O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori;
O‘zDSt 1.0-98. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar»;
O‘zDSt 1.1-92. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari»;
O‘z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»;
O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
3. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
36-mavzu. Ona tili ta’limi orqali o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullari.
“Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda” 1 - deb so’z yuritadi mamalakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev.О‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sifati, jumladan, boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, о‘quv uslubiy ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida о‘qitish, modulli ta’lim texnologiyalarini qо‘llash, о‘quv materiallarini strukturalashtirish, ta’lim mazmunini ilmiy tashkil etish va fanlarni o’zlashtirishda kompetensiyadan foydalanish ta’lim samarasini yuksaltirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z nutqlaridan birida shunday deydi: Darhaqiqat, mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar, tabiiyki, ta’limda kompetentli yondashuvni talab etmoqda. Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umum-madaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi. O‘qituvchilar o‘z faoliyatida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini topishi, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishlari va darslar davomida o’quvchilar ongiga singdirib borishlari lozim. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi. Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.Ya’ni ta’lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi, hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini javob tariqasida aytish mumkin.2 O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya - ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehroqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyalar o‘quvchilarni turli ko‘nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga xizmat qiladi, shuningdek, bunday kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, umuman olganda hamma fanlarda barcha kompetensiyalarni o’quvchilarda shakllantirish, ularni kelajakda o’z faoliyatlari jarayonida, oilada, jamiyatda va barcha jabhalarda o’z o’rnini topishga xizmat qiladi deb hisoblayman. Darslar davomida kompetensiyalarni o’z o’rnida va to’g’ri qo’llanilishi ko’zlanga natijaga erishishda yuqori samara beradi.
37-mavzu. Nutqiy kompetensiyalar va lingvistik kompetensiyalarga DTSda qo'yiladigan talablar.
Zamonaviy rivojlangan jamiyatga ilmli, ma’naviyatli, barqaror rivojlanish talablariga javob beradigan, respublikamiz kelajagi uchun qayg‘uradigan intellektual yetuk avlodni tarbiyalash zarur. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlarida chet tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning ko‘p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat. Chet tili kommunikativ kompetensiyasi – o‘rganilayotgan chet tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyatidir. Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‘qish va yozish) bo‘yicha ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi. Sotsiolingvistik kompetensiya so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiymadaniy kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini ko‘zda tutadi
Pragmatik kompetensiya o‘rganilayotgan chet tilida kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi. Mazkur standartda diskurs kompetensiyasi pragmatik kompetensiya tarkibiga kiritildi. Mazkur kompetensiya og‘zaki yoki yozma nutqda fikrlarni tegishli til vositalari orqali ifodalashni nazarda tutadi. Diskurs kompetensiyasi og‘zaki yoki yozma nutqdagi izchillikni ta’minlashda lingvistik signallarni tushunish va interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini nazarda tutadi. Ta’lim tizimidagi bugungi ijtimoiy talablar axborotlashtirish jarayonlarini rivojlantirishni taqozo qilmokda. Oliy ta’limni zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish, fanlardan zlektron ta’lim resurslarini takomillashtirish, talabalarning elektron manbalar bilan faol muloqotni ta’minlash, mustaqil ta’limni amalga oshirish na uz-uzini baholash, zaruriy ma’lumotni tezkor izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni xal qilish da undan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim sifati ko‘rsatkichlaridan biri kompetentlik hisoblanadi. Inglizcha "competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita "qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mohiyatan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon qila olishni anglatadi. Kompetentlik - ma’lum fan sohasida samarali faoliyat olib borish uchun bilim va tajribalarni egallash. Kompetentlik (lotincha competens- mos keladigan, muvofiq keladigan, qobiliyatli, bilimli) qaysidir sohada har tomonlama mukammal bilim egallagan shaxsga xos sifat va qarashlar bo‘lib, shuning uchun salmoqli, nufuzli hisoblanadi. Kompetentlik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyat, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish kabi sifatlar ham kiradi. “Competence” so‘zi “to compete" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmok”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq" degan ma’noni bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa, “musobaqalashishga layoqatlilik" degan ma’noni ifodalaydi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda keltirilishicha, kompetensiya, kompetentlik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak bo‘lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajmi ham tarkibiga ko‘ra, ham ma’nosi, ham mantikiy mazmuni jihatidan turli-tumandir. Atamaning mohiyati, shuningdek, “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “muvaffaqiyatlilik”, “tushunuvchanlik". “natijalilik”, “o‘quvlilik”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda. “Kompetentlik”, “kompetensiya” tushunchalarining tavsiflarida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratiladi: bilimlar majmuining amalda qo‘llanishi; shaxsning o‘quvi, xislatlari, fazilatlari; amaliy faoliyatga tayyorlik darajasi; muammolarni hal qilish, amalda zarur natijalarni qo‘lga kiritish layoqati; shaxsning kasbiy faoliyatini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma, malakalar yaxlitligi: faollashgan (amaliyotga tatbiq qilingan) o‘quv, bilim, tajribalar majmui; shaxsning maksadga yo‘naltirilgan emotsional iroda kuchi. Bizningcha, kompetentlilik faqatgina bilim va ko‘nikmalar yig‘indisi bo‘libgina qolmay, balki talabalarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va amaliyotda muayyan vaziyatlarda qo‘llay olishi bilan ham tavsiflanadi. O‘z egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotda qo‘llay olish tajribasi deb qarash kerak. Bunday ta’limning asosiy vazifasi talabalarni topshiriqlarni yechish faoliyatiga va hayotiy faoliyati doirasida turli muammolarni xal qilishga o‘rgatish kelib chikadi. Jahon ta’lim amaliyotida “kompetentlik" tushunchasi uzida ta’limning intellektual va malakaviy tarkibini birlashtirish, ta’lim mazmunini interpretatsiyalash g‘oyasini qamrab olish bilan birga madaniyat va faoliyat sohalaridagi keng qamrovli (axborot, hukukiy va x.k.) qator ko‘nikma va malakalarni integratsiyalash tabiatiga ega. XXI asr boshlarida tadqiqotchilar tomonidan “kasbiy kompetentlik" tushunchasi asosida: predmetli-faoliyatli. ya’ni faoliyat sohasiga doir kasbiy (maxsus) kompetentlik ajratildi; o‘quv fani sohasida maxsus kompetentlik tayanch kompetentlikni amalga oshirishga xizmat kiladi; predmetli- metodologik kompetensiya o‘quv fani doirasida shakllantiriladigan ta’limiy predmetli kompetensiya tadqiq qilindi. Kompetensiya-fan bo‘yicha egallangan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. Kompetensiyalarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan ta’lim talabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini uz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Hozirgi kunda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish uchun chet tillarda, ayniqsa, ingliz tilida kasbiy nutq kompetensiyasini takomillashtirish kerak. Shu sababli, oliy ta’limdagi o‘quv jarayonida talabalar kasbiy nutq kompetensiyasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Chet tili o‘qituvchisini metodik tayyorlash tizimida ushbu mutaxassisni yetarli darajada tayyorlash, unga madaniyatning alohida shakli, fikrlash vositachisi bo‘lgan va shaxs tomonidan amalga oshiriladigan o‘qitiladigan til, o‘rganilayotgan til mamlakati, bu tilni o‘qitish tamoyillari, usullari va vositalari haqida bilim berish katta ahamiyatga ega. Ushbu komponentlarning har biri ma’lum bir xilma-xil kasbiy faoliyatni asoslaydigan va tartibga soluvchi ma’lum nazariy bilimlar bilan birga keladi. Yetarli kasbiy malaka va kasbiy madaniyat pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shartdir. Talaba kasbiy nutq kompetensiyasinini takomillashtirish uchun tilni maksimal darajada bilishi, til haqida malakali gapira olishi, tegishli psixologik-pedagogik va uslubiy bilimga, umumiy madaniy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.
38-mavzu. Darsdan tashqan ishlarni tashkil qilish metodikasi.
Maktabning o`quvchilar bilan olib boradigan o`quv mashg`ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini yo`lga qo`yish shakllaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko`ngillilik asosida tashkil qilinadi. O`quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o`zlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinfdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo`lishi lozim: pedagoglar va o`quvchilar o`rtasida o`zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o`ziga xos an’ana vositalariga tayanish; ulg`ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o`smir va yosh yigitning betakror va o`ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni to`la qamrab olgan to`garaklar bir necha xilda bo`lishi mumkin: a) fan to`garaklari; b) mohir qo`llar to`garaklari; v) duradgorlik to`garaklari; g) sport to`garagi; d) badiiy havaskorlik to`garagi. O`rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to`garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo`lgan o`z o`quvchilarini biror to`garakka a’zo bo`lishga chorlaydi. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o`quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to`ldiradi. Ularni dunyo qarashini to`g`ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko`maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog`lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko`p qirralidir. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; o`quvchilarning sinfdan tashqari ko`p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o`quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo`lga qo`yish; sinfdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o`qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o`quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish; umummaktab va maktablararo o`tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish; Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko`rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. Bular ko`pincha o`zaro uzviy bog`langan holda namoyon bo`ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish; tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash; sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko`zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko`p darajada o`quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o`quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo`lga qo`yishga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o`quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o`tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechlari va ertaliklari, to`garak mashg`ulotlarini o`z ichiga oladi. O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o`z mazmuniga ko`ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O`quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham o`quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo`lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o`sishi samarali bo`ladi. Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o`quvchilar jamoada ishlashni o`rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo`shiladilar, jamoatchilik fikriga bo`ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Sinfdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko`ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo`lsa-da, o`sha maktablarning o`ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko`rinadi.
39-mavzu. Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari.
Boshlang’ich sinfda ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, o’quvchilarning darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interaktiv metodlar o’qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Metodning maqsadi- guruhdan qisqa vaqt ichida ko’p miqdorda variantlarni olish, o’quvchilar nimalarni bilishini aniqlash. Mashg’ulot davomida muammoni hal eta oladigan g’oyalar taklif etilishi, umumiy tajriba yuzasidan fikr alamshish uchun zamin yaratilishi va o’quvchilar istagini bildirishi mumkin. - “Fikriy hujum’’ odatda og’zaki shaklda bo’lib o’tadi o’qituvchi savol beradi, o’quvchilar esa munozaraga tushmasdan o’z fikrini galma-gal bayon qilishadi, bunda hamma o’z fikrini aytib bo’lishi kerak; - g’oyalarning hammasini barchaga namoyish qilib ko’rsatib qo’yilmaguncha ularni muhokama qilmaslik nihoyatda muhim; - jarayonining tartibi va maqsadini o’quvchiga tushuntirib qo’yish lozim; - g’oyalar ro’yxati kimdagi uzunroq bo’lsa o’sha yaxshi hisoblanadi. O’rta umumta’lim maktab o’quvchilari ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash uchun o’qituvchi va tarbiyachilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlar imkoniyatidan keng ravishda foydalanadi.
Sinfdan tashqari ishlarga turli anjumanlar, kechalar, o’tkir zehnlilar musabaqasi, ekskursiyalar o‘tkazish, kinoteatrlarga borish, zavod va fabrikalarga ekskursiya tashkil etish, devoriy gazetalar chiqarish va boshqalar kiradi. Sinfdan tashqari ishlar ikki turga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy. Sinfdan tashqari ta’lim ishlariga maktabda ma’lum fan yuzasidan tashkil etiladigan ishlar: to’garaklar, olimpiyadalar va kechalar kiradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi va vazifasi o’quvchilarning axloqiy, mehnat, estetik tarbiyasini yaxshilashdir. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchi qobiliyatini rivojlantiradi, o’qishga bo’lgan havasini oshiradi va ular shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyat tug’diradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular maktab bilan hayot aloqasini mustahkamlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish san’atkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. O’quvchilar turli sohada ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo bo’ladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ixtiyoriy xarakterga ega. Bolalar bunday ishlarga o’z xohishlari bilan ishtirok etadilar. Bir kishi bir necha tadbirlarda ham qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish tog’ri emas. Ular o’z xohishlari va qobiliyatlari asosida chora tadbirda ishtirok etishlari mumkin. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo’nalishi. Darslardan tashqari maktabda bolalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg’ulotlar: ekskursiyalar to’garak ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari o’qishlar, qiziqishlar bo’yicha klublar va boshqa ishlar o’tkaziladi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg’otish va shuningdek, maktab dasturini kengaytirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan chetdagi ko’pchilik faoliyat shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, tabiatni o’rganishga qiziqish uyg’otish, o’quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o’quvchilarning xulq-atvoriga ta‘sir ko’rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko’nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik bo’yicha yo’lga qo’yilgan sinfdan tashqari ishlar o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Uzoq muddatli tajribalar qo’yish, gerbariy va kollektsiyalar uchun material yig’ish, model, maket va boshqa ko’rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari, ishlarning shakllari tabiatni o’rganishni hayot bilan bog’lash va o’quvchilarni mehnatga tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo’lgan amaliy uquv va ko’nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Bolalarning kuzatishlari va o’qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo’jaligi bo’yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o’zgartirish to’g’risidagi ta‘limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o’rgatadi va vatanparvarlik tarbiyasiga ko’maklashadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog’liq bo’lishi, biri ikkinchisini to’ldirishi kerak. O’simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg’ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o’quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to’garagiga birlashtirilishi mumkin. O’quvchilarda tabiiy ob‘ektlarni kollektsiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga muhabbatni payqagan o’qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg’ulotlar topishi, tabiat to’g’risidagi fanni chuqurroq o’rganish istagini rivojlantirish zarur. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o’rganish va muhofaza qilish, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan xilmaxil mashg’ulotlar kiradi. Bumashg’ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e‘tiborini tabiat, shuningdek maktab jonli burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko’cha va maktabni ko’kalamzorlashtirish bo’yicha, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblar o’qish bilan birga olib borilishi kerak. Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o’ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga ko’plab o’quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar, ikkinchi guruhga - guruh doirasida olib boriladigan to’garak ishlari va uchinchi guruhga tabiatni o’rganishga qiziqqan yakka tartibdagi o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi. Ommaviy mashg’ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga ekskursiya va poxodlar o’tkazishni, ertaliklar, o’quvchilar ishlarining ko’rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek kompaniyalar (hosil kuni, bog’ haftaligini, daraxtlar o’tkazish haftaligi, qushlar kuni va boshqalar) o’tkazishni nazarda tutadi. Guruh mashg’ulotlarga yosh geografiyachilar, yosh tabiatshunoslar, klub ishlari kiradi.
40-mavzu. Ona tili to’garagi. To'garak, tanlov, badiiy kechalarni tashkil etish usullari.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin.
Doimiy tadbirlarga to’garak mashg’ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi. To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulotlarida ishtirok etish majburiydir.
Ona tili to’garagining a’zolari soni 12-15 o’quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo’lsa, mashg’ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo’lmasa, to’garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo’lishi ham mumkin.
To’garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, “Til – dil kaliti”, “O’zbek tili davlat tili” v.h.
Mashg’ulot 15 kunda bir marta o’tkazilgani ma’qul.
Quyida to’garak mashg’ulotlaridan birini namuna sifatida keltiramiz:
5-sinflar uchun birinchi mashg’ulot
1.To’garakka nom qo’yish. O’quvchilarni to’garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. “To’garak bizga nima beradi?” mavzuida suhbat.
2.O’quvchilardan til odobi, so’zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so’rash va mazmunini sharhlash.
Topshiriqlar:
1.Til odobi va so’zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig’ish va ularning ma’nolarini aniqlash.
2.To’y-tomoshalarni ifodalovchi so’zlar lug’atini tuzish va ularning ma’nolarini sharhlash.
To’garak mashg’uloti dars mashg’ulotini takrorlamaydi, balki uni to’ldiradi va takomillashtiradi.
Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur tilshunos olimlarning portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so’zlari, DTS talablari, tahlil namunalari, o’quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo’lishi, o’quv-metodik majmuani o’zida mujassamlashtirishi lozim.
Ona tili kabinetida ish qog’ozlaridan namunalar bo’lsa, o’quvchilar uchun ancha foydali bo’ladi. Metodbirlashma ona tili kabinetini zarur o’quv-tadrisiy qo’llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berishi lozim.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari, uchrashuvlar, o’tkir zehnlilar mushoirasi, so’zlar olamiga sayohat, ko’rik-tanlovlar o’tkazish kabilar kiradi. Savol-javob kechasida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O’quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savollar mavzu jihatdan har xil bo’lishi mumkin. Masalan, “Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yozuvlari qanday bo’lgan?”, “Lotin alifbosiga o’tish bizga nima beradi?” v.h.
Muayyan vaqt o’tgach, to’garak a’zoari savollarni yig’ib, ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar. Uchrashuvlar ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo’lgan ona tili o’qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, bular orasida maktabning sobiq talabalari bo’lsa, ularni taklif etish juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e’lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o’zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko’radi.
Mushoira ona tilining muayyan bir bo’limi yoki bir necha kichik mavzularni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Orfografiya”, “So’zning shakl va ma’no munosabati”, “Sodda gap turlari” kabi.
Ko’rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbir bo’lib, uni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar boshlang’ich sinflarda “Kimning xati chiroyli?” kabi mavzular tanlansa, 5-6-sinflarda esa erkin mavzuda yozilgan insho bo’yicha tanlov o’tkazish mumkin.
Konferensiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo’lib, u asosan 8 – 9va undan keyingi bosqichlarda o’tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o’quvchilarga ma’lum qilinadi: bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning har biri bo’yicha kimlar tayyorgarlik ko’rishi lozimligi belgilanadi. Bitta mavzu bo’yicha 3-4 nafar o’quvchi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, ulardan biri asosiy ma’ruzachi, qolganlari qo’shimcha maruzachilar sifatida ishtirok etadilar.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo’lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o’quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari maktab ma’muriyatining buyrug’i bilan rag’batlantiriladi.
Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o’tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman(shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va to’rtinchi bosqichi Respublikada o’tkaziladi.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o’zaro bog’langan, biri ikkinchisini to’ldiradigan tadbirlardir.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishida to’garak a’zolari faol ishtirok etadilar.
Dostları ilə paylaş: |