3.Taqsim sonlar narsaning miqdor jihatdan teng bo‘linganligini ifodalaydi. Taqsim son quyidagicha hosil bo‘ladi: a) sanoq songa - tadan qo‘shimchasini qo‘shish bilan: beshtadan, to‘rttadan; b) dona sonlarni takror qo‘llash orqali: ikkita – ikkita, to‘rtta – to‘rtta. Bunday holda takror qo‘llangan sonning ikkinchisiga –tadan affiksi qo‘shilishi ham mumkin: ikkita-ikkitadan kabi.
Miqdor sonning bu turi numerativ so‘z bilan qo‘llanishi mumkin: ikki nusxadan, Besh donadan, yuz kelogrammdan.
Taqsim sonlar boshqa miqdor sonlar kabi ot va ot vazifasidagi so‘zlar yoki fe’l oldidan kelib, narsa yoki harakatning miqdoriy belgisini ko‘rsatadi: Navbatda turganlar bittadan, ikkitadan bo‘lib kela boshladi.
Taqsim sonlar ham boshqa son turlaridan farqli ravishda egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi. Demak, ular otlashmaydi.
Dostları ilə paylaş: |