N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə20/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   250
2-§. Tovush va fonema. Nutq tovushlari, ya’ni fonlar til uchun moddiy tayanch sanaladi, chunki inson nutqiy tovushlar tizimiga asoslanadi. Zero, til tizimidagi barcha so‘zlar, iboralar, gaplar, umuman, nutqiy jarayon ana shu tovushlar vositasida shakllanadi. Shuning uchun ham nutq tovushlari biror jismning tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan fizik tovushlardan (masalan, dutor torining tebranishi) va tabiatda uchraydigan boshqa tovushlardan ham, avvalo, nutqiy aloqa qilish vositasi ekanligi hamda fonema sifatida so‘z ma’nolaring farqlashga xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Shunday ekan, tovushlarni nutqning eng kichik, bo‘linmaydigan fonetik birligi deb tushunamiz. So‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik til birligi esa fonema deb ataladi. Shunday qilib, fonemalar nutq a’zolari yordamida hosil qilingan tovushlarning andozalari bo‘lib, ular psixik-akustik obrazlar sifatida kishilar xotirasida yashaydi. So‘zlovchi mazkur psixik-akustik obrazlar asosida nutq a’zolarini harakatga keltiradi va fonemalarning nutqiy timsoli bo‘lgan tovushlarni hosil qiladi. Masalan, qol - qil - qo‘l so‘zlari tarkibidagi o, i, o‘ unlilari, bor-bosh-bog‘-boy-bol so‘zlari tarkibidagi r, sh, g‘, y, l tovushlari mazkur so‘zlarning ma’no jihatidan farqlanishiga xizmat qiluvchi fonemalardir. Ayni paytda, mazkur so‘zlar tarkibidagi har bir unli va undosh fonema nutq a’zolarining artikulyatsion - akustik faoliyati mahsuli sifatida vujudga kelgan tovushlardir. Ana’naga ko‘ra nutq tovushlari deb yuritiluvchi fonlar tilshunoslikning fonetik satxiga, fonemalar esa fonologik satxiga daxldorligi nuqtai nazaridan ham o‘zaro farqlanadi.

So‘z tarkibida ma’no farqlash uchun xizmat qilmaydigan nutq tovushlari fonema variantlari hisoblanadi. Masalan qo‘l, o‘rtoq, g‘o‘za so‘zlarida til orqa o‘ fonemasi, o‘rdak, o‘rik, to‘r so‘zlarida esa til oldi o‘ fonemasi qatnashmoqda. Lekin har ikki holatda ham o‘ fonemasi ma’no farqlash uchun xizmat qilayotgani yo‘q. Ana shunday tovushlarni fonemaning variantlari yoki allafonlar deb atash mumkin.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, fonema o‘z ijtimoiy vazifasiga ko‘ra harf (grafema)dan farq qiladi. Zotan, harf fonemaning yozuvdagi shartli belgisidir. Shu bois fonema harfga nisbatan faoliyat doirasining kengligi, bo‘yoqdorligi, ya’ni so‘zlashuvda turli ma’no nozikliklarni ifodalay olishi va nihoyat, fonema til birligi, harf esa yozuv birligi ekanligi bilan tubdan farq qiladi. Harf fonemadagi bu nutqiy bo‘yoqlarning bir qismini shartli ravishda ifodalaydi. Masalan, uch (raqam), uch (uchmoq), uch (igna uchi) so‘zlaridagi u fonemasi aynan bir xil emas, ma’lum darajada farqlanadi. Biroq ular yozuvda bitta harf (belgi) bilan ifodalanaveradi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin