ZARURIY ADABIYOTLAR
-
Ш.Шоабдураќмонов, М.Асљарова, А.Ќожиев, И.Расулов, Х.Дониёров Ќозирги њзбек адабий тили. 1-љисм .Т., «Њљитувчи» 1980.
-
Њзбек тили грамматикаси. 1-том. Т., «Фан» 1975.
-
У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Раќматуллаев Ќозирги њзбек адабий тили. Т., «Њљитувчи» 1992.
-
М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Њзбек тили. Т., «Њљитувчи» 1978.
15-MARUZA RAVISH
1-§. Ravish harakat-holat belgisini bildiruvchi so‘z turkumidir. Shu xususiyatiga ko‘ra, ravish turkumiga oid so‘zlar, asosan, fe’lga bog‘lanib keladi. Ravishlar fe’l bildirgan harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, maqsadi va shu kabilarni bildiradi: Ag‘darilgan yerdan osmonga ko‘tarilgan chang har tomonga yelib, asta-sekin bulutlar orasiga singib ketdi.
Ravishlar belgi bildiruvchi so‘z bo‘lgani uchun, ularning ba’zilari sifat yoki otga bog‘lanib kelishi mumkin: U hozir beqiyos va tasavvur qilib bo‘lmas baxtiyor edi. (Sh.Sa’dulla)
Ravishlarning o‘ziga xos morfologik belgilaridan biri, ularning o‘zgarmasligidir. Ravishlar biror so‘zga bog‘langanda, shakli o‘zgar-maydi. Ular tarkibida uchraydigan ko‘plik, egalik va kelishik affikslari o‘zining grammatik ma’nosiga ega bo‘lmay, ravishning o‘zak qismiga mansub bo‘ladi: Masalan: birdan, birga, kunda, chalqanchasiga, birdaniga, yonlamasiga, qatorasiga kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o‘z asl ma’no va vazifasini yo‘qotgan. Bu so‘zlar xuddi shu ko‘rinishda ravishga aylangan.
Dostları ilə paylaş: |