N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili


-MA’RUZA 6.1. Morfemika



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə87/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250
6-MA’RUZA

6.1. Morfemika

1-§. Morfemika so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. So‘zning eng kichik ma’noli qismi morfema deyiladi. Masalan, bog‘larimizning so‘zi quyidagi ma’noli qismlardan iborat: bog‘ - lar - imiz - ning. Morfemalarning har biri so‘z doirasida o‘ziga xos ma’no ifodolovchi birlikdir. Ularni yana bo‘laklarga bo‘linishi mazkur ma’nolarning yo‘qolishiga olib keladi. Demak, morfema so‘zning eng kichik bo‘linmas ma’noli qismidir. Morfemalar dastlab ikkiga bo‘linadi:1) o‘zak morfema; 2) affiks morfema.

2-§. O‘zak so‘zda albatta ishtirok etadigan nutqda yakka holda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan va mustaqil lug‘aviy ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan morfemadir. Masalan, ishchi, ishla, ishchan,

ishsiz so‘zlaridagi ish o‘zak morfemadir.

3-§. Affikslar (qo‘shimchalar) yakka holda lug‘aviy ma’no ifodalamay, o‘zakka qo‘shilib uning leksik yoki grammatik ma’nosini shakllantirishda ishtirok etadigan morfemadir. Masalan, ish, odam, daraxt kabi narsa nomini bildiruvchi o‘zaklarga - chi||ishchi, -garchilik||odamgarchilik, -zor||daraxtzor kabi affikslar qo‘shilishi bilan mazkur so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari; ularga ish+ning, odam+lar+dan, daraxt+lar+imiz kabi affikslar qo‘shilishi bilan esa so‘zlarning grammatik ma’nolari shakllangan.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin