari ot bilan fe’lni o‘zaro bog‘laydi va boshqaruvli birikma hosil qiladi: kitobni o‘qidi, kitobda ko‘rdim, kitobga qaradi, kitobdan oldim kabi.

Makon va zamon kelishiklari nomi bilan yuritiluvchi jo‘nalish, o‘rin va chiqish kelishiklari ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham birika oladi: otdan baland, itdan past, uyat o‘limdan qattiq, xalqimga aziz.


Kelishiklar

Kelishik affiksi

So‘roqlari

Gapdagi vazifasi

bosh kelishik

-

kim? nima? qayer?

ega, kesim, sifatlov-chi, undalma, atov gap

qaratqich klishigi

-ning

kimning? nimaning? qayerning?

qaratqich aniqlovchi

tushum kelishigi

-ni

kimni? nimani? qayerni?

vositasiz to‘ldiruvchi

jo‘nalish kelishigi

-ga

kimga? nimaga? qayerga?

vasitali to‘ldiruvchi, o‘rin, payt, sabab holi

o‘rin-payt kelishigi

-da

kimda? nimada? qayerda?

vositali to‘ldiruvchi, o‘rin, payt, sabab holi

chiqish kelishigi

-dan

kimdan? nimadan? qayerdan?

vositali to‘ldiruvchi, o‘rin, payt, sabab holi



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin