-u(-yu) yuklamasi aniqlik maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, ish-harakatning bajarilishidagi tezlik va davomlilik ma’nosini bildiradi: Keldi-yu, ketdi (tezlik).
2. Ayiruv va chegaralov yuklamalari (-gina, -kina, -qina, faqat). Bunday yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish, ajratish uchun qo‘llanadi: Faqat odamlar uchun qilingan mehnatgina baxt keltiradi.
Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi ham mumkin: Uning ermagi yolg‘iz kitoblar bo‘ldi.
3.Aniqlovyuklamasi: xuddi, naq. Bunday yuklamalar o‘zi birikkan so‘zning ma’nosini aniqlash, qiyoslab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.
Xuddi yuklamasi: a) qiyoslash asosida aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi: O‘g‘li otasining xuddi o‘zi edi; b) o‘xshatish ma’nosini bildiradi va -dek, -day affiksi bilan yasalgan yoki kabi, singari ko‘makchilari bilan birga boshqarilgan otlar va olmoshlardan oldin keladi: Tevarak-atrof xuddi suv quygandek jim-jit edi.
naq yuklamasi ham xuddi yuklamasi bilan ma’nodoshlikka ega bo‘ladi: Itlarning ulushi naq miyasida shang‘illab turadi (As. M.).