N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili


-§. Og‘zaki nutqning uslubiy chegaralangan leksikasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə77/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   250
1-§. Og‘zaki nutqning uslubiy chegaralangan leksikasi. Og‘zaki nutq uchun xarakterli bo‘lgan oddiy muomaladagi so‘zlar o‘zining soddaligi, hammaga tushunarli bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p ishlatiladi, unlarda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan esa erkinlik sezilib turadi. Og‘zaki nutq leksikasiga dialektal so‘zlar, oddiy muomalaga oid: zarar-zaral, zarur-zaril, dasturxon-dastarxon, devor-duvol,uch marta-uch matta, hech nima-hechtima, go‘zal-ketvorgan, ajoyib-quling o‘rgilsin; erkalov so‘zlari: ninicha, asalim, shakarim, girgitton, qoqindiq; dag‘al so‘zlar (varvarizmlar): papulya, mamulya, oke, xarasho, ladno, patom; haqorat so‘zlar (vulgarizmlar) juvonmarg, zantaloq, qizitaloq; jargonlar: mullajiring, xit, xarif kabi so‘zlar kiradi. Og‘zaki nutqqa oid leksika badiiy asarlarda personajlarning nutqida beriladi. Masalan: Nima qilib bu ezmachurukni sudrab yuribsiz, beti qursin! (S.Ahm.) Qizaloqlarim, qo‘llaring nuqul baraka ekan.(O.) Boy qizitaloq ham toza erinmasdan davlat yiqqan ekan. (G‘.G‘.)


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin