6. Qaysi olmoshi narsaning tartibga yoki o‘ringa ko‘ra belgisini aniqash uchun qo‘llanadi: Qaysi kishi?, qaysi bino? Bu olmoshning o‘zagi qay so‘zi bo‘lib, uning tarkibida egalik affiksi qotib qolgan holda ishlatiladi. Shu bois unga egalik affiksi ketma-ket qo‘shiladi: qay+si+si, qay+si+lar+i.
Qaysi olmoshnning qo‘llanishida quyidagi xususiyatlar mavjud: 1) qaysi olmoshi sifat xarakteriga ega bo‘lgani uchun otlashgandagina egalik va kelishik affikslarini oladi. Lekin bu so‘z shaxs yoki narsalar qatoridan birini belgilash, ayirib ko‘rsatish uchun beriladigan so‘roq bo‘lgani uchun ham egalikning 1-shaxs birlik shakida kelmaydi: qaysing, qaysisi, qaysimiz, qaysingiz, qaysilari; 2) gapda aniqlovchi, kesim, otlashganda ega, to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Qaysi kitobni o‘qidingiz? Yangi ochilgan do‘kon qaysi? Musobaqada qaysingiz g‘olib bo‘ldingiz?
7.Qancha olmoshi narsa yoki harakatning miqdoriga ko‘ra belgisini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu olmosh quyidagi xususiyatlarga ega: 1) narsaning miqdorini aniqlash uchun qo‘llanganda, o‘zidan keyingi ot ko‘pincha birlikda keladi: Qancha kitob olding?; 2) yakka holda yoki takrorlanib kelib, miqdorning ortiqligini bildiradi: Qancha-qancha kishilar bu yorug‘ kunlarni orzu qilgan edi; 3) bu olmosh takrorlanib kelganda, birinchi olmosh chiqish kelishigi qo‘shimchasini olishi mumkin: Mustaqillikdan so‘ng qanchadan-qancha yangi inshoatlar foydalanishga topshirildi. 6) gapda aniqlovchi, hol, kesim, otlashganda esa ega va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Darsga qancha talaba kelmadi? Qancha yurdik? Talablarning jami qancha?
8. Qachon olmoshi harakatning bajarilish vaqtini aniqlash uchun ishlatiladi va gapda, asosan fe’lga bog‘lanadi. Bu olmosh boshqa so‘roq olmoshlaridan farqli ravishda otlashish xususiyatiga ega emas. Biroq, -lar affiksini olib: a) taxminiy vaqtga nisbatan so‘roqni bildiradi: qachonlar kelasiz?; b) biror harakatning yuzaga kelganiga ko‘p vaqt o‘tganligini bildiradi: Qachonlar kelgan edim ; d) Qachon so‘zi o‘rin-payt , chiqish kelishigida yoki yakka holda kelib gapda payt holi, kesim bo‘lib keladi: Safardan qachon qaytasiz? Sinovlar qachondan boshlanadi? Qachon so‘zi o‘rnida ba’zan qay+kuni, vaqt, mahal kabi birikmalar ham ishlatiladi.
9. Qani olmoshi ko‘pincha shaxs yoki narsa, voqea-hodisalar-ning mavjudlik o‘rnini anilash uchun ishlatiladi va nutqda quyidagi xususiyatga ega bo‘ladi: a) narsa-shaxsning joylashish o‘rniga ko‘ra so‘rq ifodalaydi va gapda ko‘pincha kesim bo‘lib keladi: So‘mkan-giz qani?; b) kirish so‘z bo‘lib keladi: Qani, ichkariga marhamat.
10. Qalay olmoshi voqea-hodisaning va harakatning bajarilish holatini aniqlash uchun xizmat qiladi va quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) holatni so‘rash uchun qo‘llanib, gapda ko‘pincha kesim bo‘lib keladi: Uqishlaring qalay?; 2) harakatning bajarilish holatiga nisbatan so‘roq sifatida qo‘llanganda, gapda hol vazifasini bajarishi mumkin: Singlimiz qalay o‘qiyapti? 3) Qalay so‘zi ko‘pincha qanday olmoshiga sinonim bo‘ladi, biroq u otlarning belgisini aniqlash uchun qo‘llanmaydi; 4) ba’zan kirish so‘z vazifasida keladi: Qalay, fikrimiz sizga ma’qulmi?
Ko‘pchilik so‘roq, olmoshlari qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z vazifasida keladi. Ergash gap tarkibida kelgan bunday suroq olmoshlari so‘roq, ma’nosidan chetlashgan bo‘ladi.: Kim mehknat qilsa, u rohat ko‘radi. Nimani buyursang, shuni keltiraman. So‘z tarkibida unli tovushning soni qancha bulsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |