N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə165/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   250
2.Dona sonlar bir turdagi narsani yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini anglatadi va sanoq songa –ta affiksini qo‘shish orqali shakllanadi: beshta, o‘nta, ikkita. Biroq, -ta affiksi bir soniga qo‘shilganda r undoshi t tovushiga o‘zgaradi: bir+ta= bitta.

Dona son hosil qiluvchi –ta affiksi numerativ so‘z o‘rnida ishlatiluvchi vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: Beshta qalam-besh dona qalam, to‘rtta talaba-to‘rt nafar talaba, yuzta qoramol-yuz bosh qoramol.

Ba’zan dona sonlar fe’l oldidan kelib, hol vazifasini bajaradi: Uning bitta gapirib, o‘nta kuladigan odati bor.

Boshqa miqdor sonlardan farqli ravishda, dona son hosil qiluvchi –ta affiksidan keyin ko‘plik ifodalovchi –lar affiksi hamda kelishik qo‘shimchalari qo‘shilmaydi. dona sonlar 1,2-shaxs birlikdagi egalik affiksi bilan ham deyarli qo‘llanmaydi. Faqat 3-shaxs egalik affiksini qabul qilib, otlashishi mumkin. Bunday holda dona sonlar turli kelishik affikslarini qabul qilishi va ot singari vazifalar bajarishi mumkin. Masalan: Birniki mingga, mingniki tumanga.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin