9-§. Boshqa turkumlarga oid so‘zlarning olmoshga ko‘chishi (pronominalizatsiya). Nutqda ba’zi ot, sifat va sonlarning asl ma’nosi o‘zgarib olmoshga yaqinlashadi. Bu hodisaga pronomi-nalizatsiya deyiladi (pronom - lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi.) Masalan, odam, kishi, inson, nafas kabi otlar; ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni olmoshga yaqinlashadi.
Boshqa turkumga mansub so‘zlarning olmoshga yaqinlashishi, asosan quyidagi holatlarda ko‘rinadi: 1) hech qanday affikslar olmay, asosiy morfema shaklida kelganda: Odamning ketgisi kelmaydi (mening ketgim kelmaydi). Yutuqlarni ko‘rib, quvonasan kishi. (Men quvonaman yoki... hamma quvonadi); 2) son turkumiga xos ayrim so‘zlar ko‘pincha III shaxs egalik affikslarining qo‘shilishi bilan olmoshga yaqinlashadi: Biri kitob o‘qmoqda, biri shaxmat o‘ynamoqda, boshqalari turli o‘yinlar bilan band (kimdir kitob o‘qiydi, kimdir shaxmat o‘yini bilan band).
Dostları ilə paylaş: |