1-§.Fonetikaning bo‘limlari. Tilning moddiy tayanchi bo‘lgan nutq tovushlarini qiyosiy va tarixiy jihatdan, hozirgi holati nuqtai nazardan, texnik-tajriba asosida o‘rganish mumkin. Shunga ko‘ra fonetika quyidagi qismlarga ajratiladi.
2.Tarixiy fonetika. Bunda muayyan bir tilning fonetik tizimidagi taraqqiyot va o‘zgarishlar, xususan, ba’zi tovushlarning iste’moldan chiqishi yoki yangi tovush va tovush variantlarining yuzaga kelish sabablari tekshiriladi. Mazkur masalalar shu tilda so‘zlashuvchi xalq tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.