N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə248/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250
2. Buyruq-xitob undovlari biror ish-harakatni bajarishga undash yoki harakatdan to‘xtatish, tinchlantirish uchun qo‘llanadi. Bu tur undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah-bah (itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-larni), pisht (mushukni), kisht (tovuqni), chuh (otni), xix (eshakni), qurey-qurey (qo‘yni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun ishlatilsa, dirr, tak (otni), xush, xuush (sigirni), huk (hukizni), ishsh (eshakni), chix (tuyani) kabi undovlar hayvonlarni harakatdan to‘xta-tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi.

Yuqoridagilardan tashqari, ko‘rsatishni ifodalovchi huv, hu kabi so‘zlar, urf-odat bilan bog‘liq: assalomu alaykum, vaalaykum assalom, hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin kabi so‘zlar ham undovlardir.

Nutqda ba’zi mustaqil so‘zlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda undovga ko‘chishi mumkin: Kel, bir miriqib dam olaylik.

Undovlarda morfologik usul bilan so‘z yasalish yo‘q, biroq ulardan fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan so‘z yasash mumkin: dod+la, voy-voy+la, salom+lash. Undovlar tuzilishiga ko‘ra juft va takror shakllarga ega bo‘ladi: Beh-beh, oh-oh, e-voh, voy-bo‘y kabi.

Undov so‘zlar gapda quyidagi kabi vazifalar bajaradi: 1) undalma vazifasida: Hoy, kim bor!? 2) degan, deb so‘zlari bilan birikib (qo‘shma fel hosil qiladi), sifatlovchi aniqlovchi, hol vazifasida: Olisdan ehe...he... degan ovoz eshitildi. Unga javoban u ham ehe...he... deb chaqirdi; 3) so‘z-gap vazifasida: - Assalomu alaykum, ustoz! –Va alaykum assalom; 4) ayrim undovlar egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olib otlashadi va gapda bosh va ikkinchi darajali bo’qlak vazifalarini bajaradi. Masalan, a) ega: Shu payt uning qulog‘iga kimningdir ohi chalindi; b) kesim: Orqada qolganning holiga voy; v) qaratqich aniqlovchi: Ko‘rinar daxshatlar to‘la tush kabi, Mazlumlar ohining ko‘kda tutuni. (G‘.G‘.)


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin