2.3. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishi
Nutq jarayonida turli tovush o‘zgarishi yuzaga keladi: ba’zi tovushlar qisqa talaffuz qilinadi, yoki biri ikkinchisi tomonidan moslashtiriladi, ba’zan tovushlar tushirilishi yoki orttirilishi, o‘rin almashinishi mumkin. Nutq jarayonida sodir bo‘ladigan bu singari o‘zgarishlar tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari deyiladi.
9-§. Kombinator o‘zgarishlar. Bunday fonetik hodisalar qatoriga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |