N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə79/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   250
5.5. Frazeologiya

Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifo-dalaydigan til birligi frazeologik ibora deyiladi. Frazeologizmlar yaxlit-ligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga keladi. Masalan, og‘zi qulog‘ida iborasi tarkibidagi so‘zlar bir butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanib, xursand tushunchasini ifodala-gan. Biroq qo‘l ko‘tarmoq birikmasida esa ko‘tarmoq so‘zining ko‘chma ma’noda ishlatilishi iborani vujudga keltirgan. Shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanadi. Frazeologik iboralarning so‘zlar singari tilning lug‘aviy bir-liklari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:

1.Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushun-chani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat ularni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi: Uchiga chiqqan-o‘taketgan, turgan gap-albatta, yeng ichida-xufiya, yashirin kabilar shular jumlasidandir. Shu bois ular so‘zlar singari bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: Komissiya hayron bo‘lib qoldi, ammo hech kim meni qaytarishni og‘ziga olmas edi (A.Qahhor).

2. Frazeologizmlarda ham so‘zlar singari ko‘p ma’nolilik mavjud: o‘ziga kelmoq - xushini yo‘qotgach o‘ziga kelmoq, esiga tushmoq, asabiylikdan so‘ng o‘ziga kelmoq; yerga urmoq-qimmatini pasaytirmoq, obro‘sizlantirmoq, biror narsaning qadriga yetmaslik.

3. So‘zlar singari frazeologizmlarning ham shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud: a) omonimlar: boshiga ko‘tarmoq - to‘polon qilmoq, yaxshi ko‘rmoq, e’zozlamoq; b) sinonimlar: fe’li aynimoq - avzoyi buzilmoq, yaxshi ko‘rmoq - ko‘ngil qo‘ymoq, toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; v) antonimlar: ko‘kka ko‘tarmoq - yerga urmoq, yuzi yorug‘ - yuzi shuvut, yuragi qinidan chiqmoq - ko‘ngli joyiga tushmoq.

Fraziolgizmlar nutqning ta’sirchan vositalaridan bo‘lib, so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin