1. Bosh kelishikdagi so‘z (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, sari, orqali, sayin, bo‘ylab, bo‘yicha, uzra, yanglig‘, tufayli, chog‘li, osha, bo‘yicha kabilar. Bu guruhga mansub ko‘makchilar quyidagi munosabatlarini ifodalaydi:
Bilan ko‘makchisi birgalik, hamkorlik, qurol, vosita, jarayon yoki harakatning sodir bo‘lish holati kabi ma’nolarni va harakat nomlari bilan birga kelib, bir harakat ketidan ikkinchisining tez boshlanishi ma’nosini bildiradi. Bilan ko‘makchisi badiiy adabiyotda birlan, birla, -ila, -la tarzda ham ishlatiladi. Bunday holda u o‘zakdan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi: Sen-la ko‘nglim har on bo‘lur shod.
Dostları ilə paylaş: |