Nam havo, nam havo parametrlari


Nam havoning zichligi, gaz doimiysi va entalpiyasi



Yüklə 170,59 Kb.
səhifə3/3
tarix23.10.2023
ölçüsü170,59 Kb.
#130707
1   2   3

Nam havoning zichligi, gaz doimiysi va entalpiyasi


Nam havoning zichligi aralashma temperaturasidagi va o‘zining partsial bosimida olingan bug‘ va quruq havo zichliklari yig‘indisiga teng.


=b+h, (6.11)


ya’ni
=p/RT; (6.12)

Nam havoning gaz doimiysini quyidagi tenglamalardan aniqlash mumkin:


(6.13)

Nam havo entalpiyasi quruq havo va suv bug‘i entalpiyalari yig‘indisiga teng. Nam havo entalpiyasini 1 kg quruq havoga yoki (1+d) kg nam havoga nisbatan olish mumkin. (1+d) kg nam havo entalpiyasi quyidagiga teng:


h=hx+dhb (6.14)

1 kg quruq havo entalpiyasi (kJ/kg) miqdori uning temperaturasi tS qiymatiga teng, chunki p=const da quruq havo solishtirma issiqlik sig‘imi 1kJ/(kggrad) ga teng. 1 kg quruq to‘yingan bug‘ning past bosimlardagi entalpiyasi quyidagi empirik formuladan aniqlanishi mumkin:


hb=2490+1,97 tT,


u holda nam havo entalpiyasi:

h=t+(2490+1.97tT)d bo‘ladi.


Nam havoning hd – diagrammasi


Nam havo parametrlarini prof. A.K. Ramzin tomonidan 1918 yilda taklif qilgan hd – diagramma yordamida aniqlash qulaydir.


Agar ordinata o‘qiga nam havo entalpiyasi h ni, abtsissalar o‘qiga esa havoning nam saqlami d ni qo‘yib chiqsak, u holda hd – diagramma hosil bo‘ladi. Bu diagramma yordamida nam havo bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblarni, jumladan parametrlarni aniqlash va quritish jarayonlarini tekshirish mumkin. Diagrammada turli xil chiziqlarni qulayroq joylashtirish uchun koordinata o‘qlari bir-biriga nisbatan 135 ostida joylashtiriladi. Bu qiyshiq burchakli diagrammada d=const chiziq vertikal (ordinatalar o‘qiga parallel) joylashadi. Bu qiyshiq burchakli hd – diagrammada izoentalpiyalar (6.3-rasm) d o‘qiga parallel, ya’ni o‘sha  burchak ostida joylashgan. Qiyshiq burchakli tizimda temperaturalar ortishi bilan izotermalar qiyaligi ham ortadi, bunda 0S izotermaning qiyaligi nolga teng bo‘ladi.
Diagramma 98 kPa barometrik bosim uchun tuzilgan. Lekin diagrammadan boshqa bosimlarda ham foydalanish mumkin, chunki atmosfera bosimini odatdagi o‘zgarishlarida h va d kam o‘zgaradi. hd – diagramma t va  orqali h va d ni, d orqali pb–ni aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari hd – diagrammadan nam havoning har bir holati uchun shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Nam havoni isitish d=const da ro‘y beradi. hd – diagrammada bu jarayon AV vertikal chiziq bilan tasvirlangan. Sovitish jarayoni ham d=const da kechadi (MO to‘g‘ri chiziq). Bu jarayon havoni to‘liq to‘yinishgacha, ya’ni =100% gacha to‘g‘ridir. Havo bundan keyin ham sovitilsa, u namlik bilan o‘ta to‘yinadi va havodan namlik shudring sifatida ajralib chiqadi.
Kondensatsiya jarayonini shartli ravishda =100% chiziq bo‘yicha kechadi deb hisoblash mumkin. Masalan, 0 nuqtadan С nuqtagacha kondensatsiyalanish natijasida hosil bo‘lgan suv miqdori (1kg quruq havoga nisbatan) d1–d2 ga teng. Havoni o‘zgarmas bosimda namlik bilan to‘yingan jarayoni h=const da ro‘y beradi (MС kesma). hd–diagramma yordamida shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Buning uchun havoning ma’lum holatini belgilovchi nuqtadan =100% chizig‘igacha vertikal o‘tkaziladi va kesishgan nuqtadan o‘tuvchi izoterma shudring nuqta temperaturasini (0 nuqta) bildiradi.





6.3-rasm. Nam havoning hd - diagrammasi
Yüklə 170,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin